Mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar qonuniyligini tekshirish
Download 142.5 Kb.
|
42 Mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob kitoblar qonuniyligini tekshirish
4-jadval 2021 - yil aprel oyi uchun hisob-kitob varag`i
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor mazkur xojalik operatsiyasiga buxgalteriya provodkasi to`g`ri berilganligiga e'tibor berishi kerak. 21-son BHMS ga muvofiq quyidagicha provodka berilishi nazarda tutilgan (7.5 -jadval). 7.5-jadval Mehnatga haq to`lash bo`yicha xojalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish
«Har bir xodimni unga tegishli davrda to`lanishi lozim bo`lgan ish haqining tarkibiy qismlari, olib qolingan ushlanmalar miqdori va asoslari, shuningdek to`lanadigan umumiy pul summasi haqida yozma shaklda xabardor qilish lozim» Ish haqi hisob-kitobi hamda to`lanishi hisob-kitob-to`lov qaydnomalari (T-49-son shakl) yoki alohida hisob-kitob va to`lov qaydnomalarida (T-51-son, T-53-son shakllar) amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning mavsum davomida bir tekisda davom etmasligi hamda boshqa holatlar (ko`pchilik ishlovchilar yoz oylarida ta'tilga ketadi) munosabati bilan ishchilarga mehnat ta'tili bir maromda berilmaydi. Auditor ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini to`g`ri aniqlash uchun yil davomida ta'tillarga haq to`lash bo`yicha xarajatlarni bir maromda kiritib borishni ta'minlash zarurligiga alohida e'tibor berishi kerak. Mehnat ta'tili vaqtiga to`lanadigan ish haqi xarajatlarini har oyda mahsulot tannarxiga belgilangan miqdorda kiritib borish zarur. Buning uchun mehnat ta'tiliga to`lanadigan ish haqi mahsulot tannarxiga yil davomida bir maromda o`tkazilishini ta'minlash uchun har oyda ma'lum miqdordagi mablag` korxona tomonidan zaxira qilib borilishi kerak. Jamg`arib boriladigan pensiya ta'minotiga o`tkazmalar bo`yicha quyidagicha (7.7jadval) buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. 7.7-jadval Jamg`arib boriladigan pensiya hisobraqamiga o`tkazmalar bo`yicha buxgalteriya yozuvlari
Ishbay ishchilarning ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va nazorat qilish hamda ish haqini hisoblash bo`yicha audit o`tkazganda auditor dastlabki hujjatlar, ya'ni: naryadlar, marshrut haritalar, yo`l varaqalar, ish mahsuliga oid qaydnomalar, bajarilgan ishlar bo`yicha dalolatnomalar va boshqalarni, korxonada ish mahsullari va ishbay haqlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini, dastlabki hujjatlarda barcha tegishli rekvizitlar mavjud ekanligini tekshirishi lozim. Vaqtbay mehnatga haq to`lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti to`g`ri qo`llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to`g`risidagi tabellar, naryadlar va ish haqini hisoblash bo`yicha boshqa hujjatlarni tekshirganda ularga uydirma (soxta) shaxslar kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun naryadlarni berilgan sanasi bo`yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga olish tabellardagi ishchilar familiyalarini xodimlar bo`limidagi shaxsiy tarkibni hisobga olish ma'lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo`yicha avval to`langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaxslar familiyalari bir necha marotaba turli hisob-kitob-to`lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi. Korxona xodimlarining shaxsiy tarkibida bo`lmagan va qisqa muddat ishlagan shaxslarga yozilgan naryadlar hamda sifatsiz ishlarni, yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo`yicha naryadlar alohida diqqat bilan tekshiriladi. Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarini tekshirganda arifmetik hisoblar to`g`riligiga katta e'tibor qaratiladi. Auditorlik tekshiruvi vaqtida xodimlarni rag`batlantirishga qaratilgan turli to`lovlar, ya'ni: ma'lum bir davrda ishlaganligi natijasiga ko`ra mukofotlar, tovon tavsifidagi ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlaganligi uchun qo`shimcha to`lov va ustama haqlar, ishlamagan vaqt, mehnat ta'tili, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik va boshqalar uchun to`lovlar hujjatlarda to`g`ri rasmiylashtirilganiga alohida e'tiborni qaratishi lozim. Bunda auditor har bir korxonada ichki moddiy rag`batlantirish va turli qo`shimcha to`lovlar va mukofotlarni hisoblash to`g`risida ichki Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo`lishi kerakligini unutmasligi zarur. Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug`i bilan rasmiylashtirilishi va mukofotlash to`g`risidagi ichki Nizomning tamoyillariga muvofiq bo`lishi lozim. O`rtacha ish haqiga asoslangan hisoblar to`g`riligini tekshirganda o`rtacha ish haqi to`g`ri belgilanganligini aniqlash, undan keyin esa, turli to`lovlar to`g`ri hisoblanganligini tekshirish kerak. Aniqlangan kamchilik va xatolar bo`yicha buxgalter tegishli tuzatishlarni kiritishi lozim. Download 142.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling