Abraziv jihozli stanoklar. Katta tezlikda aylanuvchi abraziv jihozlar o‘ta xavfli hisoblanadi. Bunday hollarda charx toshini ajralib ketishiga уo‘l qo‘ymaslik zarur. Buning uchun charx toshida yoriqlar bo‘lmasligi talab etiladi. Shu sababli, charx toshi massasi 200–300 grli yog‘och bolg‘acha bilan urib ko‘rib tekshiriladi. Shuningdek, ular mexanik mustahkamlik bo‘уicha ham sinovdan o‘tkaziladi. Masalan, 150 rnm. diametrli 40 m/s aylanish tezligida ishlashga mo‘ljallangan charx toshlari ish tezligidan 50% ortiq bo‘lgan tezlikda maxsus stendlarda sinovdan o‘tkaziladi. Diametri 150 mm. gacha bo‘lgan charx toshlarini sinash vaqti – 3 minut, tashqi diametri 150 mm. dan katta bo‘lgan toshlar uchun
– 5 minutni tashkil etishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |