Vaziyatga amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda huquqiy baho bering
Download 483.4 Kb. Pdf ko'rish
|
mehnat yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- © Xulosa
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
qo`llash, analiz qilish: Haqiqatan ham yuqoridagi holatda vujudga kelgan muammo
4 O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik Protsessual Kodeksi. Toshkent sh., 22.01.2018. O`RQ – 460-son. 5
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik Protsessual huquqi. Shoakbar Shorahmetov. Toshkent – “Adolat”., 2007. 6
mehnatga oid huquqiy nizo bo`lganligi hamda A.Asadov fuqaro bo`lganligi bois (taraflardan hech bo`lmasa biri fuqaro bo`lishi kerak ) ish fuqarolik ishlari bo`yicha sudga taaluqli. Ariza MCHJ qayerda davlat ro`yxatidan o`tgan bo`lsa, o`sha yerdagi sudga beriladi. Fuqaroning mehnat, pensiya va uy-joyga doir huquqlarini tiklash, mol- mulkini yoki uning qiymatini qaytarib berish, g`ayriqonuniy hukm qilish, g`ayriqonuniy ravishda javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida g`ayriqonuniy qamoqqa olish yoki hibsga olish natijasida yetkazilgan zarar o`rnini qoplash to`g`risidagi da`volar da`vogar yashash joyidagi sudga taqdim etilishi ham mumkin.
© Xulosa: birinchidan, A.Asadov istagan vaqtda mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin. U mehnat shartnomasini muayyan yoki nomuayyan muddatga tuzganligi ham bunga hech qanday to`sqinlik qila olmaydi. Faqat undan mehnat shartnomasini bekor qilishdan 2 hafta oldin MCHJ rahbarini ogohlantirish talab etiladi. Ikkinchidan, A.Asadov mehnat shartnomasini qaytarib olishga ikki haftalik ogohlantirish muddatida, agar mehnat shartnomasi tuzilayotgan paytda taraflar boshqa ogohlantirish muddatini belgilashgan bo`lsa ana shu muddat ichida foydalana oladi. 10-noyabrda ariza yozganligini, 16-noyabrda fikridan qaytganligini inobatga olsak, 6 kunlik muddatda u bemalol arizani qaytarib olishi mumkin. MK 99-modda ikkinchi qismini vaziyatga tatbiq etadigan bo`lsak, ish beruvchining vaji qachonki xodim A.Asadov bilan avval kelishuv tuzib, kelishuvda mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugamasdan oldin bekor qilinishi haqida aytilgan va ushbu kelishuvga ko`ra mehnat shartnomasi bekor qilingan bo`lsa qanoatlantiriladi. Uchinchidan, yuqoridagi holatda vujudga kelgan muammo mehnatga oid huquqiy nizo bo`lganligi hamda A.Asadov fuqaro bo`lganligi bois (taraflardan hech bo`lmasa biri fuqaro bo`lishi kerak ) ish fuqarolik ishlari bo`yicha sudga taaluqli.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling