Междуродная конференция академических наук


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1091724
1   2   3   4
Bog'liq
ICAS1609

МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
 
36 
Boshlang‘ich sinflarda hamkorlikda o‘qitishning «Birgalikda o‘qiymiz» metodi 1987-yili 
Minnesot universiteti professorlari D.Jonson, R.Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf 
o‘quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi 
lozim bo‘lgan topshiriqni ma’lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarning to‘liq bajarilish 
natijasida o‘quv materialining yaxlit o‘zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy 
prinsiplari-komandani taqdirlash, o‘quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga 
erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish. 
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi boshlang‘ich sinfdagi har bir o‘quvchining ta’lim 
olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va 
sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o‘quv topshiriqlarini to‘liq va sifatli bajarishga o‘quv 
materialini puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro yordamlashishga zamin 
tayyorlaydi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilario‘qish darslarida hamkorlikda ishlashning texnologik 
jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi: 
Bilim olish bo‘yicha vazifani (muammoli vaziyatni) qo‘yish; 
Maqsadlariga muvofiq bo‘lgan guruhlarga bo‘lish; 
Didaktik materialni tarqatish
Guruhdagi ishni rejalashtirish; 
Topshiriqni individual ravishda bajarish, natijalarni muhokama qilish; 
Guruhning umumiy vazifasini muhokama qilish (e'tirozlar, qo‘shimchalar, aniqlashtirishlar); 
Guruh ishining natijalari to‘g‘risida xabar berish
Guruhlar ishlari va qo‘yilgan vazifaga erishish to‘g‘risida umumiy xulosa chiqarish. 
O‘zaro hamkorlikning muhim omili va o‘quvchilarning o‘zaro munosabati xususiyatini 
belgilovchi asos boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bilan o‘quvchi hamkorligining shakllaridir. 
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida hamkorlikdagi o‘quv faoliyati o‘qituvchi va o‘quvchi 
munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turi bo‘lib, u o‘zlashtirish 
obektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta’minlaydi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini hamkorlikda o‘qitish 
texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni bola shaxsiga yo‘naltirishga 
asoslanganligi. Ijodkor shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta'lim 
sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling