Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №24 (том 4)
Qattiq mayishiy chiqindilarning o`rtacha morfologik tarkibi
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
ОИНВ21ВЕКЕ. Март 2022. Том 4 Shodmonov F.
Qattiq mayishiy chiqindilarning o`rtacha morfologik tarkibi
№ Fraksiyalar O`rtacha yillik massasi.% 1 Qog`oz 18,9 2 Oziq ovqat chiqindilari 38,4 3 Daraxt 4,9 4 Metall 3,4 5 Gazlama chiqindilari 3,9 6 Rezina va teri chiqindilari 0,8 7 Oyna 3,7 8 Toshlar 8,9 9 Xokazo qismlar 17,1 Jami: 100 Axlat va chiqindilar faqatgina turli infeksion va invazion – gijja kasalliklarni keltirib chiqarib qolmay, ular odamlarda hazm qilish, ko‘ngil aynish holatini keltirib chiqaradi. Kattaqo’rg’on shahri hamda tumanidagi chiqindixonalarning egallagan maydoni 10 ga va 5 ga teng, quyida ularni ko’rishimiz mumkin. № Hududlar nomi Chiqindixonalar maydoni (ga) Maishiy chiqindilar hajmi (ming t, ming m 3 ) 1 Kattaqo`rg`on shaxri 10.0 244.18 2 Kattaqo`rg`on tumani 5.0 871.15 Bu chiqindixonalar turli yillarda qurilgan. Ularning dastlabkisi Kattqo’rg’on tumanida 1968-yilda tashkil etilgan. Barcha chiqindixonalarning hozirgi holati qoniqarli deb topilgan. Lekin chiqindixonalarni foydalanish muddatlari keltirilmagan. Adabiyotlardan ma’lum bo’lishicha va bizning fikrimizcha chiqindixonalar bir necha o’n hatto yuz yillarga mo’ljallangan bo’lishi lozim. Chiqindixonalarga faqat qayta ishlash mumkin bo’lmagan, yoki ularni boshqa usullar bilan yo’qotish iloji bo’lmagan chiqindilar yo’naltirilishi mumkin. Bu komponentlarni qo’llash har tomonlama atrof- muhitga zararsiz bo’lishi kerak va buning uchun chiqindilarni yotqizish xususidagi 163 barch hozirgi zamon qoidalari va uslublarni, chiqindixonalarni ekspluatatsiya va rekultivatsiya qilishni bilish shart. Kattaqo‘rg‘on shahrida chiqndilar maydoni kam bo‘lsa ham, biroq u erda chiqindilar hajmi ko‘p (647,7 ming tonna). Buning sababi ushbu hududda aholining va xonadonlarning ko‘pligidir. Biroq, bunga yana ushbuni mahsus aytish o‘rinliki, shaharning Kattaqo‘rg‘on suv omboriga yaqin hududlarida aholi chiqindilarni suv ombordan oqib chiquvchi kanallar atrofiga pala-partish qilib tashlab ketilgan. Bunday holatlarga chek qo‘yish lozim. Yana bir fikr, chiqindilarni tashishda chiqindi tashish mashinalarning grafigini to‘g‘ri aniqlab, chiqindini haftada kamida ikki marta olib chiqib ketish va chiqindi xonalarga etkazish lozim. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: *maishiy chiqindilarning maydoni jihatidan birinchi o‘rinda Kattaqo‘rg‘on tumani tursa (10 gektarni egallaydi), hajmi jihatidan (648 ming m 3 ) Kattaqo‘rg‘on shahri aholi punktlari turadi. *ikkinchi o‘rinda Jarboshi qishlog‘i atrofidan to‘planadigan maishiy chiqindilar ham maydoni (4353,15 m 2 ) va hajmi (4500 ming m 3 ) ko‘p hisoblanadi. Yakunlab ushbuni aytish lozimki, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar maishiy chiqindilarni mahsus belgilangan hududlarga joylashtirishlari, saralash, tashish va utilizatsiya qilish, ularni qayta ishlab qo‘shimcha mahsulot olishga e’tibor berishlari lozim. Natijada atrof-muhit toza bo‘ladi, inson salomatligi yanada mustahkam bo‘ladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling