Mavzu. O’simlik hujayraning kimyoviy tarkibi. Glossariy Sitoplazma


Download 22.91 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi22.91 Kb.
#1128970
  1   2   3
Bog'liq
gelesariy eeeeeeeeeeeee


Mavzu. O’simlik hujayraning kimyoviy tarkibi.
Glossariy
Sitoplazma (grekchaκύτος [sito] - hujayra va πλάσμα [plasma] — shakllangan) — hujayraning yadro bilan plazmatik membrana oraligʻida joylashgan asosiy Organik modda - 1) kimyoda -organik birikma, yaʼni uglerodning boshqa elementlar bilan birikishidan hosil boʻlgan birikma; 2) geologiyada — tabiy organik birikmalarning murakkab aralashmasi; tuproq, dengiz va koʻl choʻkindilari, choʻkindi togʻ jinslari, shuningdek, yer usti va yer osti suvlari tarkibida bir oz miqdorda boʻladi. Organik moddaning bosh manbai, asosan, oʻsimliklardir. Organik moddaning gumus, sapropel va liptobolit xillari bor. Choʻkindi jinslarda oʻrta hisobda 15–20 kg/m3 chamasida boʻladi. Koʻmir va yonuvchi slanetslarning asosiy massasini tashkil etadi; neft va yonuvchi gazlarning manbai deb hisoblanadi (qarang Hujayra). 
Hujayra (lotinchacellula — „katakcha“) barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi.
Dispers sistemalar - ikki yoki undan ortiq fazalarning tekis tarqalgan mayda zarralaridan tuzilgan geterogen sistemalar.
Immunitet, fotoimmunitet, oʻsimliklar immuniteti — oʻsimliklarning kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni oʻziga yuktirmaslik va ular ajratadigan zaharli moddalar taʼsiriga chidamlilik xususiya-ti. I. ni oʻsimliklarda kasallik qoʻzgʻatuvchilarga chidamlilikning eng yuqori darajasi deb hisoblash mumkin.
Kristallar (yun. krystallos — muz, togʻ billuri) — atomlari, ionlari va molekulalari maʼlum tartibda joylashib, fazoviy kristall panjarani tashqil etgan qattiq jismlar. K., koʻpincha, suyuq fazalar — eritmalardan hosil boʻladi va oʻsadi, baʼzan esa gaz holatini yoki qattiq jism holatini tashqil etadigan fazaviy oʻzgarishlar natijasidagiva hosil boʻladi.
Fitonsidlar (fito... va lot. caedo — oʻldiraman) — oʻsimliklar hosil qiladigan faol modda, boshqa organizmlar (asosan, mikroblar)ni oʻldiradi yoki ularning oʻsish va rivojlanishini toʻxtatadi. F. oʻsimliklar immuniteti va biotsenozlardagi organizmlarning oʻzaro munosabatlarida muhim ahamiyatga ega. Kimyoviy tarkibi boʻyicha — glikozidlar, terpenoidlar va boshqa ikkilamchi metabolitlardan iborat. Daraxtlar (asosan, ignabarglilar)ning F. ishlab chiqarish xususiyati shaharlarni koʻkalamzorlashtirishda ahamiyatga ega. Piyoz, sarimsoq, yerqalampir va boshqa oʻsimliklar F.i qoʻshilgan preparatlar tibbiyotda qoʻllanadi.

Download 22.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling