Tdv – donabay vaqt me’yori;
Top – operativ vaqt;
Txk – ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti; Tdsh – dam olish va shaxsiy ehtiyojlar vaqti; Ttt – tashkiliy-texnik tanaffuslar vaqti.
Birlik mahsulot uchun donabay vaqt me’yori esa donabay vaqt me’yoridan tayyorlovchi-yakunlovchi vaqti sarfi miqdori hisobiga farq qiladi, ya’ni shunga vaqt miqdoriga ko‘proqdir.
Buni quyidagi formula asosida izohlash mumkin:
Tdsh=Tdv+(Ttya/n)=Top+Txk+Tdsh+Ttt+(Ttya/n)
Bu yerda:
Ttya – tayyorlovchi yakunlovchi vaqt;
n – partiyadagi mahsulotlar soni.
Qo‘l ishlarida donabay vaqt me’yori quyidagi qo‘rinishda bo‘lishi mumkin:
Tdv= Top+Txk+Tdsh
Mehnat me’yorlarining turlaridan biri bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish me’yori bu – ish vaqti birligi (soat, smena) mobaynida ishlab chiqarish uchun belgilangan mahsulot yoki ish miqdoridir.
Bitta jihoz uchun belgilangan mahsulot ishlab chiqarish me’yori mashina unumdorligi me’yori deyiladi.
Smenali mahsulot ishlab chiqarish me’yori quyidagi formulalar asosida aniqlanishi mumkin:
Tmn=Tsm/Tdv; Tmn=(Tsm-Ttya)/Tdv; Tmn=Tsm/Tdsh; Tmn=(Tsm - (Txk+Tdsh+Ttt+Ttya))/Top (5.13)
Bu yerda:
Do'stlaringiz bilan baham: |