Mehnatkashlik kamolot omili
Download 14.93 Kb.
|
Mehnatkashlik kamolot omili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar lug‘ati
Mehnatkashlik kamolot omili Aziz bolalar, har bir inson o‘ziga mos ravishda biron ish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Masalan, o‘quvchi bolalar ta’lim oladilar, shifokor davolaydi, haydovchi uzoqni yaqin qiladi va hokazo. Inson hayotda o‘z o‘rnini topish uchun doim ilm olishi va foydali ishlar bilan shug‘ullanishi kerak. Dangasalik, ishyoqmaslik zararli odat bo‘lib, dangasa bolalar dasrlarini tayyorlashga erinadilar. Tirishqoq bolalar esa darslarini vaqtida bajarib, ro‘zg‘or ishlarida ota-onalariga yordamlashadilar. Bu narsa ularning kelgusida hayot tashvishlarini qiynalmay bajarishlariga zamin yaratadi. Bolalar lug‘ati Dangasalik – mehnat qilishdan qochish, ishyoqmaslik, tanballik, yalqovlik. Mehnatsevar (mehnatkash) – mehnat qilishni yaxshi ko‘radigan. Ro‘zg‘or ishlari – oila va xo‘jalikka oid ishlar. Zamin yaratish – biron narsaga asos solish, sharoit va imkon yaratish. Maqollar 1. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan, mehnat qilsang, davron surasan. 2. Xazina g‘oyibdan emas, mehnatdan. 3. Daraxt yaprog‘i bilan go‘zal, odam – mehnati bilan. 4. Bekorchidan Xudo bezor. 5. Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla. 6. Izlanganga tole yor. 7. Mehnat, mehnatning tagi rohat. Download 14.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling