Vaziyatga amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda huquqiy baho bering
Download 483.4 Kb. Pdf ko'rish
|
mehnat yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-savol
- Ushbu normaning mazmunini muhokama qiling.
10
O`zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi 4-moddasida xodimlar uchun mehnat huquqlarining va kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan belgilab qo`yiladi deb mustahkamlangan.
Avvalambor shuni aytishimiz kerakki, O`zbekistonda mehnatga oid munosabatlar mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Yuqoridagi modda mazmunini sharhlash uchun quyidagicha moddani bo`laklarga ajratamiz: - xodim kim? - mehnat huquqi qanday huquq? - mehnat kafolati o`zi nima? - moddada nazarda tutilgan qonunlar deganda aynan qanday normativ-hujjatlar nazarda tutilmoqda? Avvalambor, xodim deganda mehnatga oid munosabat subyekti bo`la oladigan MKning 14-moddasiga asosan, belgilangan yosh (ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo`l qo`yiladi)ga yetgan, ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tushuniladi. Bu yerda belgilangan yosh deganda ishga qabul qilish yoshi, ya`ni 16 yosh nazarda tutilyapti. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv yurtlarining o`quvchilarini ularning sog`lig`iga va ma`naviy kamol topishiga ziyon yetkazmasa, yengil ishni o`qishdan bo`sh vaqtida – 15 yoshga to`lganidan keyin ota-onasidan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilish mumkin 8 .
Mehnat huquqlariga O`zbekiston Respublisining Konstitutsiyasi 37-38- moddalariga asosan har kim mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish,
8 Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar. Amaliy qo`llanma. - .:”Baktria press”, 2016. 11
dam olish huquqiga ega 9 ekanligini keltirib o`tish mumkin. Mehnat kafolatlariga har kim qariganda, mehnat faoliyatini yo`qotganda, boquvchisidan mahrum bo`lganda oladigan ijtimoiy ta`minotlar kiradi. Pensiya, nafaqa, ijtimoiy yordam miqdori tirikchilik uchun zarur miqdordan kam bo`lmasligi talab etiladi. Bundan tashqari, MKning 6-moddasida barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo`lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga ega ekanligi, jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, dini, asosiysi xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va mehnati natijalariga aloqador bo`lmagan boshqa jihatlarga qarab har qanday kamsitishlarga yo`l qo`yilmasligi belgilangan. Shuningdek majburiy mehnat, ya`ni biror ishni bajarishga jazoni qo`llash bilan tahdid qilish orqali majburlash taqiqlanadi. Aynan qanday qonunlarda mehnat huquqlarining va kafolatlarining eng past darajasi belgilab qo`yiladi va nima uchun? Huquq va kafolatlarning eng past darajasi yuqoridagi misoldan ham ma`lumki, avvalo, Konstitutsiyada belgilab qo`yiladi. Mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlarida ham ushbu huquq va kafolatlar o`z aksini topadi. Mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlariga Mehnat Kodeksi, O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy majlis qarorlari, Prezident farmonlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari va Jo`qorg`i Kenges qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Hukumatining va Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumatining qarorlari, davlat hokimiyati boshqa vakillik va ijroiya organlari qarorlari kiradi. Aynan Konstitutsiyada va mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlarida mehnat huquqlari va kafolatlarining eng past darajasi belgilab qo`yilishida birinchi navbatda xodim manfaatlari e`tiborga olingan. Qonunlarning yuridik kuchi yuqori bo`lganligi sababli xodimlarning huquqlari va erkinliklarini to`la-to`kis himoya qilish va ularga o`z huquqlarini amalga oshirishda ko`maklashish. Ikkinchidan, e`tibor qaratadigan bo`lsak qo`shimcha kafolatlar shartnoma yo`sinidagi hujjatlar, masalan jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, lokal hujjatlarda, xodim va ish beruvchi o`rtasidagi mehnat shartnomalarida belgilanadi.
9 O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. “O`zbekiston”. NMIU, 2017. 12
va kollejda o`qidi. Mehnat shartnomasiga ko`ra ish vaqti kuniga 8 soatdan 6 kun etib belgilandi. Demak, haftasiga 48 soatni tashkil etadi. Bunda, ushbu mehnat shartnomasi haiqiy hisblanmaydi. MK 242-moddasiga asosan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan xodimlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan oshmasligi kerak. MK 50-moddasida mehnat haqidagi kelishuv va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to`g`risidagi qonunlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas hisoblanadi. Ko`rinadiki, yuqoridagi shartnoma haqiqiy emas 10
Download 483.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling