Mehribonlik uylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning o’ziga xosligi
Download 52 Kb.
|
Mehribonlik uylarida tarbiyachilarning faoliyatini tashkil etish
Esse Mavzu: Mehribonlik uylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning o’ziga xosligi Jamiyatimiz orasida ijtimoiy kelib chiqish ahvoli, dini, irqi, millati, yoshi va boshqa mezonlar bo’yicha turli insonlar yashaydi. Shu jumladan, Mehribonlik uyida ham sanab o’tilgan toifalarning barchasiga taalluqli bolalar va o’smirlar mavjud. Demak, Mehribonlik uyini ijtimoiy institut sifatida tavsiflasak, u yerda tashkil etiluvchi barcha jarayonlarda davlatning insonparvarlik siyosati aks etadi. Bizning O’zbek millati azaldan ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga alohida mehr bilan turlicha yondashuvlardagi qo’llab quvvatlashlar orqali munosabatda bo’ladilar.Ularni tasnif etishda quyidagi kategoryalarni inobatga olish zarur: Otasi bor onasi vafot etgani sababli yoki aksincha (yarim yetim); Ota-onasi nogiron bo’lganligi sababli; Ota-onasi tashlab ketganligi sababli; Ota-onalari vafot etgan; Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan; Ota-onalik huquqlari chegaralangan; Ota-onasi noma’lum daraksiz yo’q hisoblangan; Ishga yaroqsiz; Jazoni ijro etish muassasalarida jazo olayotgan; Jinoyat qilganlikda ayblangan va qamoqga olingan; Ota-ona qarovsiz qolgan bolalar ta’lim va tarbiyada alohida ehtiyoji bor bolalar qatoriga kiradi. Chunki ularning yashash tarzi atrofdagilarga munosabati umumiy rivojlanish me’yorlari va psixologik holati me’yordan boshqacha bo’ladi. Aynan mana shunday turfaliklar Mehribonlik uylarida ta’lim-tarbiyaning boshqa ta’lim muassasalaridan farqli tarzda taskil Mehribonlik uylarida tashkil etiluvchi Pedagogik jarayon o’z mazmuni va vazifalariga ko’ra “Ijtimoiy pedagogik faoliyat” deb nomlanadi. Quyidagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmunini keltiramiz etilishini taqoza etadi. Mehribonlik uylarida tashkil etiluvchi Pedagogik jarayon o’z mazmuni va vazifalariga ko’ra “Ijtimoiy pedagogik faoliyat” deb nomlanadi. Quyidagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmunini keltiramiz. Ijtimoiy pedagogik faoliyat tashkil etulganiga qadar Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilar xulq- atvorida quyidagi me'yordan chetlanishlar uchrab turadi: -Qaysarlik va o’jarlik; -Egoizm; -Yolg’onchilik; -Maqsadsiz (bugungu kunni o’tishini o’ylab, ertangi kun uchun reja tuzmaydi;) -O’z kelajagini o’ylamaydi; -Atrofdagilariga nisbatan qo’pol munosabaat; -Muloqotda ximoya pozitsiyasini qo’llsh; -Dangasa va loqaydlik; Sanab o’tilgan salbiy sifatlarni bartaraf etish uchun ijtimoiy Pedagogik faoliyat turli yo’nalishlarni bo’yicha vazifalarni amalga oshiradi. Ma’lumki mehribonlik uylari tarbiyachilari ham ijtimoiy gedagogik faoliyat ning bevosita ishtirokchisidir. Chunki ularning lavozim majburiyatlari sirasi tarbiyalanuvchilarni mustaqil xayotga moslashtirish uchun turli tarbiya usullari va vositalaridan foydalanish talabi kiritiladi. Yoshlarning mustaqi xayotga moslashuvi esa ijtimoiy ko’nikma va malakalarga asoslanadi. Ijtimoiy ko’nikma maalakalar muassasada tashkil etiluvchi tarbiyaviy ishlar jarayonida samarali shakllantiriladi. Buning uchun tarbiyachi ijtimoiy ko’nikma va malakalarning moxiyatini bilishni talab etiladi. Biz quyida tarbiyachilar uchun zarur bo’lgan ijtimoiy Pedagogik faoliyat turlariga oid vazifalarni sanab o’tamiz: Diagnostika-ushbu vazifa mazmuni tarbiyalanuvchilarning xulq- atvoridagi me'yordan chetga chiqishlar, psixologik zo’riqishlar bezovtalanish kabi holatlarning sabablarini amaliy taxlil qilib, tegishli xulosasini psixologga yetkazadi. Psixolog bilan xamkorlikda tashxis qo’yilib, keying bosqich ijtimoiy gedagogik ish rejasini tuzishga xizmat qiladigan ma’lumotlarni to’playdi. Bunda asosan bola yashaydigan uzoq muddat bo’ladigan mikromuhit (oila, qarindoshlar, tug’ilgandan buyn yashagan joyi….) xususiyati va tarkibi o’rganiladi. Asosaan ushbu muhitda kimlar bilan muloqotda bo’lgani, o’sha joydagi insonlarning shug’ullanadigan ishlari, maqsad va vazifalari, kelajak rejalarini tuzish ko’nikmallariga egaligi, ma’naviy va moddiy jihatlari taxlil qilinadi. Taxlil qilish yo’llari- bevosita bola bilan suhbat, savol-javob orqali o’rganish, maxsus maqsadli anketalar bilan tuzib uning bola tomonidan to’ldirilishini, o’sha muhitdan xabardor insonlarning mulohazalarini to’plash, tegishli tashkilotlarningmutahasislari bilan olib boriladigan Pedagogik psixologik ishlarni tashkil etish. Barcha ma’lumotlarni qiyosiy tahlil natijasida tegishli xulosalar chiqariladi. Taxmin qilish- ushbu vazifasini mazmuni quyidagicha tasniflanadi. Boladagi o’zgarishlarni sabablari taxmin qilinadi. Xulq-atvoridagi chetlanishlarning bartaraf etilishini usul va yo’llari taxmin belgilanadi. Tarbiyachi asosida psixolog bilan birga ish olib boradi- natijada to’g’ri qilingan taxminlar va o’zini oqladi deb hisoblanadi. Shu tarzda ish olib borish orqali tarbiyachilar xulq-atvoridagi chetlanishlar ustida ishlash bo’yicha tajribalar bankin yaratiladi. Shuning uchun tarbiyachilarga har bir bola bilan ishlashda alohida daftar yuritish tavshiya etiladi. To’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida al’ternativ vaziyatlar ustida olib borilgan tajribalarni kelib chiqib, ijtimoiy Pedagogik tuzatish ishlari uchun yondoshuvlar taxmin asosida alternativ vaziyatlar ustida olib borilgan tajribalardan kelib chiqib ijtimoiy Pedagogik tuzatish ishlari uchun yondashuvlar taxmin asosida tanlanadi. Ta’lim-tarbiyaviy- Tanlangan usul va vositalar asosida ta’lim tarbiya jarayoni amalga oshiriladi. Mehribonlik uylarida ta’lim jarayoni bolalarning fanlar bo’yicha bilim ko’nikma va malakalarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Jumladan fan to’garaklari, intelellektual tadbirlar, mushoiralar, sinfdan tashqari o’qishlar, uyga vazifa tayyorlash mashg’ulotlarinimisol qilib keltirish mumkin. Mehribonlik uylarida ta’limga yondosh jarayon sifatida tarbiya ham amalga oshiriladi. Biroq Mehribonlik uylarida tarbiyaviy ahamiyatga ustuvor tadbirlar ta’limiy tadbirlar nisbatan ko’proq o’tkaziladi.tadbirlar har bir tadbirlarning senareysini ishlab chiqadi. Bu bilan ular senariy banki yaratiladi.Tadbirlar faoliyati reyting mezonlarida har bir bayram sansiga doir bir qancha senariylar, fotolavxalar va turli dekaratsiyalarga ega bo’lish talabi mavjud. Huquqni himoya qilish-Tarbiyachilar ushbu faoliyat asosida: Tarbiyalanuvchilarning huquqiy himoya qiladi. Huquq va burchlar mohiyatini tushuntirish ishlarini olib boradi. Tarbiyalanuvchi davlat tomonidan o’rnatilgan tartiblar doirasida harakatlanishga o’rgatiladi. Tarbiyalanuvchilarda huquqiy madaniyatining shakillanishiga doir tadbirlarni tashkil etadi. Natijada bolalar mustaqil xayot ostonasida tug’ilishi lozim bo’ladigan turli huquqiy savollarga o’rinli o’rinli va qulay to’g’ri javob toppish ko’nikmalar tarkib. Tarbiyachining ushbu vazifasi yurist bilan hamkorlikka tayanadi. Tashkilotchilik- mazkur faoliyat tarbiyalanuvchilar jamoasini tashkil qilish, ular o’rtasida do’stona qarindoshlik rishtalarini uyg’otish, ta’lim tarbiya jarayonini pedagogik-psixologik jihatdan tashkil etishni o’z ichiga oladi. Tashkilotchilik qobilyat Mehribonlik uylari tarbiyachilar uchun zaruriy pedagogik mezon bo’lib, tarbiyachi faoliyatining turli jabhalarida namoyon bo’ladi. Masalan, tadbirlar, uchrashuvlar, musobaqalar, sport estafedalar, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar va boshqalarning rejasini tuzishi, vaqtning belgilanishi, joyining tanlanishi, ishtirokchilarni jarayon tayyorlashi, kerakli jihoz va vositalarni tanlay bilishi va boshqalar. Sanab o’tilgan ijtimoiy Pedagogik faoliyat yo’nalishlarining mazmuni, shakl va vositalarni zamon bilan xamhafas tarzda takomillashtiruvini talab etadi. Tarbiyachining samarali faoliyati muassasadagi hamkorligining maqsadli olib borilishiga asoslanadi. Muassasada psixologik, tarbiyachi, ijtimoiy-pedagogik, yuristning hamkorligi tarbiyalanuvchilarni kelajagini huquqiy jihatdan taminlash va psixologik jihatdan qo’llab quvvatlashga qaratilgan bo’lmog’I lozim. Mehribonlik uyi tarbiyachisi faoliyatiga quyidagi talablar qo’yiladi: Pedagogik ma’lumotga ega bo’lishi; Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisining psixologik xususiyatini bilish; Ijtimoiy psixologiya metodlarini amaliyotda qo’llay olish; Maktablarda o’qitiladigan fanlarning umumiy masalalarini bilish; AKT dan foydalanish; Ish xujjatlarini yurita olish; Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish malakasiga ega bo’lish; Xiobatlar va turli mazmundagi taqdimotlarni yartish va amalga oshirish; O’zi haqida portfolio tayyorlash va o’z o’zini hamayon eta olish; Hamkorlikda ishlash va ish yuritish qoidalarini bilish; Oilalar bilan ishlashni samarali usul va yo’llarini bilish. Interfaol usullar va ulardan tarbiya jarayonida foydlana olish; Tarbiyalanuvchining ijtimoillashuviga ta’sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kiradi. Muhit Axborot manbalari Tengdoshlari Qiziqishlari Maddiy va ma’naviy ehtiyojlar Atrofdagilar bilan muloqat o’rnatish imkoniyati Sotsnum (yaqin muhit) – bola ijtimoiylashuvi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta sekin o’zlashtiradi. Bola hayotining dastlabki davri qayerda o’tgan bo’lsa shu yer muhitining ta’sirida shakillanadi. So’ng hayoti qayerda tashkil qilinsa, o’sha muhit xususan, Mehribonlik uyi talablarini o’zlashtiradi va ularga moslashtiradi. Yosh o’tgan sari bola tomonidan o’zlashtirilgan ijtimoiy huhit “hududi” toboro kengayib boradi, ya’ni nafaqat Mehribonlik uyi, balki maktab, makdabdan tashqari ta’lim turli tadbirlar, jarayoni tashkil etilgan jamoat tashkilotlari, orttirgan o’rtoqlari davrasidamuhitlarida bo’ladi. Ma’lumki, muhit bu o’ziga mos munosabat va qoidalar tizimiga ega bo’lgan turli xil insonlar birligidir. Bola ham shu muhitga turli insonlar bilan birga yashab, ta’lim olishi jarayonida o’zining “Men” konsepsiyasini yaratadi. O’zining “Men” iga ega inson muhitga ham muayyan tasirini bergan holda nimanidir o’zlashtirishga harkat qiladi. Aynan manashu jarayon qarama qarshiliklar jarayoni bo’lib insanni mustaqil hayotiy pozetsiyasiga ega bo’lishiga undaydi. Tarbiyachi bolalarga har bir muhitdan hafaqat “yashab qolish”, balki yaxshi yashash qoidalarini o’rgatadi. Bunda tarbiyachilar kasbiy kompedentsiyasi muhim omil hisoblanadi. Komponentsiya- tarbiyachining o’z sohasi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisidir. Download 52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling