1
25-kazus
“Oftob” mas`uliyati cheklangan jamiyati buxgalteri A.Asadov u bilan tuzilgan
mehnat shartnomasi g`ayriqonuniy bekor qilingan deb, uni o`z ish joyiga tiklab
berishlarini so`rab korxona joylashgan tumanlararo fuqarolik ishlari bo`yicha sudiga
da`vo arizasi bilan murojaat qildi. A.Asadov o`z arizasida u 10-noyabrda mehnat
shartnomasini o`z tashabbusi bilan bekor qilish maqsadida MCHJ rahbari nomiga
ariza yozganligini, so`ngra u o`z fikridan qaytib 16-noyabrda arizasini qaytarib olish
to`g`risida MCHJ rahbari nomiga qayta ariza bilan murojaat qilganligini ko`rsatgan.
Biroq rahbar uning arizasini qaytarishni rad qilib, uning 10-noyabrda mehnat
shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi qanoatlantirilganligini hamda u bilan
tuzilgan mehnat shartnomasi 10-noyabr kuni bekor qilinganligi to`g`risida buyruq
chiqarilganligini ma`lum qilgan.