Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazmuni va ijtimoiy ahamiyati


Ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish


Download 220.89 Kb.
bet9/62
Sana04.09.2023
Hajmi220.89 Kb.
#1672634
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
Bog'liq
Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazm-fayllar.org

Ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish. Oilaviy va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra, xodimning arizasiga binoan, ma’muriyat unga ish haqi saqlanmagan holda qisqa muddatli ta’til berishi mumkin. Zarur hollarda tomonlarning kelishuvi bilan bu ta’til ishlab chiqarish sharoitlariga va imkoniyatlariga qarab xodim tomonidan keyinchalik ishlab berilishi mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Mehnat qilish qonunlarini aytib bering.
2. Mehnat huquqi deganda nimani tushunasiz?
3. Mehnat huquqining manbalarini so'zlab bering.
4. Ish bilan ta'minlash va ishga joylashtirish davlat tomonidan qanday amalga oshiriladi?
5. Mehnat shartnomasi qanday hujjat?


Mavzu: Mehnat muhofazasi bo’yicha ishlarni tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7- noyabr 1994-yildagi 538-sonli qaroriga asosan korxonalarda mehnatni muhofaza qilish davlat boshqaruviga o‘tkazildi va bи masalada bosh mutasaddi qilib Mehnat vazirligi tayinlandi. Keyinchalik Vazirlar Mahkamasining 16-fevral 1995-yildagi 58- son qarori bilan Mehnat vazirligi qoshida «Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi» tuzildi. Bu boshqarmaning vazifasi respublikamizdagi korxona va muassasalarda mehnat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkiliy va texnikaviy muammolarni o‘z vaqtida yechilishini nazorat qilish hamda xavfsizlik mezonlarini muhokama etish va tasdiqlash jarayonida ishtirok etishdan iboratdir.
Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimining birdan bir maqsadi, mehnat muhofazasi qonun-qoidalariga ishchi va xizmatchilarning e’tiborini oshirish, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratishni yagona, to‘g‘ri yechimini aniqlash hamda uni ishlab chiqarishda tatbiq etishga tavsiya qilishdir.


Mehnat xavfsizligini boshqarish – bu bir qator, tashkiliy, texnikaviy va sanitar-gigiyenik hamda iqtisodiy tadbirlar tizimini tayyorlash va joriy qilish asosida amalga oshiriladi.


Download 220.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling