Mehnat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofazasi
Bo‘ylama texnik nivelirlashdagi ish tartibi
Download 1.01 Mb.
|
praktika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rekognossirovka va trassani joyda belgilash
Bo‘ylama texnik nivelirlashdagi ish tartibi.
Cho‘ziq(chiziqli) inshoatlarni loyixalash jarayonida kartada yoki belgilangan inshoat o‘qiga trassa deb ataladi. Trassa bo‘ylab teodolit yo‘li o‘tkaziladi, va uni magistral deyiladi. Magistral yordamida trassani planli o‘rni aniqlanadi, va u trassa bo‘ylab joyni ma’lum bir kenglikda syomka qilish va plan tuzish mumkin. Chiziqli inshoat uchun geodezik qidiruv o‘lchov ishlari quyidagilardan iboratdir: Loyixa tuzish; Joy rekognosirovkasi; Trassani joyda belgilash; Magistraldagi burchak va tomonlarni o‘lchash; Trassa bo‘ylab joyni ma’lum kenglikdagi syomkasini bajarish va piketlash daftarchasini tuzish; Qayrilma elementlarini joyda belgilash; Trassani nivelirlash; Hisoblash ishlari; Trassa qirqimini tuzish. Rekognossirovka va trassani joyda belgilash Rekognosirovka jarayonida loyixaga asosan joyga magistral (teodolit yo‘llari) va trassa belgilanadi. Magistralni joyda belgilashda iloji boricha magistral tomonlari uzun va burilish burchaklari kam bo‘lishi kerak. Magistral tomonlari iloji boricha nishabsiz, Qattiq tuproqli va tabiiy to‘siqsiz joydan o‘tkazilishi kerak. Trassani belgilashda magistral boshlang‘ich nuqtasidan boshlab har 100 metr oralig‘idagi masofada piketlar belgilanadi. Piket o‘rinlari uzunligi 20-25m bo‘lgan qoziqlar bilan belgilanadi. Piket nuqtalariga noldan boshlangan tartib raqami belgilanadi. Magistral tomonlarida piket nuqtalaridan tashqari relef va joy konturini harakterli nuqtalari bo‘yicha (do‘nglik, keskin pastlik, mavjud yo‘l bilan kesishish joylari, tafsilotni konturi bilan kesishish joylari va boshqalar) Ushbu nuqtalarga oraliq yoki plyus nuqtalar deyiladi. Ularni planli o‘rni undan oldin belgilangag piket nuqtasidan aniqlanadi. Masalan PK8+72 nuqtasi yo‘l bo‘yicha 8-piketdan 72 metr o‘tib belgilangan bo‘ladi. Agar ikki piket oralig‘ida nisbiy balandlik aniqlashda relyef keskin bo‘lganligi sababli oldinga yoki orqadagi reykalarni birortasidan sanoq olishning imkoni bo‘lmasa, yani reykalardan birortasini tasviri ko‘rinmasa piket oralig‘ida qo‘shimcha o‘tish nuqtasi, yani (X) nuqtasi qo‘llaniladi. X nuqtalar bog‘lovchi nuqtalar sifatida ishlatilgani uchun ularga qo‘yilgan reykalardan qora va qizil sanoqlar olinadi. Masalan 1-rasmdagi 2 va 3 piket oralig‘idagi holat. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling