Mehnatingiz elda azia ustozim!


Download 26.11 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi26.11 Kb.
#149645
Bog'liq
1-oktyabr


  1. Mehnatingiz elda azia ustozim!















  1. O’qituvchi: “Dunyoda kasblar ko’p, har birining hayotda o’z o’rni, o’z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday bir ulug’ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu oliyjanob kasbning nomi o’qituvchilik, murabbiylikdir…” Islom Karimov.

    Qadrli ustozlar, muhtaram muallimlar! Sizlarni umuxalq bayrami – O’qituvchilar va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o’zimning ezgu va samimiy tilaklarimni tilab qolishdan behad xursandman. Bugungi bayram tantanamizda biz 9-“E” sinf o’quvchilari o’z dil izhorlarimizni kuy-qo’shiqlar, she’rlar, qiziqarli hangomalar va bayram tabriklari orqali ifoda etib, bir oz bo’lsa-da, ko’nglingizni xushnud etsak, o’zimizni baxtiyor his etgan bo’lamiz.




    ^ Ruslan: Assalomu alaykum, aziz ustozlar!


    Mohimbonu: Assalomu alaykum, mehri daryo, qalbi ziyo mualllimlar!


    Ruslan: Biz 9-“E” sinf o’quvchilari sizlarni ulug’ ayyomingiz – Ustoz va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz.


    Mohimbonu: Sizning mashaqqatli mehnatingiz oldida bosh egib, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu baraka tilaymiz.

    Ruslan: Bilasanmi Mohimbonu, ustoz, muallim deganda, har qaysi inson ko’nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg’ulari, shu bilan birga hech qanday boylik bilan o’lchab bo’lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo’ladi.

    Mohimbonu: Rost aytasan. Shuning uchun ham ezgulik bunyodkori bo’lmish siz muhtaram o’qituvchi va murabbiylarimizni har qancha ulug’labsha’ningizga har qancha tahsin va tasannolar aytsak arziydi.


Mehnatingiz

elda

aziz

ustozim!

Ruslan: Unday bo’lsa, kel, tabriklash navbatini sabrsizlik bilan kutayotgan sinfdoshlarimizga bersak-da, ular o’z dil izhorlarini she’rlari orqali ifoda etishsa.

Har bir she’r mayin musiqa sadolari ostida yangraydi.




Mohimbonu: To dunyo bor ekan, bor bo’ling siz ham,

Siz bilan oboddir, yorug’dir olam.

“Siz borki, ravshan dunyo” Muallif Maxmuda Zoirxon qizi. She’rni Atajanova Shahloxon va Nuriddinov Sadriddin, Bobodavlatova Fotima va Saparov Avazbek o’qiydilar.


Shaxlo: G’unchadagi shabnamdek qalbingiz beg’ubordir,

Osmondek keng bag’ringiz ezgu tilakka yordir,

Shogirdlar kamolidan kayfiyatingiz chog’dir,


^ Hamma: O’zbekning nur dilbandi sizga ta’zim qiladi,

Yo’lingizga gul to’shab, poyondozlar soladi.




Sadriddin: Ilmingiz nur, mash’ala, oydek ko’rsatar jamol,

Boshlagan yo’lingizdan toliblar topar kamol,

Topgan rizqu ro’zingiz erur luqmai halol,

^ Hamma: O’zbekning nur dilbandi sizga ta’zim qiladi,

Yo’lingizga gul to’shab, poyondozlar soladi.




Fotima: Olqishlaru, maqtovlar sha’ningizga yarashgay,

Katta-kichik – barisi havas bilan qarashgay,

Shogirdlaringiz qarang, gul tutay deb talashgay,


^ Hamma: O’zbekning nur dilbandi sizga ta’zim qiladi,

Yo’lingizga gul to’shab, poyondozlar soladi.




Avaz: Siz borki, nurli olam, fido bo’lgay bu jonlar,

Siz borki, ravshan dunyo, shodon o’tgay har onlar,

Siz borki, hayot laziz, ustozlar, charog’bonlar,


Hamma: O’zbekning dilbandlari sizga ta’zim qiladi,

Yo’lingizga gul to’shab, poyondozlar soladi.




^ Qarsaklar. Xuddi shu yerda har bir ustozga gul taqdim qilinadi.


Ruslan: Ajoyib she’r. Menga juda yoqdi. Mohimbonu, insonning qalbidagi qiyofasi haqida eshitganmisan.


Mohimbonu: Eshitganman, lekin bu narsaning bugungi bayramimizga nima dahli bor?


^ Ruslan: Hozir bilib olasan. “Qalbdagi qiyofa” she’ri bilan tabrik navbati Jo’raboyeva Mohinur va To’rabekov Murodjonlarga.
































  1. Mohinur: Azaldan ustozni ulug’lar xalqim,

    Ularga ezgulik tilamoq haqqim,

    Bunchalar buyuksiz, bunchalar zukko,

    Umringiz mo’jiza yetmaydi aqlim.


    Murodjon: Ustozni e’zozlash azaliy odat,

    Shogirdning kamoli ustoz uchun baxt.

    Millionlar qalbida so’nmas mayoqsiz,

    Bir duo tilamoq insoniy burchim.




    Mohinur: Hayotda o’zimga sizni bosh bildim,

    Qiynalgan kunimda bir yo’ldosh bildim.

    Azobli kunlarda sabrdosh bildim,

    Suyansam, suyarli zo’r sirdosh bildim.




    Murodjon: Bugun sizga qulluq, sizgadir so’zim,

    Bir umr ta’zimda turayin o’zim.

    Siz bergan urfondan yorug’dir yuzim,

    Barchaning qalbida yashaysiz har dam.




    Qarsaklar.


    Ruslan Ana, eshitdingmi, xuddi mana shu o’tirgan aziz ustozlarimizning bizga bergan ta’lim-tarbiyasi bizning qalbimizda bir umrga qoladi.


    Mohimbonu: Ha, endi tushundim. Avaz, men hozir buyuk ustozlar haqida ham gapirib o’tmoqchiman. O’tmishsiz, kelajak bo’lmaydi, deganlariday, o’tmishdagi buyuk allomalarimiz va ularning bizga qoldirgan bebaho ilmiy asarlari, badiiy asarlari bo’lmaganda, bugungi kunlarimiz tasavvur etish mushkul bo’lib qolar edi. Kel, yaxshisi, butun dunyoga ko’krak kerib maqtansak arziydigan buyuk allomalarimiz haqida do’stlarimizdan so’rab ko’raylik.


    ^ Ruslan Aytingchi do’stlar, siz ulardan kimlarni bilasiz?


    Elyor: Ibn Sino – tibbiyot fanlari asoschisi.

    Umida: Abu Rayhon Beruniy – buyuk matematiklardan biri.

    M.Bekzod: Al-Xorazmiy -- Matematikaga, hususan, informatika fanlariga asos solgan.

    ^ Xusan: Alisher Navoiy – O’zbek tiliga asos solgan.

    Bekzod: Mirzo Ulug’bek – buyuk matematik, fizik va astronom…


    Mohimbonu: Rahmat do’stlar, bu borada bilimingiz a’lo ekanligi ko’rinib turibdi. Endigi navbatni quvnoq hangomalarga bersak. Ko’ring va mazza qilib kuling, hangoma “Shoshqaloq va hayolparast” deb ataladi.


    ^ Intermediya “Shoshqaloq va hayolparast”. Qatnashadilar: Bobodavlatova F., Atajanova Sh., Boboqulova Z.


    Qarsaklar.


    Ruslan: Ajoyib, maza qilib kuldim. Endi esa bir maza qilib raqs tomosha qilsak. “Ipak ro’mol” qo’shig’iga qizlarimiz raqs tushib berishadi.


    Qarsaklar.


    Ruslan: Endi navbatni yana bir ajoyib she’rga bersak. “Ehtirom” she’ri bilan bir guruh do’stlarimiz.

    Gulshoda: Zamonlar aylanar, davronlar o’tar,

    Kelib ketar bunda qancha buyuklar,

    Ayting, kim ham sizdek kuyunchak bo’lar,

    Ey, siz shogird uchun jondek suyuklar.




    Umida: Ne-ne yangiliklar bu zamin aro,

    Ne-ne kashfiyotlar solmadi dovrug’.

    Biroq “Ustoz” degan nomdan-da a’lo,

    Ixtiro bo’lmagan dunyoda ulug’.




    Javohir: Jajji qo’lchalardan mehr-la tutib,

    Nurli dunyolarga chorlovchi mayoq.

    Hayrat balqqan ko’zlar, ma’sum qalblarga

    Ilmu ma’rifatdan yoqasiz chiroq.




    Robiya: Shogirdlar ulg’ayar, o’tarkan yillar,

    Barchasi bilimdon, navqiron, o’ktam.

    Sizdagi bor bilim, g’ayrat, shijoat,

    Hatto yoshligingiz ularga o’tgan.




    ^ Sattorov Bekzod: Chekkan zahmatingiz mahsullariga,

    Boqib o’zingiz ham qilasiz havas.

    Oydin iqbol tilab, toza gullarga

    Deysiz, ishonchimiz oqlasangiz bas.




    Ozoda: To dunyo bor ‘kan, bor bo’ling siz ham,

    Sermashaqqat yo’lda yengmasiz charchoq.

    Siz bilan oboddir, yorug’dir olam

    Ko’ngillar siz tutgan qog’ozdek oppoq.




    Mahmudov: Aziz ustozlarim muallimlarim,

    Bir umr shogirdlik salomim sizga.

    Qo’llarim ko’ksimda aylagum ta’zim,

    Cheksiz hurmat to’la kalomim sizga.




    Mohimbonu: Rahmat, sizlarga. Biz ustozlarga she’rlar o’qidik, hangomalar aytdik. Endi navbatni qo’shiqqa bersak.


    Ruslan: Albatta. Tinglang, tadbiri mehmoni, maktabimizning xushovoz qo’shiqchisi, “Yangi avlod” bolalar ko’rik-tanlovi sovrindori Shaxbozbek Vatan haqida qo’shig’I bilan.

    Qarsaklar.


    Mohinbonu: Mana, aziz ustozlar, bizga berilgan vaqt ham nihoyasiga yetay deb qoldi.


    Ruslan: Ammo buni yaxshi tilaklarimizning debochasi, deb hisoblashingizni so’rab qolamiz.


    O’qituvchi: Sizlarga yana bir bor uzoq-umr, sihat-salomatlik, fidoyi va hokisor kasbingiz yo’lida hormay-tolmay mehnat qilishingizda Yaratgandan kuch-quvvat tilab qolamiz. E’tiborlaringiz uchun katta rahmat. 


TADBIR SENARIYSI

 Boshlovchi.



 

Assalom, ona, yurt tonglar o’lkasi,

Tarif-tavsifingning yo’q nihoyasi.

Senga ba’ishlanar muqaddas qo’shiq,

Bu o’zbek elining o’z madhiyasi.

 

(madhiya ijro etiladi)



  1. Boshlovchi.

 

Assalom, maktabim-muqaddas dargoh,

Assalom, ustozlar-kasbkori saboq!

Assalo, do’stlarim-menga qo’shqanot,

Sinfdosh! Hayotga ishonch bilan boq.

 


  1. Boshlovchi.

Assalomu alaykum qadrli mehmonlar, aziz ustozlar va maktabdoshlar. Hammamiz uchun quvonchli va hayajonli bo’lgan usgbu daqiqalarda eng ulug’, eng aziz bayram “Ustoz va murabbiylar” bayrami bilan aziz ustozlarimizni  muborakbor etamiz.

 


  1. Boshlovchi.

Bugun mehribon, jafokash, mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb egasi o’qituvchi-ustozlar bayrami. Biz 5 “A” sinf o’quvchilari aziz ustozlarni qutlab “Ustoz otangdek ulug’” deb nom olgan tadbir tayyorlaganmiz. Sini ruhsatingiz bilan ushbu tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz.

 

Istiqlol, bunchalar go’zal bu noming,



Non kabi e’zozli, jondek shirin bol.

Yer shari yo’lladi otash saloming,

Assalom O’zbegim, qutlug’ istitqlol.

 

1-O’quvchi

Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,

Ma’noga-mazmunga to’liq kunlarga.

Farovon, nurafshon ulug’ kunlarga,

Ey ozod diyorim, O’zbekistonim!

Ey obod diyorim, O’zbekistonim!

Ma’rifat bo’stoni ezgu dostoni

Do’stligu tinchlikning metin qo’rg’oni,

Ey ozod diyorim, O’zbekistonim!

Ey obod diyorim, O’zbekistonim!



2-o’quvchi

 

Karnay-surnay ovoz berdi jahonda,



Jahonni qaratti O’zbekistonga.

Temurning ruhiga qilib qasamyod,

Yo’lboshchimiz etdi xalq dilini shod.

Yo’lboshchi sozini ettirdi davom,

Dilidi xalqiga chuquqr ehtirom.

Hech hazon bo’lmasin biz kezgan chaman,

Bizdan qolsin ozod va obod Vatan!

 

3-o’quvchi

 

Olis manzillardan boshlangan Vatan,



Sevinchdan ko’zlari yoshlangan Vatan.

Gohida o’tlarga tashlangan Vatan,

Aziz, ona tuproq ko’hna makondir,

Keljagi buyuk O’zbekistondir.



 

4-o’quvchi

 

Odam ko’rgani yo’q Sinoday tabib,



Navoiy singari mumtoz bir adib,

Al-Kindiy cholg’usi dillarga habib,

G’azallar, navolar oromijondir,

Keljagi buyuk O’zbekistondir

 

5-o’quvchi

 

Ulug’bek nuridan samovot yorug’,



Beruniy poylaydi yillarni yoru’g,

Yassaviy ko’zlarga ziyo va ma’ruf,

“Ziji Ko’ragoniy” kashfi osmondir,

Keljagi buyuk O’zbekistondir.

 

(Y. Usmonova ijrosida “O’zbekiston” qo’shig’I ijro etildi)

 


  1. Boshlovchi.

 

Ey hurmatli muallim,

Har ko’ngilda mehring bor.

Har uyda har shaharda,

Sening mevalaring bor.

 


  1. Boshlovchi.

 

Ekkan mevalariningni,

Hosili hech tugamas.

Dunyoda sening kabi,

Baxtli inson topilmas.

 


  1. Boshlovchi.

 

Dar haqiqat, ustoz murabbiylar shunday buyuk, ulug’ insonki, ulardan bir umr qarzdormiz. Ustoz va shogirt quyosh bilan oyga o’xshaydi. Oy quyoshdan nur olib borlini yoritgani kabi, shogirt ustozdan ziyo olib hayot mash’alini yoqadi.



 

1-O’quvchi

 

Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon muallim,



Agar hayot oltin bo’lsa, zargar muallim.

Agar hayot karvon bo’lsa, sarbon muallim,

Agar hayot shoir bo’lsa, so’zi muallim.

Agar hayot dengiz bo’lsa, duri muallim,

Agar hayot uzuk bo’lsa, gavhar muallim,

Ilm-u ma’rifatdan beruvchi ta’lim.

 

2-O’quvchi

 

Ilm-u ziyo berar bizga,



Onadir har o’g’il qizga.

Jo bo’ldingiz qalbimizga,

Mehribonim o’qituvchim,

Jonajonim o’qituvchim.

O’qi, o’rgan deya doim,

To’g’ri yo’lni ko’rsatasiz

Hayot darsin o’rgatasiz

Mehribonim o’qituvchim,

Jonajonim o’qituvchim.

 

(Ustozlar  qo’shig’iga raqs ijro etiladi.)



 

3-O’quvchi

Qiyos etgim keladi ustozlarni quyoshga,

O’z mehrini nurini bahsg etadi har yoshga.

Bilganimda suyunib, bilmay qolsam kuyungay,

Bardoshga-yu, bardoshga-yu, bardoshga.

 

O’zshatmog’in istaydi eng pokiza insonga,



Yetaklaydi seni u fan bog’iga bo’stonga.

Yuragingga o’tkazar, yuragidan nihollar,

Yetganingda voyaga boshi yetar osmonga.

 

Ustoz yo’li porloqdir, ustoz yo’li yorug’dir,



Ustoz ko’ngli xazina, sahovatga to’liqdir.

Yetsang ustoz qadriga, eling seni ardoqlar,

Do’stim bilsang ustozing otang kabi ulug’dir

 

4-O’quvchi

Ey, inson idrokin charxlovchi zot,

Ey, marifat bog’ini gullatgan zako.

Siz bilan munavvar bu shirin hayot,

Siz bilan oboddir bu ko’hna dargoh.

 

5-O’quvchi

Azaldan ustozni ulug’lar xalqim,

Ularga ezgulik tilamoq xaqqim.

Bunchalar buyuksiz, bunchalar zukko,

Umringiz mo’jiza yetmaydi aqlim.

 

(Ko’z tegmasin qo’shig’iga raqs ijro etiladi.)



 

  1. Boshlovchi.

 

O’qituvchi hayot charog’boni. U yosh avlodka ilm-fan asoslarini o’rgatadi, ularga ta’lim tarbiya beradi, zamonamizning har tomonlama barkamol kishilarini yetishtiradi.

 


  1. Boshlovchi.

 

“Ustoz otangdek ulug’” deb bejiz aytishmagan. Bu hikmatga amal qilib ustozni ota-onadek hurmat qilib, bir umrga e’zozlash kerak.



 

O’quvchilar.

 

Qo’limga qalamni ushlatdi ilk bor,



Shu ondan qalbimda boshlandi bahor.

Undanda buyukroq, ulug’roq kim bor?

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 

Barcha ilmlarning kaliti sizda,



Sahovat nuri bor bu qalbingizda.

Otasiz, onasiz har o’g’il-qizga,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 

O’qishni o’rgatib, ko’zni ochdingiz,



Ilm sirlarni qalbga sochdingiz.

Otaday ulug’siz kelajakda siz,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 

Dard bo’lsa dardlashgan doim biz bilan,



Sirdoshdek sirlashgan hatto biz bilan.

Qalbimiz, mehrimiz ustoz siz bilan,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 

Quyoshni qaritar zahmatlaringiz,



Ellarda dostondir mehnatlaringiz.

Yog’ilgay siz uchun rahmatlarimiz,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 

Shogirdim obro’yim, yuzim degan zot,



Ishonchim, umidim ko’zim degan zot.

Bolajonim, o’g’lim, qizim degan zot,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 

Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz,



Goh quvonch, goh alam ko’z yosh ham sizsiz.

Har ikki olamda quyosh ham sizsiz,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 

G’unchalar ochilib bo’lishganda rom,



Barchasin ardoqlab etdim ehtirom.

Mehrimning sharobin tutdim to’la jom,

Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

 

(“Lazgi” raqsi ijro etiladi.)



 

BOSHLOVCHI.

 

Tarixni anglamoq o’zlikni anglamoqdir. Ajdodlar ruhiyu, merosi bilan yashamoq, ularga vorislik sharafiga munosib bo’lmog’imiz kerak. Bugun tadbirimizga ustozlarni qutlash uchun buyuk ajdodlarimiz tashrif buyurgan. Ular siymosini davraga chorlamoq hayrlidir.



 

Buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur kirib kelmoqda.

 


  1. Temur: “Barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir.

 

G’azal mulkning sultoni Alisher Navoiy tashrif buyurmoqda.

 

  1. Navoiy: Haq yo’lida kim senga bir harf o’qutmish ranj ila,

Aylamak bo’lmas ado onin haqqin yuj ganj ila.

 

Shoh, shoir, tarixchi olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur kelmoqda.

 

Z.M.Bobur:

Har kimki vafo qilsa vafo topg’usidir,

Har kimki jafo qilsa jafo topg’usidir.

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonliq hargiz.

Har kimki yomon bo’lsa jazo topg’usidir.

 

(Sahna ko’rinishi)



 

BOSHLOVCHI.

 

Olamning gultojisi inson bo’lsa ular orasida Olloh nazari tushgan, suyuklisi ustoz muallimdir. Bizlarning har bir savolimizga chuquqr etibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallimdir. Sizlarga bugun qo’limizni ko’ksimizga qo’yib tashakkur aytamiz.



 

(O’quvchilar tomonidan “Vals” ijro etiladi.)



 

(Quyidagi sh’er ostida o’quvchilar o’qituvchilarga gullar beradilar.)

 

Ustozim mehribon, oily himmatsiz,

Sabr toqatingiz bepayon ummon.

Yuraklarda darmon, kuch va qudratsiz,

Sizdan ibrat olib yashaymiz hamon.

 

Tunlarni yoritgan mash’ala misol,

Hayot yo’limizni yorutguvchisiz.

O’z o’rnin topsin deb har bitta nihol,

Turmush saboqlarin o’rgatuvchisiz.

 

Sizsiz dunyo sirin anglamoq qiyin,

Hayot gulshanining mohir bog’boni.

Siz bilan baxtimiz kulmog’I tayin,

Sho’x-shodon yashashning keldi davroni.

 

Nomingiz faxrla olamiz tilga,

Siz aytgan tariqa farzand bo’lamiz.

Har ishga munosib Vatanga, elga,

Ustoz, sizga doim ta’zim qilamiz!

 

BOSHLOVCHI.

 

Shuning bilan “Ustoz va murabbiy kuni” munosabati bilan o’tkazilgan bayram dasturimiz o’z niyoyasiga yetdi. Xayr! Omon bo’linglar!
Download 26.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling