Ota-onalik huquqidan mahrum qilish
Download 60.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Last edited 7 years ago by CoderSIBot
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish Ota-onalik huquqidan mahrum qilish — oila huquqi sohasi. Oʻzbekiston Respublikasi OK ga koʻra, quyidagi hollarda ota-ona (yoki ulardan biri) ota- onalik huquqidan maxrum qilinishi mumkin: ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan, aliment toʻlashdan boʻyin tovlasa; uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻruqxona yoki boshqa davolash mu-assasasidan, tarbiya, aholini ijtimo-iy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa; ota-onalik huquqini sui isteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlsa, jumladan, jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼ-sir koʻrsatsa; muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsa; oʻz bolalarining qayoti yoki sogʻligʻiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi qasddan jinoyat qilgan boʻlsa. O.-o.h.m.q. ota (ona)ning yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning , prokurorning , vasiylik va homiylik orga- nining , voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyalar hamda bosh-qa muassasalarning talabi bilan sud tar-tibida amalga oshiriladi. Bolani bo-shqa ota-onaga berishning imkoni boʻlmagan taqdirda, bola vasiylik va homiylik organining qaramogʻiga olib boriladi. Ota-ona qaysi bolaga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa, shu bolaga nisbatan boʻlgan qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlardan, shu jumladan, undan taʼminot olish, shuningdek, bolali fuqarolar uchun qonun xujjalarida belgilangan imtiyozlar va nafa-qalar olish huquqlaridan maxrum boʻladi. Otaonalik
huquqidan mahrum qili-nish otaonani oʻz bolasiga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilmaydi. Shoira Yoʻldosheva. [1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000- yil Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Manbalar
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Last edited 7 years ago by CoderSIBot Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
" https://uz.wikipedia.org/w/index .php?title=Ota- onalik_huquqidan_mahrum_qilish&ol did=1445252 " dan olindi Download 60.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling