Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №24 (том 4)
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
ОИНВ21ВЕКЕ. Март 2022. Том 4 Shodmonov F.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Xulosa: Chiqindi tashlanadigan hududlarni nazoratga olish va maxsus chiqindi
idishlarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb o’ylayman. Chiqindilarni saralab yig’ish har taraflama foydali hisoblanadi va buning uchun aholidan ko’p kuch va vaqt talab qilinmaydi. Chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni hal etishda, keng jamoatchilikning va xususan mahallaning rolini oshirish hamda tadbirkorlarni chiqindilarni qayta ishlash uchun keng jalb etish sohadagi muvaqqiyatlardan hisoblanadi. Xulosalarni yakunlab, ushbuni ta’kidlash lozimki, maishiy chiqindilar qoldiqlarini saralash, qayta ishlash, kompostlash, yengil sanoat uchun mahsulot olish, qishloq xo’jaligini organik o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishga ko’maklashish, chiqindilardan unumli foydalanish nafaqat, qo’shimcha daromad manbai bo’lib xizmat 164 qiladi, balki u ona tuproqni, suvni, atmosferani va natijada atrof-muhitni sog’lomlashtiradi. TAVSIYALAR 1. Kattaqo’rg’on shahri va tumani hududlarida maishiy chiqindilarni zarasizlantirish uchun maxsus ajratilmagan joylarga tashlash davom etmoqda, ularni qonun asosida ta’qiqlashni tavsiya etiladi. 2. Bekatlar oldida, yo’lovchilar ko’p yig’iladigan joylarga g’ildirakli konteynerlarda chiqindilarni to’plashni qatiyan man etish. 3. Maishiy chiqindilarni 2019 yilda Singapur tadbirkorlari taklif etgan plazmatik usulda qayta ishlashni keng ko’lamda tadbiq etishni taklif etaman, bu chiqindi poligonlarining maydoni oshib borishini olgini oladi. 4. Aholi maishiy chiqindilarni 3 xil rangli idishlarga ajratib yig’ishini tartibga solish. 5. Shaharlarda maishiy chiqindilarni, xususan oziq-ovqat qoldiqlarini alohida yig’ish va kelgusida ularni maxsus tashkil etilgan fermalarida ozuqa sifatida ishlatish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Izzatullaev Z.I., Botirov X.F., Fayzullaev B.F. Ekologiya asoslari. O‘quv qo‘llanma. Samarqand: Zarafshon.2018 – 285 bet. 2. Izzatullaev Z., Safin M.G. Qog‘oz va ekologiya//Ma’rifat, 2003, № 90, 13 noyabr, 18 b. 3. O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish» qonuni, Yangi tahriri. 31.08.2000. 4. Izzatullayev Z.I., Shodmonov F.A. Kattaqo’rg’on shahri va uning atrofi maishiy chiqindilarining atrof-muhitga ta’sirini baholash va qayta ishlash muammolari// Ilmiy axborotnoma, 2019-yil, 5-son (117). -184-188 b. 5. Xoliqulov Sh.T., Pardaev S.B. Samarqand shahri qattiq maishiy chiqindilarning morfologik tarkibi va unga bog‘liq bo‘lgan ekologik muammolar//Ekologiya xabarnoma jurnali. Toshkent, 2003.№3 – son.- B.39-41. 6. Muhammadiyev S. Ekologiya. Samarqand. T.: “Navro’z”, 2015. -30 b. 7. Lex.uz Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling