Reja: 1. Boshqaruv mehnati ta’riflari, xususiyatlari, turlari 3. Rahbarni o’zini o’zi boshqarishi Boshkaruv mehnati - bu ma’muriy boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiyalar va ishlardir. Boshkaruv mehnati - bu ma’muriy boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiyalar va ishlardir. Boshqaruv mehnati mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash davrida ajratiladi. Ma’muriy boshqaruv xodimlarining mehnati yig’ma ijtimoiy mehnatning ajralmas qismi bo’ladi. Demak, boshqaruv tizimidagi mehnat qanchalik samarali bo’lsa, yig’ma mehnatning natijalari ham shunchalik yuqoridir. Ammo ma’muriy boshqaruv xodimlari, ishchilardan farqli ravishda, o’zlari bevosita mehnat predmetiga ta’sir ko’rsatmaydilar, ya’ni o’zlarining qo’llari bilan (mehnat vositalaridan foydalanish bilan) moddiy boyliklarni ishlab chiqarmaydilar. Ular bevosita ishlab chiqarish (tijorat) operatsiyalarini bajarish bilan band bo’lgan odamlarning samarali mehnatlari uchun kerakli tashkiliy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratadilar. Demak, boshqaruv vazifalarini bajarilishining sifati qanchalik yuqori bo’lsa, ishlab chiqarish ob’ekti shunchalik ishonchli va samarali faoliyat yuritadi. Boshqaruv mehnati jarayonida belgilangan resurslar moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari- binolar, inshoatlar, boshqaruv apparati xodimlari mehnatning vositalari va predmeti, boshqaruv tizimini faoliyati yuritish uchun xarajatlar, malakali mutaxasislar va h.k. dan foydalaniladi. Ulardan foydalanishning samaradorligi ham ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir ko’rsatadi. SHunday qilib, boshqaruv mehnati - bu ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatining turli tumanligidir, chunki u yig’ma mahsulot ishlab chiqaruvchi va boshqaruv xodimlari faoliyatining natijasidir. U ishchilar mehnati kabi darajada zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |