Мехнатга оид низоли ишларни судда куришга тайёрлаш


Download 55.5 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1406046
Bog'liq
Mehnatga oid nizoli ishlarni sudda ko`rishga tayyorlash


Mehnatga oid nizoli ishlarni sudda ko`rishga tayyorlash
Fuqarolik protsessual qonunchiligi birinchi instansiya sudlarida da`vogarning da`vo arizasini qabul qilish to`g`risidagi masala ijobiy hal qilingach, majburiy bosqich sifatida ishni sudda ko`rishga tayyorlashni nazarda tutadi.
Huquqiy adabiyotlarda fuqarolik ishlarini sudda ko`rishga tayyorlash fuqarolik huquqiy nizolarining mumkin qadar tezlashtirib, to`la va har tomonlama ko`rilishi hamda hal etilishini ta`minlash maqsadlarini ko`zlagan holda amalga oshirilishi ta`kidlanadi. Birobarin, mehnatga oid nizoli ishlarni sudda ko`rishga tayyorlashning asosiy maqsadi ham mehnat nizolarini hal qilish uchun maxsus muddatlarning joriy etilganligini e`tiborga olib, birinchi sud majlisidayoq tez va to`la ko`rib hal qilishdan iboratdir.
Mehnat ishlarini sudda ko`rishga tayyorlash bosqichida sudya tomonidan amalga oshiriladigan protsessual harakatlar bu to`g`risida chiqarilgan ajrimda o`z aksini topishi lozim bo`ladi. B.A.Budeyevning fikricha, ishni sudda ko`rishga tayyorlash to`g`risidagi ajrimda sudya ikkita masalani, ya`ni birinchidan, ishni o`z yurituviga qabul qilish va ikkinchidan, ishni sudda ko`rishga tayyorlash to`g`risidagi masalani hal qilishga haqli bo`ladi. Bizning fikrimizcha ham sudyaning yuqoridagi ikki masalani bir protsessual hujaatda birlashtirishi maqsadga muvofiqdir.
Sudya ishni sudda ko`rishga tayyorlash bilan bog`liq harakatlarni amalga oshirishga fuqarolik ishini qo`zg`atganidan so`ng kirishadi. Qonun mehnat ishini qo`zg`atmasdan avval tayyorlov harakatlarini amalga oshirishni nazarda tutmaydi. Aks holda fuqarolik sud ishlarini yuritishning qonunda nazarda tutilmagan bosqichi yuzaga kelishi mumkin.
Ishni sudda ko`rishga tayyorlash to`g`risida ajrim chiqarilishi sudya tomonidan ishni sudda ko`rishga tayyorlash harakatlarini boshlaganligidan dalolat beradi.
Ishni sudda ko`rishga tayyorlash bo`yicha sudyaning amalga oshirishi lozim bo`lgan protsessual harakatlari FPKning 160-moddasida o`z ifodasini topgan bo`lib, tayyorlov jarayonida sudya ish holatlaridan kelib chiqib, mazkur moddada ko`rsatilmagan boshqa tayyorlov harakatlarini ham amalga oshirishi mumkin.
Ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo`shatilgan yoki boshqa ishga o`tkazilgan xodimni ishga tiklash to`g`risidagi nizoni sudda ko`rishga tayyorlash bosqichida sudya bu to`g`risida buyruq bergan mansabdor shaxsni javobgar tomonidan turib ishtirok etish uchun uchinchi shaxs sifatida jalb etish masalasini hal qiladi. Shu o`rinda ishni sudda ko`rishga tayyorlash jarayonida mansabdor shaxsni xodimni ishdan bo`shatganlik yoki boshqa ishga o`tkazganlik sabablarini aniqlash maqsadida so`roqlashi lozim.
Amaldagi protsessual qonunchilikka ko`ra, sudya tayyorlov bosqichida ishga daxldor bo`lmagan tarafni almashtirish, sherik ishtirokchilik masalalariga ham e`tibor berishi lozim. Jamoa moddiy javobgarligi to`g`risidagi ishlar bo`yicha sudya jamoaning barcha a`zolarini sherik javobgar sifatida protsessga jalb qilish choralarini ko`rishi lozim.
Ayrim hollarda xodimga yetkazilgan zararni undirish to`g`risidagi ishlarni sudda ko`rishga tayyorlash jarayonida zarar yetkazilishiga sabab bo`lgan mansabdor shaxsning g`ayriqonuniy xatti-harakat (harakatsizlik)lar sodir etganligi aniq bo`lib qoladi. Bunday hollarda sudya mazkur shaxsni albatta sherik javobgar sifatida ishda ishtirok etish uchun jalb etishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bu ikkinchi javobgar sifatida tegishli javobgarning protsessual holatini aniqlab olishga ham imkon yaratadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tarkibini aniqlab, ularni ishni tayyorlash tartibida so`roqlar ekan, sudya ish yuzasidan o`zining shaxsiy fikrini bildirishga haqli emas va albatta xolislik tamoyiliga amal qilishi lozim bo`ladi. Sudya protsessning har bir ishtirokchisiga nisbatan teng munosabatda bo`lishga majburdir. Aks holda mazkur sudyaga nisbatan chetlatish to`g`risida arz bildirilishiga asos bo`ladi.
Amaldagi fuqarolik protsessual qonunchilik mehnat ishlari yuzasidan prokurorning ishtirok etishi shartligini nazarda tutmaydi. Lekin FPKning 46-moddasiga ko`ra, agar sud mehnatga oid nizoli ishlarda qatnashishni zarur deb topgan hollarda, shuningdek prokuror arizasi bilan qo`zg`atilgan ishlarini sudlarda ko`rilishida prokuror albatta ishtirok etishi mustahkamlab qo`yilgan. Undan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining "Sudda fuqarolik ishlarining ko`rilishida prokuror ishtirokining samaradorligi va ta`sirchanligini oshirish to`g`risida"gi 1998 yil 12 noyabr 16-sonli buyrug`ida prokuror albatta ishga tiklash to`g`risidagi nizoli ishlarning sudda ko`rib, hal qilinishida ishtirok etishi shart ekanligi o`z ifodasini topgan.
Mehnatga oid ishga tiklash haqidagi ishlarni sudlar tomonidan to`g`ri va o`z vaqtida ko`rib hal qilinishi, xodimlarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini sudlar tomonidan samarali himoya qilinishi o`ta muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda mazkur turkumdagi ishlarda tuman prokurorining yordamchilari emas, balki shaxsan prokuror yoki uning o`rinbosarlari ishtirok etishi lozimligi yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 1998 yil 12 noyabr 16-sonli buyrug`ida tegishli ko`rsatmalar berib o`tiladi.
Undan tashqari, ishni sudda ko`rishga tayyorlash bosqichida sudya har qanday mehnat ishlari yuzasidan prokurorning ishtirok etishini lozim deb topishi va prokurorni bu haqda habardor qilish choralarini ko`rishi mumkin.
FPKning 160-moddasiga ko`ra, sudya mehnat nizolari yuzasidan sud majlisida davlat boshqaruvi organlari, mehnat jamoasi va jamoat tashkilotlari vakillarining ishtirok etish masalasini hal qiladi. Shu o`rinda, mehnat intizomini buzish, ish beruvchining mol-mulkiga zarar yetkazish to`g`risidagi ishlar bo`yicha mehnat jamoasining vakilini jalb etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Mehnat jamoalari va jamoat tashkilotlari vakillarining sud majlisiga jalb qilish sudyaning ajrimi asosida hal qilinadi. Mazkur ajrimda yuzaga kelgan nizoning mazmuni, ishtirok etish maqsadi, kelishmovchilikning sud majlisigacha mehnat jamoalarida hal qilinishi hamda vakil vakolatini rasmiylashtirish tartibi ko`rsatilishi mumkin.
Mehnatga doir huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlarni sudda ko`rishga tayyorlashning muhim protsessual xususiyatlari mazkur turkumdagi ishni sudda ko`rishga tayyorlash uchun maxsus muddatlarning joriy etilganligidir. Xususan, mehnatga doir huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo`yicha ishni sudda ko`rishga tayyorlash ariza qabul qilingan kundan boshlab o`n kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim (FPKning 131-moddasi). O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarida ham mehnatga oid nizoli ishlarni sudda ko`rishga tayyorlash uchun maxsus qisqartirilgan muddatlarning belgilanganligini e`tiborga olib, da`vo ariza qabul qilingan bo`lsa, sud tomonidan ishni ko`rishga tayyorlash qonunda belgilangan muddatlar doirasida hal qilinishini lozimligi yuzasidan tushuntirishlar beriladi. Shu o`rinda ishlarni sudda ko`rishga tayyorlash talab darajasida olib borilmaganligi bois, 1996 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan o`rganib chiqilgan qariyb 40% mehnatga oid ishlar bo`yicha qonun bilan belgilangan o`n kunlik muddat buzilganligini ta`kidlab o`tish o`rinlidir.
Yana raqamlarga murojaat qiladigan bo`lsak, Respublika bo`yicha fuqarolik ishlarini sudda ko`rishga tayyorlash muddatlari buzilgan holda ko`rilib, hal qiluv qarori chiqarilgan ishlar 1998 yilning birinchi yarmida 7,6%ni tashkil etgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 1999 yilning birinchi yarim yilligida 8,3%ga yetgach, ya`ni 0,7%ga yomonlashgan.
O`z navbatida, mehnatga oid nizoli ishlarni sudda ko`rishga tayyorlash muddatlarining buzilishini oldini olish maqsadida ish beruvchining ish uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan hujjatlarni o`z vaqtida sudga taqdim qilishini ta`minlash lozim. Shu o`rinda ishga tegishli bo`lgan yozma yoki ashyoviy dalillarni sudga taqdim qilmagan tashkilotlarning mansabdor shaxslari va fuqarolarga nisbatan sud jarimalari solish amaliyotidan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir (FPKning 75, 81-moddalari).
Mehnat ishlarini sudda ko`rishga tayyorlash muddatlarining buzilishiga olib keladigan muhim omillari sifatida sud topshiriqlari yuzasidan tegishli javoblarning o`z vaqtida olinmasligi e`tirof etilmoqda. Aksariyat hollarda xodimning da`vo arizasini qabul qilib, ishni ko`zg`atar ekan sudlar ish uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan dalillarni to`plash bilan bog`liq protsessual harakatlarni amalga oshirishga to`g`ri keladi. O`z navbatida, mazkur dalillarni to`plamasdan turib, ishni mazmunan hal qilish mumkin emas. Shu maqsadda sud topshiriqlari yuborilishi va ularning javobgarlarini esa bir qancha muddat kutishga to`g`ri keladi. Oxir oqibatda ishni sudda ko`rishga tayyorlash muddatlarining cho`zilib ketish hollari kuzatilmoqda.
Mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni o`z vaqtida sudda ko`rishga tayyorlash maqsadida sud topshiriqlari yuborilgan bo`lsa, uning javobi olingunga qadar ishni sudda ko`rishga tayyorlash muddatlari to`xtatib turilishi haqida tegishli norma FPKda o`z aksini topsa, maqsadga muvofiq bo`lar edi.

Aдабиётлар:





  1. Авдюков М.Г. Принцип законности в гражданском судопроизводстве.-М.: МГУ, 1970. 97 с.

  2. Архипов В.Д., Коняев Н.И., Хорев П.С.. Комментарий к Положению о порядке рассмотрения трудовўх споров.-М.: Юрид.лит, 1976-212 с.

  3. Бару М.И. Регресснўе обязательства по трудовому праве.-М.: Госюриздат, 1962-141 с.

  4. Будеев Б.А. Обязательнўе определения суда первой инстанции по гражданском делам: Свердловск: ин-т; Трудў ин-т. Свердловск. № 15; 1971.-68 с.

  5. www.akamvd.uz

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling