Mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar qonuniyligini tekshirish


Xodimlar bilan ish haqi bo`yicha hisob-kitoblar auditining uslubi


Download 142.5 Kb.
bet4/6
Sana20.12.2022
Hajmi142.5 Kb.
#1038968
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
42 Mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob kitoblar qonuniyligini tekshirish

3. Xodimlar bilan ish haqi bo`yicha hisob-kitoblar auditining uslubi
Korxona buxgalteriyasi har oyda xodimlarning shaxsiy schyotlariga hisoblab yozilgan ish haqi va xodimning boshqa daromadlari, miqdori, ushlab qolingan summalar va chegirmalar, shuningdek to`lanishi lozim bo`lgan summalar haqidagi ma'lumotlarni kiritadi.
Shaxsiy schyotlarni to`ldirishda asos bo`lib ish vaqtidan foydalanilganlikni hisobga olish tabeli, ishbay mehnat uchun topshiriqlar, bajarilgan ishlar uchun topshiriqbuyurtmalar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik to`g`risidagi varaqa, mukofotlar to`lash, moddiy yordam ko`rsatish to`g`risidagi ma'muriyat buyruqlari (farmoyishlari), korxonaga kelib tushgan ijro hujjatlari va boshqalar hisoblanadi.
Misol. «Fayz» OAJ XK ga jismoniy shaxs 20 - yil 5 - apreldan oyiga 500000 so`m maosh bilan buxgalter lavozimiga ishga qabul qilindi. Xodim ilgarigi ish joyidan ma'lumotnomani taqdim etdi, unga ko`ra 20 - yil boshidan:
daromad - 156 0000 so`mni, daromad solig`i - 302800 sumni tashkil qilgan. «Ish beruvchining buyrug`i (T-1-son shakl) bilan ishga qabul rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo`ladi. Buyruq mehnat shartnomasi mazmuniga to`liq mos ravishda chiqariladi hamda xodimga tilxat bilan e'lon qilinadi»5. «Xodim shartnomada belgilangan kundan boshlab, (mazkur holatda – 20 - yil 5 - apreldan) mehnat majburiyatlarini bajarishga kirishishi lozim6.
Oyiga beriladigan maosh summasi - 500000 so`m ham mehnat shartnomasida qayd etiladi7.
Buyruqqa asosan xodimga shaxsiy varaqa (T-2-son shakl) to`ldiriladi, ish boshlagan paytidan 5 kun o`tgach mehnat daftarchasida ishga qabul qilinganligi haqida yozuv qayd etiladi1 hamda shaxsiy schyot (T-54-son shakl) ochiladi, unga ish haqini hisob-kitob qilish uchun zarur barcha ma'lumotlar kiritiladi.
Oy tugagach, tabelchi yoki bunga vakolatli boshqa shaxs tomonidan rasmiylashtirilgan ish vaqtini hisobga olish tabeli (T-12-son, T-13-son shakllar) buxgalteriyaga topshiriladi. Tabelda tabel raqami, F.I.Sh., ishlangan soatlar soni, dam olish kunlari, turli sabablarga ko`ra ishga chiqilmagan kunlar soni ko`rsatilgan holda barcha xodimlarning ro`yxati aks ettiriladi.
Buxgalteriya boshlang`ich tabel hisobi ma'lumotlari asosida 20 - yil aprel oyi uchun ish haqini hisoblab chiqaradi. Besh kunlik ish haftasi deyilganda, aprel oyida 22 ish kuni hisoblanadi. Xodim 15 - apreldan ishga qabul qilinganligi bois, agar ishga chiqmagan kunlar bo`lmasa, u mazkur oyda 20 ish kuni ishlagan bo`ladi.
20 - yil aprel oyi uchun hisoblab yozilgan ish haqi summasi 454550 so`mni (500000 : 22 x 20) tashkil qiladi (7.4-jadval).

Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling