Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №24 (том 4)
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
ОИНВ21ВЕКЕ. Март 2022. Том 4 Shodmonov F.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so’zlar
ФИО автора: Shodmonov Furqat Abdimumin o’g’li
Samarqand davlat universitetining Kattaqo’rg’on filiali Название публикации: «KATTAQO’RG’ON TUMAN MAISHIY CHIQINDILARNI UTILIZATSIYALASH VA ULARDAN QAYTA FOYDALANISH» Annotatsiya: Maqolada hozirgi kundagi global ekologik muammo hisoblangan maishiy chiqindilarning hosil bo’lishi hamda ularni qatya ishlashga tavsiyalar mavjud bo’lib, Kattaqo’tg’on tumanidagi holati to’g’risida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Tumanda chiqindilarni saralash hamda qayta ishlash tadbirkorlar uchun ham foyda hisoblanadi. Utilizatsiya qiladigan tashkilot va korxonalarni ko’paytirish chora tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so’zlar: Maishiy chiqindi, saralash, qayta ishlash (utilizatsiya), chiqindi turlari, ekologik muammo, chiqindi poligoni. Kirish: Aholining ko’payishi va oziq-ovqat mahsulotlariga talab ortishi bilan, ulardan chiqadigan chiqindi miqdorlari ham sezilarli darajada ortib bormoqda. Natijada ko’p qavatli turar joylar atrofidagi chiqindilarni tartibsiz tashlash yuzaga kelmoqda. Buning oqibatida shahar chiroyiga va uning havosiga juda katta salbiy ta’sirlar vujudga kelmoqda. Bu holatlarning oldini olish uchun chiqindixonalarning holatini yaxshilash va chiqindilarni saralab yig’ish bo’yicha ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Buning uchun aholi zich joylashgan hududlarga saralab yig’ish uchun mo’ljallangan, turli xil rangdagi chiqindi qutilarini (ularga qaysi turdagi chiqindi tashlanishini yozgan holda) o’rnatish kerak. Bu esa kelajakda tadbirkorlar va qayta ishlash uchun tayyor saralangan ikkilamchi mahsulotni yetkazib berishni ta’minlaydi. Qayta ishlovchi korxonalar chqindi tarkibidagi o’zlari uchun kerakli bo’lgan mahsulotlarni ajratib olish uchun ma’lum bir vaqt hamda mablag’ yo’qotmoqdalar. Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun aholi vakillari va mahallalarda smenar treninglar tashkil qilish, kerak bo’lganda tadbirkor bilan birgalikda ishlashni tashkil qilish ikkala tomon uchun ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chiqindilarni maxsus belgilangan joy va idishlarga tashmaslik holatlari ham ko’plab uchramoqda. Bunga asosiy sabab oiladagi yoshi kattalarning mas’uliyatsizligi va chiqindilarni tashlash uchun yosh bolalarni yuborishi hisoblanadi. Shunday ekan aholi orasida ekologik madaniyatni rivojlantirish muhim o’rinni egallaydi va buning uchun birinchi navbatda mahalla bu haqda fuqarolarga tushuncha va ko’nikmalar berishi kerak. 161 Tumandagi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish xodimlarining asosiy ishi faqat xonadonlardan chiqindi uchun to’lovlarni yig’ish bo’lib qolmoqda. Bu bilan tuman ekologik boshqarmasi ishlamayapti deyishdan yiroqman. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling