2
Mazkur kazus tahlilida rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta`lim jarayonida
keng qo`llanuvchi va muammoli vaziyatlarga tizimli yondashish imkonini beruvchi
FIRAC
1
texnikasidan foydalanamiz. Unga ko`ra kazusni quyidagi struktura orqali
qismlarga ajratamiz:
F – FACTS (kasusda ko`rsatilgan faktlar);
I – ISSUES (o`rganish lozim bo`lgan masalalar);
R – RULE (kazusdagi muammoli vaziyatlarni taribga soluvchi qonunchilik, huquq
normalari);
A – ANALYSE, APPLICATION OF LAW (tegishli huquq normalarini muammoli
vaziyatlarga tatbiq etish, ularni tahlil qilish);
C – CONCLUSION (kazus yuzasidan umumiy xulosa berish).
Tahlilni quyidagi bosqichlarda amalga oshiramiz.
(F) Faktlarni aniqlash bosqichi:
“Oftob” mas`uliyati cheklangan jamiyati buxgalteri A.Asadov 10-noyabrda
mehnat shartnomasini o`z tashabbusi bilan bekor qilish maqsadida MCHJ rahbari
nomiga ariza yozganligi;
keyin u o`z fikridan qaytib 16-noyabrda arizasini qaytarib olish to`g`risida
MCHJ rahbari nomiga qayta ariza bilan murojaat qilganligi;
rahbar uning arizasni qaytarishni rad qilib, uning 10-noyabrda mehnat
shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi qanoatlantirilganligini hamda u bilan
tuzilgan mehnat shartnomasi 10-noyabr kuni bekor qilinganligi to`g`risida buyruq
chiqarilganligini ma`lum qilishi;
A.Asadov u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g`ayriqonuniy bekor qilingan
deb, uni o`z ish joyiga tiklab berishlarini so`rab korxona joylashgan tumanlararo
fuqarolik ishlari bo`yicha sudiga da`vo arizasi bilan murojaat qilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: