Boshqaruv hisobida qo’llanilayotgan ayrim schyotda xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyati bo’yicha ikkita moliyaviy natija aniqlanadi- marjinal daromad va foyda summasi. Agarda ishlab chiqarish jarayonidagi hamma xarajatlar o’zgaruvchan xarajatlar bo’lsa u vaqtda marjinal daromad va foydaning summasi bir xil bo’lib qoladi, umuman olganda amaliyotda mahsulotni sotishdan olingan daromadning summasidan o’zgaruvchan xarajatlar chegirilib marjinal daromadning summasi aniqlanadi va ushbu marjinal daromad summasidan ishlab chiqarishning ustama xarajatlari chegirilsa qolgan summa foyda hisoblanadi. - Boshqaruv hisobida qo’llanilayotgan ayrim schyotda xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyati bo’yicha ikkita moliyaviy natija aniqlanadi- marjinal daromad va foyda summasi. Agarda ishlab chiqarish jarayonidagi hamma xarajatlar o’zgaruvchan xarajatlar bo’lsa u vaqtda marjinal daromad va foydaning summasi bir xil bo’lib qoladi, umuman olganda amaliyotda mahsulotni sotishdan olingan daromadning summasidan o’zgaruvchan xarajatlar chegirilib marjinal daromadning summasi aniqlanadi va ushbu marjinal daromad summasidan ishlab chiqarishning ustama xarajatlari chegirilsa qolgan summa foyda hisoblanadi.
Moliyaviy buxgalteriyada hisobot davrining oxirida foyda qo’yidagi tartibda hisoblab chiqiladi: - - tovar-moddiy zaxiralarning qiymati faqatgina yilning oxirida inventarizatsiya natijalaridan keyin boshqaruv hisobining ma’lumotlariga muvofiq qayd qilinadi.
- - moliyaviy natija esa hisoblangan daromad summasiga yilning oxirida ТMK qoldiq summasining ko’payishiga qo’shilib ushbu olingan ko’rsatkichdan sarflangan umumiy xarajatlarning chegirilishi natijasida aniqlanadi.
- Hisobning integratsiyalashgan tizimida esa schyot-ekranlar qo’llanilmaydi, balki buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Natijada boshqaruv hisobida qo’llanilayotgan schyotlarning qoldiq summasi moliyaviy hisobda qo’llanilayotgan ushbu schyotlarga ta’lluqlidir. Subyektning faoliyati bo’yicha sarflarni aniqlash uchun moliyaviy hisobda faqatgina ushbu schyotlarning qoldig’i aks ettiriladi va ularning muomalalari va jamlangan aylanma summalari boshqaruv hisobining schyotlarida yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |