Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №43-4
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ОИНВ21ВЕКЕ. Октябрь 2023. 43-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
Название публикации: «DAVLAT TILI VA UNING O’QITILISHI»
Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat tilimizning tarixi va rivojlanishi, hozirgi kunda unga bo’lgan e’tibor, hamda amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida atroflicha fikr yuritiladi. Kalit so’zlar: Davlat tili, o’zbek tili, “Davlat tili haqida”gi qonun, Konstitutsiya, darsliklar, ensiklopediya, qo’llanmalar, yozuvchi, istiqollik yillarida, mustaqillik. Xalqimizning ko’p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin hamda bebaho mahsuli bo’lgan o’zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biri hisoblanadi. Buning natijasi o’laroq qadimgi zamon tarixidan boshlab, to XIX asrgacha yaratilgan kitoblar va adabiy asarlarda ko’rishimiz mumkin. Lekin O’zbekistonda sho’rolar hukmronligi paytida davlat tili haqida umuman gapirish ham mumkin bo’lmagan, aksincha o’zbek tilining ijtimoiy hayotda qo’llanilishi tobora cheklanib qolgandi. Rus tili davlat tili bo’lib, jahon tillari qatoriga kiritildi. Ayni o’sha paytlarda, 1989-yil 21-oktabrda, O’zbekiston hali o‘z mustaqilligini qo’lga kiritmay turib ajdodlarimiz uzoq yillar orzu qilib, intilib va kurashib kelgan Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti sari qo’yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ushbu tarixiy hujjatga ko’ra o’zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo’ldi. Istiqlol yillarida o’zbek tili tom ma'noda davlat tili maqomiga erishib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mamlakatda davlat tili o’zbek tilidir, deb qat'iy belgilab qo’yilgan. Aynan mazkur konstitutsiyaviy tamoyilning amalda ta'minlanayotganini so’nggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlari misolida 76 ham yaqqol ko’rish mumkin. Xususan, bu borada davlat va hukumat tomonidan qator amaliy sa'y-harakatlar qilinmoqda. Xususan, joriy yil 10-apreldan kuchga kirgan qonun bilan 21-oktyabr - O’zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. Undan avvalroq esa, mamlakat Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul qilinganining o’ttiz yilligini keng nishonlash to’g’risida”gi qaroriga asosan, mazkur sana munosabati bilan o’tkaziladigan ommaviy ma'naviy-ma'rifiy chora-tadbirlar tasdiqlandi va izchil amalga oshirildi. Bunda dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo’lgan o’zbek tili xalqimiz uchun milliy o’zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotida g’oyat muhim o’rin egallab kelayotgan buyuk qadriyat ekanligiga alohida e'tibor berildi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go’zalligi va jozibasini to’la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosida rivojlantirish borasida hamkeng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya hamda lug’atlar, darsliklar, o’quv qo’llanmalari chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so’z va so’z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo’llanadigan so’zlarni o’z ichiga olgan besh jildlik “O’zbek tilining izohli lug’ati” bu borada amalga oshirilgan ishlarning eng muhimlaridandir. Milliy tilimizga, ona tilimizga bo‘lgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur” (M.Behbudiy). Eʼtibor beryapsizmi, milliy tilni yo‘qotmak millat tilini yo‘qotmakka qiyoslanmoqda. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so‘zlarning zalvori ikki hissa ortadi. 77 Til – millat ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasidir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov bejizga ona tilimizni: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir” deya eʼtirof qilmagan. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar. Yozuvchi va shoirlarimiz tilimiz haqida ko‘plab purmaʼno hikmatli so‘zlarni aytganlar va tilni turlicha taʼriflaganlar. Abdulla Oripov o‘zbek tili yo‘qolsa, to‘tiga aylanib qolishini, Erkin Vohidov ona tilimiz o‘lmasligini bot-bot taʼkidlaydi. Rasul Hamzatov esa ona tilisi yo‘qolsa, hatto o‘limga ham rozi ekanligini qalamga oladi. Ona tilimiz hisoblanmish o‘zbek tilini maqtab, uni madh etib, hattoki shu mavzuda qasidalar yozib, qalam tebratgan shoir-u shoiralarimiz nihoyatda bisyor. Masalan, qalami o‘tkir shoir Rauf Parfining: Hayhot, toptaganda arab-u mo‘g‘ul, Hayotingning zanjirli yili. Boshdan ne kechirding mardona o‘g‘il, O‘zbek tili, o‘zbek tili, – deya aytilgan yuqoridagi sheʼrida yurtimizni ko‘chmanchilar istilo qilganda ham, garchi bosib olib, o‘z tili, mafkurasini o‘rnatishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, o‘zbek millati o‘zining eng qimmatli boyligi, yaʼni ona tilisini yo‘qotmaganligi aks etgan. Yoki shu voqealarning davomi sifatida Xurshid Davronning quyidagi sheʼrini keltirishimiz mumkin: Kelib ketdi necha dunyolar, Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim. Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar, Ular ketdi, sen qolding, tilim. Xulosa qilib ayganda, Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, o‘zbek tilining shon-shuhrati, obro‘si borgan sari yildan yilga oshib bormoqda. Sport, fan, madaniyat va sanʼat sohasida O‘zbekiston yoshlarining saʼy-harakatlari beqiyosdir. Yurt kelajagi bo‘lgan biz yosh avlod o‘z 78 harakatlarimiz bilan o‘zbek tilini butun dunyo tan olishi, uning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shishimiz lozim. Shu jumladan, O‘zbekiston yoshlari qatorida men ham ona tilimiz sofligini saqlash, uni yana-da yuksaltirishga o‘z hissamni qo‘shish uchun astoydil harakat qilaman. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling