Mehrli bo‘lish haqida


Download 16.89 Kb.
Sana25.08.2023
Hajmi16.89 Kb.
#1670354
Bog'liq
buvim


Mehrli bo‘lish haqida
Siz o‘rta bo‘yli, qariyb sakson yoshlardagi, mehribon chehrali, yuzlarini ajin bosgan, nigohi tiniq va aqlli, ovozi pastroq,nutqi ravon, sekin yuradigan kampir tasavvur qiling. Tasavvur qildingizmi? Juda soz! Bu mening sevimli buvim! Buvim menga olis bolaligi, hayoti, turli hikoya va ertaklari haqida tez-tez gapirib beradi, umuman olganda, u juda qiziq hikoyachi. Men buvim bilan uxlashni juda yaxshi ko'raman. Uxlashga yotishimiz bilan buvimdan bir narsa aytib berishini iltimos qilaman va har tunni buvim bilan o'tkazganimda, bu yana bir bor sodir bo'ladi. Mana , navbatdagi ertak: 
Bizning zamonamizda, bir qishloqda Aziz, Aziza ismli bolalar yashardi. Ular ota-onalariga har ishda yordam berishardi. O‘tin arralashmi, pichan o‘rishmi, suv tashishmi, hammasi ularning qo’lidan kelardi. Bir kuni mahalladagi bolalar bilan o’ynab yurishganda ularning uyiga rus oila keldi. Qishloqda katta qurilish bo’layotgani uchun ular ko’chib kelishgandi. Rus oilasining Zina ismli qizi bor edi. Zina Aziz va Aziza bilan yaqindan do’stlashib oldi. To‘g’ri, Aziz va Aziza rus tilini unchalik bilishmasdi, lekin baribir tushunishib gapirishga harakat qilishardi. Zina ularga rasmli kitob sovg‘a qildi. Aziz va Azizaning quvonchdan ko’zlari yashnab ketdi.
Bir kuni do‘stlashib olgan bolalar qishloq tabiatiga sayrga chiqdi. Atrof go‘zal, qushlar sayrasi, arilarning g‘unqillashi kishi dilini yayaratadi. Bu go'zal, kichkina o’zbek qishlog'ida shunchalik ko'p bog'lar bor ediki, barchasi bitta katta bog'ga o'xshardi. Bahor fasli bo’lgani uchun daraxtlar gullab-yashnab, xushbo'y hid taratardi, shoxlaridagi zich yashillikda ko'plab qushlar uchib, atrofni jarangdor qo'shiqlar va quvnoq chiyillashlar bilan o‘zlariga rom qilishdi.
Ammo ba'zi yovuz bolalar olomonga to'planib, qushning uyalarini buzib tashlashganini Aziz ko’rib qolibdi. Buzilgan uyadan polapon tushib onasiga talpinar, ona qush esa bolalardan yordam so‘ragandek tinimsiz chirillardi. Aziza polaponni qo‘liga olibdi, Zina bilan Aziz yugurib borib Narvon olib kelib, daraxt shoxlari orasidagi uyani qayta tiklab polaponni uyaga olib qo‘iyshibdi. Buni sabrsizlik bilan kuzatib turgan ona zag‘izg‘on minnatdorchilik sifatida shoxdan shoxga qo’nib sayrab qolibdi.
Bilib qo‘yki, biz odamlar dunyodagi eng aqlli, ongli mavjudotmiz. Atrofdagi boshqa mavjudotlarga mehrli bo‘lish vazifamiz.
Bolalar uchun. Djurayev Rasuljon
Download 16.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling