Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №24 (том 4)


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana25.02.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1230711
TuriСборник
1   2   3   4   5
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Март 2022. Том 4 Shodmonov F.

ФИО автораShodmonov Furqat Abdimumin o’g’li 
Samarqand davlat universitetining Kattaqo’rg’on filiali 
Название 
публикации: 
«KATTAQO’RG’ON 
TUMAN 
MAISHIY 
CHIQINDILARNI 
UTILIZATSIYALASH 
VA 
ULARDAN 
QAYTA 
FOYDALANISH» 
Annotatsiya: Maqolada hozirgi kundagi global ekologik muammo hisoblangan 
maishiy chiqindilarning hosil bo’lishi hamda ularni qatya ishlashga tavsiyalar mavjud 
bo’lib, Kattaqo’tg’on tumanidagi holati to’g’risida qisqacha ma’lumotlar berilgan. 
Tumanda chiqindilarni saralash hamda qayta ishlash tadbirkorlar uchun ham foyda 
hisoblanadi. Utilizatsiya qiladigan tashkilot va korxonalarni ko’paytirish chora 
tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Kalit so’zlar: Maishiy chiqindi, saralash, qayta ishlash (utilizatsiya), chiqindi 
turlari, ekologik muammo, chiqindi poligoni. 
 
Kirish: Aholining ko’payishi va oziq-ovqat mahsulotlariga talab ortishi bilan, 
ulardan chiqadigan chiqindi miqdorlari ham sezilarli darajada ortib bormoqda. Natijada 
ko’p qavatli turar joylar atrofidagi chiqindilarni tartibsiz tashlash yuzaga kelmoqda. 
Buning oqibatida shahar chiroyiga va uning havosiga juda katta salbiy ta’sirlar vujudga 
kelmoqda. Bu holatlarning oldini olish uchun chiqindixonalarning holatini yaxshilash 
va chiqindilarni saralab yig’ish bo’yicha ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Buning uchun aholi zich joylashgan hududlarga saralab yig’ish uchun 
mo’ljallangan, turli xil rangdagi chiqindi qutilarini (ularga qaysi turdagi chiqindi 
tashlanishini yozgan holda) o’rnatish kerak. Bu esa kelajakda tadbirkorlar va qayta 
ishlash uchun tayyor saralangan ikkilamchi mahsulotni yetkazib berishni ta’minlaydi. 
Qayta ishlovchi korxonalar chqindi tarkibidagi o’zlari uchun kerakli bo’lgan 
mahsulotlarni ajratib olish uchun ma’lum bir vaqt hamda mablag’ yo’qotmoqdalar. 
Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun aholi vakillari va mahallalarda smenar 
treninglar tashkil qilish, kerak bo’lganda tadbirkor bilan birgalikda ishlashni tashkil 
qilish ikkala tomon uchun ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Chiqindilarni maxsus belgilangan joy va idishlarga tashmaslik holatlari ham 
ko’plab uchramoqda. Bunga asosiy sabab oiladagi yoshi kattalarning mas’uliyatsizligi 
va chiqindilarni tashlash uchun yosh bolalarni yuborishi hisoblanadi. Shunday ekan 
aholi orasida ekologik madaniyatni rivojlantirish muhim o’rinni egallaydi va buning
uchun birinchi navbatda mahalla bu haqda fuqarolarga tushuncha va ko’nikmalar 
berishi kerak.


161 
Tumandagi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish xodimlarining asosiy 
ishi faqat xonadonlardan chiqindi uchun to’lovlarni yig’ish bo’lib qolmoqda. Bu bilan 
tuman ekologik boshqarmasi ishlamayapti deyishdan yiroqman. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling