Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazmuni va ijtimoiy ahamiyati


Materiallarning yonish va portlash bo‘yicha tasnifi


Download 220.89 Kb.
bet57/62
Sana04.09.2023
Hajmi220.89 Kb.
#1672634
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazm-fayllar.org

.5. Materiallarning yonish va portlash bo‘yicha tasnifi
Barcha qurilish materiallari yonish xususiyati bo‘yicha quyidagi uch turga bo‘linadi:
yonmaydigan materiallar
– tashqi yong‘in manbasi ta’sirida yonmaydi;
qiyin yonuvchi materiallar
– tashqi manba ta’sirida yonib, manba olingach mustaqil yonmaydi;
уоnuvchi materiallar
– tashqi yong‘in manban olingach, mustaqil yonish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar bug‘lanish natijasida portlovchi aralashma muhit hosil qiladi. Bundan tashqari ayrim changlarning havo bilan aralashmasi ham portlashga xavfli hisoblanadi. UIar yonish va portlash xavfliligi bo‘yicha portlashga xavfli (aerozol holatida) hamda yonishga xavfli (aerogel) turlarga bo‘linadi va quyidagi to‘rt sinfga ajratiladi:
1-sinf – portlashga o‘ta xavfli changlar, alangalanishning pastki chegarasi – 15 g/m3.gacha bo‘lgan muhit;
2-sinf – alangalanishning eng pastki chegarasi 16 dan 65 g/m3 gacha bo‘lgan, portlashga xavfli muhit;
3-va 4-sinflar – alangalanishning pastki chegarasi 65 g/m3 dan yuqori bo‘lgan yonishga xavfli muhit. III sinfdagi changlarning alangalanish harorati 250oС, IV sinfga taalluqli changlarniki esa 250oС dan yuqori.


Mavzu:Yong‘inlarni o‘chirishning birlamchi vositalari

5.7. Yong‘inga qarshi himoya tizimi

Yong‘inga qarshi himoya tizimi – bu yong‘inning xavfli fak-torlarini insonga ta’sirini bartaraf etishga va yong‘in vaqtida material zararlar miqdorini cheklashga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidir.

5.7.1. Bino va inshootlarning yong‘inga chidamliligi va uni oshirish уo‘llari
Yong‘inga chidamlilik deganda, materiallar va konstruksiya-larning yong‘in sharoitida o‘z mustahkamligini saqlash xususiyati tushuniladi. Qurilish konstruksiyalarining yong‘in ta’sirida o‘z xususiyatini va mustahkamliligini уo‘qotish vaqti yong‘inga chidamlilik chegarasi deyiladi. Barcha bino va inshootlar yong‘inga chidamliligi bo‘yicha 5 darajaga bo‘linadi:


I daraja yong‘inga chidamlilikdagi binolarga barcha kon- struksiyalari yonmaydigan, yuqori yong‘inga chidamlilik chegarasiga (0,5–2,5 soat) ega bo‘lgan binolar kiradi.

II daraja yong‘inga chidamlilikdagi binolarga konstruktiv elementlari yonmaydigan, yuqori chidamlilik chegarasiga (0,25–2,0 soat) ega binolar kiradi.


Download 220.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling