Mehnatning insonlar hayotidagi roli
Download 310 Kb.
|
1 2
Bog'liqОртиков Голиб .
MEHNATNING INSONLAR HAYOTIDAGI ROLI Reja Mehnat faoliyati va mehnat an’analari vositasida insonlarning mehnatga ijobiy munosabati 2020 yil bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish. Faoliyatning mehnatga munosabatda etakchiligi uning asosiy funksiyalari bilan bog‘liq. Inson ongli va maqsadga qaratilgan mehnat faoliyati bilan jamiyatning turli hayotiy ehtiyojlarini qondirib, qator muhim ijtimoiy, ma’naviy va tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi. Mehnat faoliyatining o‘zi esa insonda birdan-bir tabiiy ehtiyoj va yashash uchun ijtimoiy zaruriyatdir. Inson faoliyati natijasida mehnatning tabiiy xususiyati va mohiyati o‘zgaradi, u tabiat bilan o‘zi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni tartibga soladi, nazorat qiladi va o‘sib boruvchi hayotiy ehtiyojlariga ko‘ra munosabat shakllarini kengaytiradi. Bu jarayonda faoliyatning etakchi roli yana shunda ko‘rinadiki, u o‘zining doimiy o‘sib boruvchi turli hayotiy ehtiyojlarini qondirish yo‘lida, ba’zan tabiatning ob’ektiv 2019 yil 8-son 219 rivojlanish qonuniyatlariga qarshi faoliyat olib boradi. Agar inson tafakkuri faqat mehnatgagina bog‘liq bo‘lganida, u tabiat qonunlarini buzishga jazm qila olmas edi. Insoniyatning XXI asrga kelib, tabiatga ongli ravishda noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishi oqibatida kuchli ekologik halokatlar yoqasiga kelib qolganligi tafakkur sohibi xazrati inson hamisha va har doim ham o‘z faoliyatini aqlga muvofiq to‘g‘ri tashkil qilishga ojizligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Jamiyatda inson mehnat yordamida faqat ijobiy xususiyatlarga ega bo‘lib, ong esa unga muvofiq tarzda shakllanib borganda, aqlning mehnatga nisbatan birlamchilik roli va mustaqilligi haqida so‘z yuritishga xojat bo‘lmas edi. Insonning ongli maqsadga qaratilgan kuchi mehnatni tabiiy ishlab chiqarish mohiyatida namoyon bo‘ladi. Inson va mehnat o‘rtasidagi bu munosabat ob’ektiv xarakter kasb etadi. U kishilik jamiyatining yashash usulidan qat’iy nazar umumiy harakterga ega. Chunki er yuzining barcha nuqtalarida yashayotgan millat yoki elatlar o‘zining jismoniy, hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy predmetlarni ongli va maqsadli qayta ishlab chiqarish funksiyasini o‘ziga xos tarzda bajaradi. Insonning mehnatga munosabatida aqlning etakchi roli mehnatning sotsial funksiyasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Mehnatning sotsial funksiyasi moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish jarayonida kishilarni birgalikda faoliyat ko‘rsatish ehtiyojidan shakllanadi. Bu birgalik va hamkorlikdagi faoliyat ijtimoiy munosabatlarning shakllanishiga asos bo‘ladi. Odamlar o‘zaro hamkorlikka stixiyali tarzda emas, balki yashash joyida mavjud tabiiy shartsharoit, mehnatning harakter va mazmuni, o‘zaro qon-qarindoshlik yaqin aloqalari, shaxsiy qobiliyati, layoqati va qiziqishidan kelib chiqib, muayyan aniq maqsadni ko‘zlab ongli ravishda uyushadilar. O‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritish usuli jamiyatdagi asosiy sotsial birliklar bo‘lgan: oila, urug‘, elat, millat, sotsial guruh va sinflarning shakllanishiga olib kelgan. Demak, kishilarning tarixiy ijtimoiy birliklarining tarkib topishi asosida mehnat an’analari omili turadi. XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida dunyoda yuz bergan o‘zlikni anglash jarayonlarining kuchayishi munosabati bilan milliy an’analar masalasi, uning etakchi asosiy motivi-mehnat an’analari shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq etish taraqqiyotning muhim omiliga aylandi. Zero, o‘zbek halqining tarixiy shakllangan mehnat an’analari o‘zining boy va serqirra imkoniyatlari bilan o‘ziga xos xususiyat kasb etgan va taraqqiyot asosi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Sobiq sho‘rolar davrida, milliy an’analarimizga xos mehnat an’analariga bepisandalik bilan “eskilik sarqiti” sifatida bir tomonlama yondoshib har tomonlama ta’qib qilinishi oqibatida uning beqiyos yaratuvchilik va ijodkorlik roliga jiddiy putur etdi. Inson va uning mehnatga munosabatiga siyosiy tus berilishi va baholashga texnokratik yondoshuvlar uning boy mazmuniga jiddiy salbiy ta’sir etkazdi. Siyosiy-ma’muriy tashkilotlarga xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ulanuvchilar ustidan qattiq nazorat o‘rnatish huquqi berildi. Natijada, ming yillar davomida oilaviy tadbirkorlik faoliyati asosi bo‘lib kelgan ko‘plab an’anaviy mashg‘ulot turlari bilan erkin shug‘ullanish ta’qiqlanib, “qonunbuzarlar” jinoiy javobgarlikka tortildi va jazolandi. Mehnatni tashkil etishning ob’ektiv rivojlanish qonuniyatlarini bu usulda qo‘pol ravishda buzilishi halqimizda tarixan shakllanib kelayotgan mehnat an’analari xususiyatlarini zamonaviylashishiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi o‘zbek xalqining tarixan shakllanib kelayotgan mehnat an’analarini siyosiy va mafkuraviy zanjirlardan xalos bo‘lish va yuksak taraqqiyot omiliga aylanishi uchun qulay sharoit yaratdi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH. Mirziyoev alohida ta’kidlab aytganidek, “Sizlarga yaxshi ayon, yurtimiz qadim-qadimdan bunyodkorlik an’analari bilan dunyoga dong taratib kelgan”. Mustaqillik sharofati bilan oddiy mehnatkash xalq o‘z taqdirini mehnati bilan erkin tashkil etish va boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Jumladan, mehnat kishisiga erkinlik berish, uni o‘z mehnati natijalariga egalik qilish, tassaruf etish asosida o‘zida tabiiy salohiyatini to‘liq yuzaga chiqarishga qulay shartsharoitlar vujudga keldi. Qolaversa, mehnat an’analarimiz asrlar osha shakllangan alohida xususiyatlarini namoyon etib, jahon hamjamiyatida munosib o‘rnimizni egallashda bosh omil bo‘lmoqda. Halqimizda mehnat tushunchasining qadr-qimmati baland. U to‘g‘risida juda ko‘p yaxshi maqol, aforizm va tushunchalar mavjudki, ular mehnatni ijtimoiyiqtisodiy mohiyatini tushunishga yaqindan yordam beradi. Masalan, “mehnatsiz osh qayda, tashvishsiz bosh qayda”; “mehnatdan do‘st ortar, g‘iybatdan dushman”; “mehnatning ko‘zini topgan boylikning o‘zini topar” va boshqalar. Mehnatning inson hayotidagi buyuk sotsial roli haqida ham juda ko‘p ibratli hikmatlar bor. Birinchisi va eng muhimi mehnat insonni uchta buyuk tashvishdan: zerikish, yomon his-tuyg‘ular va ehtiyojlarini noto‘g‘ri qondirishdan ozod etadi. Mehnat kundalik hayotiy ehtiyojlarimiz va jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ma’naviyaxloqiy yuksalishida bosh mezon hisoblanadi. Inson tug‘ilib o‘zini tanibdiki, mehnat qilishga intiladi, o‘zini mehnat ila baxtiyor va farovon hayot kechirayotgandan shukronalar aytadi. “Mehnat” so‘zi – arab tilidan olingan bo‘lib, mazmuniga ko‘ra azob-uqubat, jafo chekish, qiynalish kabi ma’nolarni anglatadi. Ammo, bu tushuncha va izohlar mehnatning barcha qirralarini o‘zida to‘liq ifodalay olmaydi. Inson mehnat qilish jarayonida nafaqat azoblanadi, balki shu bilan birga undan huzurlanadi, aqliy va jismoniy kamol topadi, shaxsiy va oilaviy hayotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadi, jamiyatdagi o‘zining to‘laqonli o‘rniga ega bo‘ladi. SHu bois “mehnat, mehnatning tagi rohat” deyiladi. Mehnat tushunchasi faoliyat turi va mazmunini ham belgilaydi. Mehnatnifaoliyat, funksiya, bajarish, ish, tadbir, ishlash, mashg‘ulot, harakat kabi iboralar bilan ifodalash mumkin. Masalan, mehnat faoliyati deyilganda – insonni aniq foydali maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakati tushuniladi. Ilmiy manbalarda “mehnat” ga xilma-xil ta’riflar berilgan. Masalan, Rossiyalik iqtisodchi olim B.M. Genkin fikricha, “mehnat tabiat resurslarini moddiy, intellektual va 2019 yil 8-son 221 ma’naviy ne’matlarga aylantirish jarayoni bo‘lib, inson bu jarayonni yoki ma’muriy (iqtisodiy), yoki ichki undov, yoxud unisi ham, bunisi ham tufayli amalga oshiradi va boshqaradi”. O‘zbek olimi akademik K.Abduraxmonov fikriga ko‘ra: “mehnat – insonning muayyan ehtiyojlarini qondira oladigan va o‘ziga kerak bo‘ladigan moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish (yaratish) bo‘yicha ongli, maqsadli va taqiqlanmagan faoliyatidir” . Mehnatga xilma-xil va turlicha yondoshish va ta’rif berish mumkin. Mehnat – shaxsiy va ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, har bir inson faoliyatida bu ikkiyoqlama xarakter namoyon bo‘ladi. Mehnat – bu bizni ishbilarmonlik va tadbirkorlik, faoliyat va qarashlarimizni doimo yangilik (modernizatsiya) sari intiltiruvchi va pirovard natijada shaxs va jamiyatni farovon hayotga eltuvchi maqsadli xatti-harakatdir. SHuni unutmaslik zarurki, mehnatning zaruriy elementlari – ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalaridir. Mehnat xarakter va mazmuniga ko‘ra bir qancha turlarga ajratiladi. Turkiy xalqlar, xususan o‘zbeklarning mehnat an’analari o‘zining boy va sermazmun tarixiy falsafasiga ega. Xalqimizning dastlabki davrlardagi mehnat an’analari to‘g‘risidagi qimmatli ma’lumotlar «Avesto» kitobida ham batafsil bayon etilgan. Unda ta’kidlanishicha, Movarounnahr iqlimining nisbatan mo‘‘tadilligi, jug‘rofiy ikki katta qit’a o‘rtasida joylashganligi tufayli, bu erdagi sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning ertaroq vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Dehqonchilik bilan bir qatorda bog‘dorchilik ham taraqqiy etgan. Ayni bir paytda savdo-sotiq, hunarmandchilik, ovchilik ham yaxshi rivojlangan. Bu xududda yilqichilikning rivojlanishi, ayniqsa Farg‘ona vodiysida qorabayir otlarini boqish keng ko‘lam olishi ijtimoiy hayotda katta rolь o‘ynagan. Shuningdek, mis va qo‘rg‘oshin konlariga boy bo‘lgan Oltoyning yaqinligi xududimizda temirchilik, misgarlik rivojiga asos soldi. O‘lkamizda savdo-sotiq ishlari qadimdan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunga chorvachilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik sohalarining ustivor rivojlanishi kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Savdo-sotiqning rivojlanishi yangi-yangi mehnat turlarini vujudga kelishiga, sayohat va tijoratni yo‘lga qo‘yilishiga olib kelgan. Odatda savdo karvonlari bilan birga olimlar, musiqachilar, aktyorlar, rassomlar, ustalar va sayohat ishqibozlari birga yurganlar. Xalqimiz mehnat an’analarida qurilish va hunarmandchilik bilan bog‘liq kasb-hunarlar alohida tarixiy ahamiyat kasb etadi. Qadimgi avlodlarimiz o‘troq yashashga o‘rganganlaridan so‘ng shaharlar barpo etishga kirishganlar. SHahar qurilishida qal’a devorlari barpo etish, suv quvurlari o‘tkazish, hovuzlar qazish va turar joy binolari qurilishi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. SHahristonda ya’ni shahar ichidagi shaharda ishlab chiqarish korxonalari, savdo do‘konlari va hunarmandchilik ustaxonalari barpo etilgan. Qurilishda odamlar pishiq g‘ishtdan uylarning poydevorlarini tiklash, pol qilish va oziq - ovqat saqlash uchun maxsus omborxonalar barpo etishda keng foydalanganlar. Xarakterli tomoni shundaki, milliy an’analarimizga xos ikki muhim jihat: axlat va chiqindilarni uydan ko‘chaga olib chiqmaslik uchun hovlida maxsus chuqurlar qazish hamda qurilish 2019 yil 8-son 222 qilishda ko‘cha hisobiga uyni kengaytirish mumkin emasligi qadimdan bizda odat va qoida hisoblanganligiga ko‘hna tarix guvohlik beradi. Buyuk mutafakkirlar ilm bilan birga inson mehnat faoliyatining tashkil etilishi va boshqarilishi, mehnatning inson shakllanishidagi o‘rni va roli, mehnat taqsimoti, mehnatning xarakter va mazmuni kabi muhim masalalarni o‘rganishga harakat qildilar. Masalan: Beruniy o‘zining «Mineralogiya» nomli asarida mehnatning turlari, mehnatga haq to‘lash prinsiplari to‘g‘risida keng fikr yuritadi. U mehnatning xarakter va mazmuniga qarab bir qator guruhlarga ajratadi. Og‘ir jismoniy mehnat turlariga: tog‘-konchilik, er ostida gavhar qidirish, dehqonchilik kabi sohalarni kiritadi. U ilm-fan bilan mashg‘ul bo‘ladigan kishilar mehnatining murakkabligini ham alohida ta’kidlaydi. Beruniy o‘z davrida gurkirab rivojlangan konchilik va metallurgiya sohalari to‘g‘risida ma’lumot berar ekan, asosiy e’tiborni ularda foydalanilayotgan maxsus asbob- uskunalarga qaratadi. Konchilik, er ostida olib boriladigan ishlarda mehnatni engillashtirish uchun ko‘plab ixtirolar qilinganligini ko‘rsatib o‘tadi. Jumladan, qazilgan rudani er ostidan yuqoriga olib chiqishda foydalanilgan sahg‘altak, toshtaroshlikda asosiy asbob hisoblangan. Uning zamondoshlari teshaga suv yuritish yo‘li bilan tosh kesish sirlarini bilishgan. Ishchilar er ostida ishlash vaqtida qazilgan tunellarni mustahkamlab borish, sizot suvlarini tashqariga chiqarish va ish joylarning havosini almashtirib turishga alohida e’tibor berganliklarini batafsil yoritadi. Beruniy mehnat an’analarimizda ayollarga xos an’anaviy rivojlanib kelayotgan to‘qimachilik kasbi to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib o‘tadi. Buxoro shahrining atroflarida bunday korxonalar ko‘plab qurilganligi, ularda asosan ayollar mehnat qilganligi, ular paxta va ipakdan qimmat baho gazlamalar to‘qishga nihoyatda usta bo‘lganliklari haqida ma’lumot qoldirgan. Beruniy o‘z davrida keng rivojlangan hunarmandchilik bilan bog‘liq kasb turlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish orqali xalqimizning an’anaviy bu mehnat turlariga bo‘lgan alohida qobiliyati va layoqatini ko‘rsatib o‘tadi. Tosh tarashlash, zeb-ziynat bezaklari va uy-ro‘zg‘or buyumlari yasash san’ati kishidan alohida layoqat va qobilyat talab qiladi. U ilmiy tajriba bilan muntazam shug‘ullanuvchi, faoliyatida aniqlikka intiluvchi har bir kishi o‘z kasbining ustasiga aylanishini, barchaga ibrat bo‘la olishini va el ichida shuhrat qozonishini ta’kidlaydi. Xulosa qilib aytganda, Beruniy o‘z davridagi mehnat jarayoni haqida keng ma’lumot berish bilan birga, mehnatning inson va jamiyat hayotidagi yuksak rolini ko‘rsatar ekan, mehnatning xarakter va mazmunini ifodalab, uni tashkil etish va boshqarishda davlatning rolini alohida ko‘rsatishga harakat qiladi. Download 310 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling