Mehnatni boshqarish usullari
Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirish
Download 26.82 Kb.
|
MEHNATNI BOSHQARISH USULLARI
Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirish
Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirishga yagona yon-dashuvni ta’minlash maqsadida ta’rif-malaka m a’lumotnomasi ham qo‘llanilib, ularda xodimlar bajarishi lozim bo'lgan ishlar hajmi murakkabligi, rahbarlik lavozimi, turli boshqaruvchilik vazifalarini bajaruvchilar uchun talab etiladigan daraja hamda ish staji ko'rsatiladi. Menejment ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (77% ) hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Shu sababli hujjatlar almashinu-vini doimo takomillashtirib borish lozim. Menejer mehnatiga, shuningdek, korxona va tashkilotda axborot oqimlari yo'nalishi va hujjatlar aylanish texnologiyasi maqbulligi ham katta ta’sir ko'rsatadi. Bu yerda hujjatlar o'tadigan bosqichlar sonini ularni birlashtirish natijasida qisqartirish katta samara berib, natijada asoslanmagan muvofiqlashtiruv bartaraf etiladi. Agar mu-vofiqlashtirish m uhim bo‘lsa, hujjatlar o'tish bosqichlari o'rnini almashtirish ham yaxshi natija beradi. Hujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadi-da o'tish texnologiyasi, axborot uzatilishining maqbul yo‘llari belgi-lanadi. Rahbar faqat boshqalarga topshirish mumkin bo‘lmagan hujjatlarga imzo chekadi. Xatlar tayyorlash bilan bog'liq ish vaqti-ni tejashda maxsus namunali matnlar, standart varaqlardan foy-dalanish katta ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlar o'rtasida yozishmalarda kelgan hujjatni javobi bilan qaytarish keng qo'llaniladi. Hujjatlarni birxillashtirish va standartlash menejer mehnatini tashkil etishning muhim yo'nalishidir. Standart varaqlarni qo‘llash xatolar kamayishiga va natijada boshqaruv xarajatlari qisqarishi-ga olib keladi. Axborot hajmi muntazam ortib borayotgan sharoitda menejer mehnatini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ayniqsa, muhim-dir. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, boshqaruv apparatida tashkiliy va hisoblash mashinasi, aloqa vositalari yordamida 7% ishni mexani zatsiyalash mumkin ekan. Menejer mehnatini takomillashtirishning muhim yo'nalishi ish joyini maqbul tashkil etish va eng avvalo, mehnat xususiyatlarini, bo'linm alarning o'zaro aloqasini ishlar muhimligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. Ish stollari, uskuna, javon, kartotekalar qulay va qo‘l yetadigan qilib joylashtirilishi kerak. Ish joylari joylashtirilishi va ularni texnika vositalari hamda yordamchi uskunalar bilan jihozlashda uzluksiz ishlashni ta'minlash talablari hisobga olinishi kerak. Tajribadan m a’lumki. ish joyini texnologiya, ergonomika, psixofiziologiya, estetika talablariga mu-vofiq joylashtirish mehnat unumdorligini oshirish (5% va undan ko‘pga) imkonini beradi. Boshqaruv apparati mehnati uchun sanitar-gigiena me’yorlari, temperatura, namlik, yoruqlik me’yorlari, shovqin darajasi, shuningdek, mehnat va dam olish tartiblarini hisobga olgan holda sharoit yara-tish muhim ahamiyatga ega. Download 26.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling