KIMYO
10-sinf
Mavzu:
Yuqori molekulyar birikmalar.
Protein molekulasi tarkibida 2 ta atom temir bo‘lib, u molekulaning 0,28 % ni tashkil etadi. Proteinning nisbiy molekulyar massasini hisoblang.
Topshiriqni tekshirish
Protein molekulasi tarkibida 2 ta atom temir bo‘lib, u molekulaning 0,28 % ni tashkil etadi. Proteinning nisbiy molekulyar massasini hisoblang. A) 28000 B) 11200 C) 56000 D) 40000 Yechish: 2 ta temir atomi necha gramm ekanligini aniqlash. 2 ta temir atomi ----------- x gr 1 ta temir atomi ------------Ar(Fe) = 56 gr x = =112 gr 0.28 gr temir tutgan oqsil --------------- 100 gr y==40 000 gr Proteinning nisbiy molekulyar massasi 40 000 grammga teng. To‘g‘ri javob: D) 40 000
Reja
1. Yuqori molekulyar birikmalar kimyosida asosiy tushuncha va atamalar.
2. Polimerlanish reaksiyalari.
3. Yuqori molekulyar birikmalarning sinflanishi va nomenklaturasi.
4. Polimerlarning fizik va kimyoviy xossalari.
5. Polimerlarning ishlatilishi.
6. Mavzuga doir test savollari.
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi ancha murakkab bo‘lib, o‘z ichiga ko‘pchilik sohalar – organik sintez, fizik-kimyoviy va biologik tadqiqotlar, texnologik va muhandislik jarayonlari va boshqalarni mujassamlashtiradi. Shunung uchun kimyoning bu sohasi juda ham tez rivojlanib ketdi. Natijada yangi polimer materiallar, plastmassalar, sun’iy tolalar, laklar, kauchuklar, bo‘yoqlar, charm va plyonkalar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ularning miqdori kundan kunga ko‘payib bordi. Hozirgi kunda sintetik polimerlardan polietilen, polivinilxlorid, polistirol, sintetik kauchuklar, sitetik tolalar (kapron, neylon, lavsan)lar katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda, chunki ularsiz hozirgi turmushimizni tasavvur qilish qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |