Madaniy aloqalar
Download 1.56 Mb.
|
1 2
Bog'liqISMAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkentdagi Hind madaniyat markazi direktori, professor Chander Shekxarning
REFERAT MAVZU:O’ZBEKISTON VA HINDISTON ORTASIDAGI MADANIY ALOQALAR TAYORLADI:Raximjonov Ismatilla MAVZU:O’ZBEKISTON VA HINDISTON ORTASIDAGI MADANIY ALOQALAR O‘zbekiston va Hindistonni ko‘p asrlik boy madaniy rishtalar bog‘lab turadi. So‘nggi yillarda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ushbu munosabatlar sifat jihatidan yangi mazmunni kasb etmoqda. Davlatlarimiz rahbarlari barcha sohalardagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishga katta eʼtibor bermoqda. Xususan, 1995 yil Toshkent shahrida Hind madaniyat markazining ochilishi bilan o‘zaro madaniy aloqalarni mustahkamlashda yangi sahifa ochildi. Ushbu maskanga do‘st davlat tarixidagi ikkinchi Bosh vazir Laʼl Bahodir Shastri nomi berilgan. 2020 yil oktyabr oyida madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligi nishonlandi. Markaz Hindiston madaniy aloqalar kengashi (ICCR) tizimida faoliyat yuritmoqda. Madaniy aloqalar O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi strategik munosabatlarning muhim qismi hisoblanadi. Ushbu mazmundagi hamkorlik Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 2015 va 2016 yillarda O‘zbekistonga va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 va 2019 yillarda Hindistonga amalga oshirgan tashriflari natijasida izchil rivoj topmoqda. Toshkentdagi Hind madaniyat markazi direktori, professor Chander Shekxarning so‘zlariga ko‘ra, markazning asosiy faoliyati o‘zaro madaniy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, ICCR tomonidan ajratilayotgan stipendiyalar vositasida o‘zbek yoshlariga zamonaviy bilim va taʼlim olishga yordam berishga yo‘naltirilgan. Markaz har yili o‘zbekistonlik talabalarga Hindistonning yetakchi taʼlim muassasalarida texnik va gumanitar mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qish uchun 25 ta stipendiya taqdim etadi. Markazda, shuningdek, til kurslari tashkil etilgan, raqs, musiqa, yoga, hind musiqa asboblarida ijro etish saboqlari berilmoqda. Darslar hind va o‘zbek o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, mashg‘ulotlar onlayn tarzda o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonda birinchi marta hind tilini tizimli tarzda o‘qitish 47 yil avval Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU)da boshlangan. Bugun oliy taʼlim maskanining Maxatma Gandi nomidagi Indologiya markazida talabalar hind, urdu, bengal va tamil tillarini o‘rganmoqda. Laʼl Bahodir Shastri nomidagi hind madaniyat markazi ko‘magida 2019 yil may oyida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Haydaroboddagi Mavlono Ozod nomidagi Milliy urdu universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi. Ushbu hujjat ijrosi doirasida professor Muhayyo Abdurahmonova hind universitetiga dars berish uchun taklif qilindi. 2020 yil Hind madaniyat markazi TDSHU tomonidan Hindistonning Urdu tilini targ‘ib qilish bo‘yicha milliy kengash, Taʼlim vazirligi tashkiloti va Jamiya Milliya Islomiya universiteti bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandumlar imzolanishiga ko‘maklashdi. Madaniyat markazi, shuningdek, Buxoro davlat universiteti, TDSHU va Samarqand davlat universitetlari talabalariga ingliz va hind tillari, tarix va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha onlayn shaklda taʼlim olish imkoniyatini ham taqdim etdi. Hind madaniyat markazi O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining ilmiy risolalarini nashr etish bo‘yicha faoliyatini ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, yaqinda professorlar Tamara Xo‘jayeva va Ulfat Muhibova tomonidan tayyorlangan «Hind tillari adabiyotining qisqacha tarixi» kitobi nashr etildi. Shuningdek, turli festivallar, hind filmlari namoyishlari, ko‘rgazmalar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. 2019 yil yanvar oyida Toshkent Fotosuratlar uyi va Samarqand davlat universitetida Hindiston yodgorliklari ko‘rgazmasi tashkil etildi. O‘sha yil oktyabr oyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda Mahatma Gandi xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazildi. 2020 yil oktyabr oyida Madaniyat markazida uch nafar rassom, Muxtor Ashrafiy nomidagi sanʼat kolleji o‘qituvchilari tomonidan hind mavzusida chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi katta qiziqish uyg‘otdi. Hind madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan joriy yil 26 oktyabrdan 2 noyabrgacha Badiiy akademiya raisi Akmal Nuriddinov rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirni Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabhat ochdi. ICCR taʼlim sohasida stipendiyalar ajratishdan tashqari o‘zbekistonlik olimlarni madaniy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha turli dasturlar doirasida mukofotlar bilan muntazam ravishda taqdirlab kelmoqda. Xususan, Samarqand davlat universiteti prorektori, professor Muxtor Nosirov 2019 yil oktyabr oyida «Katta ilmiy xodim» dasturi bo‘yicha “ICCR katta ilmiy xodimi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Ayni paytda Hind madaniyat markazi mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida hindshunoslik bo‘yicha o‘quv xonalari tashkil qilish loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Hozir bunday xonalar Samarqand va Buxoro davlat universitetlarida faoliyat yuritmoqda. O‘quv xonalari raqamli doskalar, turli adabiytlar, musiqa asboblari, tegishli dasturiy taʼminot, elektron kitoblar va mebel bilan jihozlangan. Shuningdek, O‘zbekiston universitetlari Hindistonning turli oliy taʼlim maskanlari, xususan, Dehli shahridagi Ramanujam kolleji, Dehli universiteti, Jamiya Milliya Islomiya universiteti, Javaharlal Neru universiteti bilan onlayn ravishda hamkorlik qilib kelmoqda. Hind madaniyat markazi O‘zbekistonda har yili o‘tkaziladigan muhim madaniy tadbirlar, jumladan, baxshichilik va maqom sanʼati, «Raqs sehri», «Ipak yo‘li» xalqaro festivallarida faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, «O‘zbekiston merosi» loyihasi tomonidan 2019 yil avgust va 2020 yil fevral oylarida Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalarda hind olimlarining ishtirok etishiga yordam ko‘rsatildi. Hindiston Milliy muzeyi, Rampur Raza kutubxonasi, Xudo Baxsh Sharq kutubxonasida saqlanadigan materiallar asosida «Hindistonda O‘zbekiston merosining izlari» nomli maxsus jild tayyorlandi. «Hind madaniyat markazi Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi azaliy taʼlim va madaniy aloqalarni tiklashga intilmoqda. Bunda Hindikush va Pomir tog‘ tizmalari to‘siq emas, balki ko‘prik vazifasini bajarmoqda», - deydi professor Chander Shekxar.
|
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling