7-mavzu. Boshqaruv mehnatini tashkil qilish reja: Boshqaruv mehnati ta’riflari, xususiyatlari, turlari


Download 252.49 Kb.
bet14/20
Sana09.06.2023
Hajmi252.49 Kb.
#1476071
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
7-MAVZU BOSHQARUV MEHNATINI TASHKIL QILISH

Vakolatlarni samarali topshirish mehnatni tegishli ravishda tashkil qilishni ko’zda tutadi: rahbar tomonidan vazifalarni topshirishni rejalashtirish va ularni bajarilishi va muddatlarga rioya qilinishi ustidan nazorat varaqalari yordamida nazorat qilish.

Boshqaruv faoliyatining natijaliligi uchun vaqtini ratsional sarflanishi nuqtai nazaridan menejer mehnat jarayonini tashkil qilinishi muhim ahamiyatga ega. Bu narsa uning mehnatini shartli uch qismga bo’lishni taqazo qiladi.

SHu narsa ma’lumki, ko’p sonli odamlarning birgalikdagi aqliy faoliyatining mavofiq faolligi, qoidaga ko’ra, 40 - 45 daqiqa davom etadi. Keyin majlisning ko’pgina ishtirokchilarida e’tibor susayadi, shovqin, harakatlar, gaplar vujudga keladi. Bunday holat 30 - 40 daqiqa davom etadi, shundan keyin muzokaralar yana kuch bilan sho’’baiydi va “salbiy faollik davri” boshlanadi. U insonni boshqarilmaydigan bo’lib qolishi, hamma narsaga asabiy va ishonmasdan munosabatda bo’lishi bilan ta’riflanadi. Bu vaqtda qabul qilingan qarorlar odatda ekstremizm bilan ajralib turadilar.Agar majlis tanaffussiz 2 soatdan ortiq davom etsa, ishtiroqchilarning 90%dan ko’prog’i, faqat u tezroq tugashi uchun har qanday qarorga rozi bo’ladilar (6.3 –rasm)

  •  

Majlis ishtiroqchilarining holatini uning davomiyligiga bog’liqligi

Majlis ishtiroqchilarining holatini uning davomiyligiga bog’liqligi

Majlisni oxirida qabul qilingan qarorlarni taqrorlash, yakunni chiqarish va nima, kim tomonidan va kaysi vaqtga qadar qilinishi kerakligini aniqlab olish kerak. Majlis ijobiy ruhda va iloji boricha ma’lum vaqtda tugashi kerak.

Agar majlisni rejalashtirishda ustivorliklar to’g’ri ma’lum bo’lsalar, unda eng muhim vazifalar, qoidaga ko’ra, majlisning boshida muxokama qilinadilar, oxirida esa faqat kam ahamiyatlilar.

Majlisni yakunlashda eng muhim ma’lumotlar va natijalarga ega qisqacha bayonnoma tuzish kerak, majlis oxirida uni ishtirokchilarga tarqatish kerak.

Vaqti vaqti bilan bo’lsa ham majlis natijalariga qaytish zarur, shu jumladan ishtirokchilari so’rovi yo’li bilan:

  • Majlisning mavzui va maqsadi yetarlicha aniq bo’ldimi?
  • Ishtirokchilardan har biri kun tartibi va boshqa materiallarni o’z vaqtida oldimi?
  • Majlisning maqsadiga erishildimi?
  • Qancha vaqtdan samarasiz foydalanildi?

  • Download 252.49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling