Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazmuni va ijtimoiy ahamiyati
Bug‘ va suv bilan isitish tizimlarini hisoblash
Download 220.89 Kb.
|
Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazm-fayllar.org
3.5.2. Bug‘ va suv bilan isitish tizimlarini hisoblash
Isitish qurilmalarini hisoblash ishlab chiqarish binolaridagi barcha issiqlik sarflarini hisobga olgan holda bajariladi. Ishlab chiqarish binolarini isitishda isitish qurilmalari orqali uzatilayotgan issiqlik, binoning tashqi to‘siqlari (devorlari)ni, binoga olib kiritilgan mashina va materiallar sirtini, bino havosini isitishga hamda texnologik jarayonlarni bajarishga sarflanishi mumkin. Binoning tashqi to‘siqlari orqali issiqlik уo‘qolishi quyidagicha aniqlanadi: Qo=qoVm(tu-tt), bu yerda, qo – binoning solishtirma issiqlik xususiyati, Vt/(m3oC);qo=0,52-0,75 Vt – binoning tashqi hajmi yoki isitiladigan qismining hajmi, m3; tu – хопа havosining ichki hisobiy harorati, oС; tm – уilning eng sovuq besh kuni hisobida tashqi havo harorati. Хопа havosini isitishga sarflanadigan issiqlik miqdori: Qx = gxVt (tu-tt) bu yerda, gx – 1 m3 havoni isitishga sarflanadigan solishtirma issiqlik sarfi; ishlab chiqarish binolari uchun gx =0,9...1,5; ma’muriy binolar uchun gx=0,67...0,9; maishiy binolar uchun gx =0,31...0,42. Xonaga kiritilgan mashina va mexanizmlar hamda materiallar sirtini isitishdagi issiqlik sarfi: 3,8 1 ( )
τ
bu yerda, G – xonaga kiritiladigan mashina va materiallarning massasi, kg; km – mashina va materiallarning massaviy issiqlik sig‘imi, metallar uchun – k =0,4, kDj / (kgoС); tt – xonaga olib kirilgan mashina va materiallarni harorati (mashinalar va metallar uchun tashqi muhit haroratiga teng, sochi- luvchan materiallar uchun tashqi muhit haroratidan 20oС, sochil- maydigan materiallar uchun esa tashqi muhit haroratidan 10oС yuqori qilib olinadi); tm – ushbu mashina va materiallarni xona haroratigacha isitishga sarflangan vaqt, soat. Texnologik maqsadlarda sarflangan issiqlik miqdori: 3,8 1 )
100 ( T k i P Q = Q l − bu yerda, Q – bug‘ yoki suv sarfi, kg/soat; i – qaynoq suv yoki bug‘dagi issiqlik miqdori. Bu ko‘rsatkich suvning bosimi va haroratigа bog‘liq holda olinadi, уa’ni t =101,8 oС, Р=9,8 kPa uchun - i=426 (suv uchun), i=2680 (bug‘ uchun). ir – qozonga qaytadigan kondensatning issiqlik miqdori, kDj/kg. Umumiy issiqlik sarfi quyidagicha aniqlanadi: ΣQc , =Qo+Qx+Qm+Qt. Umumiy issiqlik sarfi miqdoriga asoslangan holda qozonning issiqlik quvvatini quyidagicha aniqlashimiz mumkin: Рk = (1,1...1,15)(Qc10-3, ,kVt. Markaziy suv bilan isitish qurilmalarida isitish jihozlari sifatida radiatorlardan foydalaniladi. Radiatorlar seksiyalar shaklida ishlab chiqarilib, batareya shaklida yig‘iladi. Radiatorlarning hisobiy sonini aniqlash isitish jihozlari (batareyalar)ning umumiy yuzasini aniqlash asosida amalga oshiriladi: Download 220.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling