Mein Lebenslauf


Download 462.5 Kb.
bet1/11
Sana28.12.2022
Hajmi462.5 Kb.
#1018580
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Uslubiy ishanma 2022 (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI


ANDIJON AKADEMIK LITSEYI “TILLARNI O’RGANISH”
KAFEDRASI NEMIS TILI FANI O’QITUVCHISI
BOZOROVA GULMIRAXON MAXAMADALIYEVNA



DAS
SUBSTANTIV


NEMIS TILI FANIDAN


USLUBIY ISHLANMA




Andijon-2022


Nemis tili fanidan uslubiy ishlanma. – Ichki ishlar vazirligi Andijon akademik litsey .2022. bet.


Ushbu uslubiy ishlanma akademik litseylarning barcha yo'nalish o’quvchilari II-xorijiy til(nemis tili) fanini o'rganishlari uchun mo‘ljallangan. Ushbu uslubiy ishlanmadan mustaqil nemis tilini o’rganuvchilar ham foydalanishlari mumkin.


Taqrizchi: Andijon davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi nemis tili fani o’qituvchisi dotsent A.H.Qodirov

Uslubiy ishlanma IIV Andijon akademik litsey “Tillarni o’rganish’’kafedrasida 20___yilning_______№___ sonli majlisida muhokama qilindi, hamda 20___yil______________№___ majlis bayonnomasi bilan ma’qullandi va chop etishga ruxsat etildi.
IIV Andijon akademik litseyi
nemis tili fani o’qituvchisi G. Bozorovaning
Das Substantiv” nomli uslubiy ishlanmasiga


TAQRIZ
XXI asrda yosh mustaqil Respublikamiz ko’pgina rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ilmiy aloqalarni tiklab, ularni mustahkamlayotgan ayni bir damda har tomonlama barkamol yosh avlodni tarbiyalash davlatimiz o’z oldiga qo’ygan asosiy ezgu maqsadlardan biridir. Bu maqsadni ro’yobga chiqarishda esa chet tillarni o’rgatish o’ziga xos muhim ahamiyatga ega. Zero, til bilmoq - el bilmoq.
Hozirgi kunda mamlakatimizda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun hamda Yangi O’zbekiston va Uchinchi Renessans davri talablariga asosan chet tillarni o’rganishni to’g’ri yo’lga qo’yish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Bundan kelib chiqib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda o’quvchi yoshlar va talabalarni o’qitishni jadallashtirish, uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarini faol o’rgatish uchun zarur sharoit yaratish, ularni o’rgatishning jadallashtirilgan uslublarini joriy etish talab etilmoqda.
Muallif mazkur uslubiy ishlanmani akademik litsey barcha yo’nalishlari o’quvchilari uchun II-xorijiy til (nemis tili) fanini o’rganishlari uchun tayyorlagan. O’qituvchi G. Bozorova tomonidan tayyorlangan uslubiy ishlanma namunaviy dastur asosida tuzilgan bo’lib, muallifning mavzuga doir bir qator adabiyotlarni o’rganganligi ma’lum bo’ldi. Ushbu uslubiy ishlanma o’quvchi yoshlar va talabalarga mos ravishda ma’lumot bera oladi deb ishonaman. Ushbu uslubiy ishlanma akademik litseylarda qo’shimcha manba sifatida foydalanish mumkin deb hisoblayman va chop etishga tavsiya beraman.



Download 462.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling