Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazmuni va ijtimoiy ahamiyati


Ishlarni og‘irlik va xavflilik-zararlilik darajasi bo‘yicha tasniflanishi


Download 0.66 Mb.
bet26/107
Sana08.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#250493
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107
Bog'liq
Maruza Matn (Автосохраненный)

1.4. Ishlarni og‘irlik va xavflilik-zararlilik darajasi bo‘yicha tasniflanishi

Yuqorida tа’kidlangan zararli va xavfli faktorlarning ta’siri ishning turiga, xususiyatiga va og‘irlik darajasiga bog‘liqdir. Shunga mos holda, barcha jismoniy ishlar 3 sinfga ajratiladi: yengil ishlar (1), o‘rtachа og‘irlikdagi ishlar (lla, llb) va og‘ir ishlar (III). Yengil ishlarni bajarishga – 172 j/s, o‘rtacha og‘irlikdagi ishlarni bajarishga – 172...293 j/s, og‘ir ishlarni bajarishga 293 j/s.dan ortiq energiya sarf1anadi. Lekin ishlarni og‘irlik darajasini aniqlashda, faqatgina ularni bajarishga sarflanadigan energiya miqdoriga asoslanish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shu sababli, mehnat sharoitini, ishlab chiqarish muhitini, ularni insonning (ishchining) asab torlariga ta’sirini ham hisobga olish zarurdir. Umuman, ishlarni og‘irlik darajasi bo‘yicha guruhlashda 50 ga yaqin mezon («Kriteriya») hisobga olinishi mumkin.



Ishlar xavflilik va zararlilik darajasiga qarab esa zararli, хаvfli va o‘ta xavfli turlarga ajratiladi. Zararli ishlarga nomaqbul iqlim sharoitida bajariladigan ishlar (kuchli shamol, past yoki yuqori harorat, namlik, yuqori darajada shovqin, titrash, har xil nurlar ta’sirida ishlash) kiradi.

Xavfli ishlarga, o‘t yoquvchilar, elektriklar va shu kabi boshqa ishlarni misol qilish mumkin. O‘ta xavfli ishlarga esa, yong‘inni o‘chirish va uning oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar davrida avariya-tiklash ishlarini olib borish kabilarni kiritish mumkin.




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling