Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №24 (том 4)


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.02.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1230711
TuriСборник
1   2   3   4   5
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Март 2022. Том 4 Shodmonov F.

 
Asosiy qism: Dunyo tajribasida hozirgi vaqtda qattiq maishiy chiqindilarni 
haligacha axlatxonalarga (poligonlar) olib borish davom etmoqda: hosil bo’ladigan 
qattiq maishiy chiqindilarni MDX da 97%, AQSH da 73%, Buyuk Britaniyada 90%, 
Germaniyada 70%, Shvetsariyada 25%, Yaponiyada 30% poligonlarga olib 
borilmoqda. Qattiq maishiy chiqindilarni axlatxonalarda saqlashning kamchiliklari: 
katta yer maydonini talab etish, bo’sh yer uchastkalarini yo’qligi bilan bog’liq holda 
yangi axlatxonalarni tashkillashtirishning murakkabligi, qattiq maishiy chiqindilarni 
tashish uchun ma’lum miqdor xarajatlar, qattiq maishiy chiqindilarning qimmatbaho 
komponentlarning yo’qotilishi ekologik jihatdan xavfliligi ( yer osti suvlari va 
atmosfera havosining ifloslanishi, yoqimsiz hidlarning tarqalishi, yong’in xavfining 
paydo bo’lishi va infeksiyalarning keng tarqalishi va boshqalar). 
Dunyo bo’yicha qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashning quyidagi usullari 
sanoatda qabul qilingan: Termik qayta ishlash (asosan chiqindilarni yoqish), Biotermik 
aeroblikompostlashlash (o’g’it yoki bioyoqilg’i olish bilan), Anaerob fermentatsiya ( 
biogas olish bilan). Har bir uslublar o’zining afzalliklari va kamchiliklari, o’zining 
qo’llash sohalari bor bo’lib, ular asosan qattiq maishiy chiqindilarning morfologik 
tarkibi va regional sharoitlarga bog’liq. 
Chiqindilarni zararsizlantirishning termik uslubiga yoqish, gazofikatsiya va piroliz 
uslublari kiradi. 
Gazifikatsiya - kokslanmaydigan ko’mirlarni qayta ishlashda metallurgiyada keng 
ishlatiladigan usul 600-1100C haroratda atmosferaga gazifikatsiyalanadigan 
qaynovchi qatlam bilan uyurmali reantorlarda yoki pechlarda amalga oshiriladi. 
Yoqish - ko’proq qayta ishlangan va ishlatiladigan usul. 
Piroliz - eng ko’p o’rganilgan jarayon bo’lib, o’tindan aktivlantirilgan ko’mir ishlab 
chiqarish uchun keng qo’llaniladi. 
Shaharning aholi yashash joylarida turli-tuman xo‘jalik chiqindilarning 
to‘planishi patogen - yuqumli mikroblarning to‘planishiga olib keladi. 
Aholi turar joylarini toza tutish uchun chiqindi axlatlarni o‘z vaqtida yig‘ib, olib 
chiqib ketish va zararsiz holatga keltirish hamda ba’zi bir chiqindilarni, masalan 
qog‘oz, latta, taxta, temir, bakalashka, polietilen plyonkalar va oynalarni qayta 
ishlashga jo‘natish lozim. Agar axlatlar tezda zararsizlantirilmasa, u tashqi muhitni, 
ya’ni atmosferani, suvni va tuproqni ifloslantiradi. 
Konstitusiyaning 50, 54, 55 va 100-moddalarida fuqarolaring ushbu sohadagi 
huquq va majburiyatlari, atrof-muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo`g`inlarining 
faoliyati belgilangan. Jumladan, 50-moddada "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga 
ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdir"lar deyiladi. 100-moddada atrof-
muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimlik organlari vazifasiga kirishi ta`kidlangan.
Maishiy chiqindilardan - uy xo‘jalik axlatlari, oziq-ovqat chiqindilari va 
boshqalar juda ko‘p organik moddalarni saqlagani uchun tezda chiriy boshlaydi. 


162 
Oqibatda turli-tuman gazlar: ammiak, oltingugurt oksidi, metan va boshqalar hosil 
bo‘ladi. Chiqindilarda turli mikroorganizmlarning mavjudligi va ularning uzoq vaqt 
yashashlari aniqlangan. Jumladan qorin tifi, ichburug‘, sip, kuydirgi va turli-tuman 
gelmintlar – askaridalar boshqalar axlatlar tarkibida uchraydi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling