Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazmuni va ijtimoiy ahamiyati


Download 0.66 Mb.
bet97/107
Sana08.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#250493
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107
Bog'liq
Maruza Matn (Автосохраненный)

5.4. Yonish jarayonining mohiyati

Yonish – murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo‘lib, и yonuvchi modda yoki material bilan havo tarkibidagi kislorodning o‘zaro reaksiyasi ta’sirida yuzaga keladi. Yonish sodir bo‘lishi uchun albatta, yonuvchi material, kislorod va yonish manbasi bo‘lishi lozim Agar havo tarkibida kislorod miqdori 14% dan kam bo‘lsa, yonish jarayoni susayadi, kislorod miqdori 10% bo‘lganda esa tutash, burqisish yuzaga keladi. Kislorod miqdori 8% bo‘lganda esa tutash ham to‘xtaydi.

Yang‘in manbasini ikki turga ajratish mumkin, уa’ni ochiq (alanga, uchqun, qizigan buyumlar va b.) va yashirin (kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik miqdori, mikrobiologik jarayonlar adsorbsiyasi, adiabatic siqilishlar, ishqalanish, zarba va b.). Yong‘inni o‘chirishning mohiyati, yuqorida

ta’kidlangan uchta yonish jarayonining tashkil etuvchilarini o‘zaro ta’sirini to‘xtatish-dan iboratdir. Haroratining o‘zgarishi natijasida materialning erishi, bug‘lanishi ro‘у beradi. Harorat oshgandan so‘ng oksidlanish jarayoni yuzaga keladi va oksidlanish reaksiyasi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik ta’sirida harorat tez o‘sadi. Tutoqish, o‘t olish haroratida esa butun material tutashi kuzatiladi va nihoyat alangalanish boshlanadi. Bu vaqtda tashqi manba olinganda ham yonish davom etadi. Tutoqish, o‘t olish harorati yonuvchi moddaning eng past

harorati bo‘lib, bunda buyumning ustida gaz va bug‘lar hosil bo‘ladi hamda ular tashqi manba ta’sirida alanga-lanadi. Lekin ularni hosil bo‘lish tezligi, manbasiz yonish jarayonini kechishi uchun kam hisoblanadi. Alangalanish haroratida esa yonuvchi material tashqi manba ta’sirisiz ham yonadi. Shu sababli, har doim o‘t olish harorati alangalanish haroratidan kichik bo‘ladi.

Materialga issiqlik (yonish manbasi) ta’sir etgan vaqtdan alan- galanish davrigacha bo‘lgan vaqt oralig‘I induksiya davri deb ataladi. Ayrim moddalar yoki materiallar ma’lum haroratda o‘z-o‘zidan alangalanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Ularning bu xususiyati havoning ta’sirida, suvning ta’sirida va materiallarning (moddalarning) o‘zaro ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. Alangalanish haroratiga bog‘liq holda yong‘inga xavfli suyuqliklar tez alangalanuvchi (TAS) va yonuvchi

suyuqliklarga (YoS) bo‘linadi. TASlarning bug‘lari 45oС haroratda, yonuvchi su-yuqliklar esa 45oС dan yuqori haroratda alangalanadi. O‘z-o‘zidan alangalanish harorati turli xil materiallar va moddalarda turlicha bo‘ladi, masalan, kerosin 250–265oС, benzin А-66 255oС, dizel yoqilg‘isi DZ- 240oС va h.k.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling