Meliboyev jamshidning bojxona ishi


Xozirgi kunda bojxona ishini faoliyati


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1541873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Meliboyev jamshidning bojxona ishi

2.3. Xozirgi kunda bojxona ishini faoliyati Bojxona ishining Bojxona 
kodeksida ko‘rsatilganlardan tashqari tarkibiy qismlari ro‘yxatiga boj tariflari 
vositasida tartibga solish, valyuta nazorati, bojxona ta‗minoti, bojxona statistikasi 
va Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish, kontrabandaga va 
bojxona ishi sohasidagi boshqa jinoyatlarga qarshi kurash, bojxona haqidagi 
qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish kiritilishi kerak.
Bunday yondashilgan taqdirda bojxona ishi mazmuni kengroq tushuniladi, 
boz ustiga 
uning tarkibiga kiritilgan, yuqorida aytib o‘tilgan qo‘shimcha 



elementlar Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hamda unda yetarlicha keng va 
batafsil tartibga solingan. Shunday qilib, bojxona ishi tuzilmasi bojxona 
siyosatini amalga oshirishning quyidagi vositalari bilan ifodalanishi mumkin:
 
III. 
 Bojxona ishining A.Temur davridagi rivoji 
3.1 
Bojxona ishining A.Temur davridagi o’ziga xos xususiyatlari 
b
uyuk Ipak yo‘lidagi boj yig‘imlari haqidagi dastlabki yozma eslatmalar VIII 
asrdagi arab manbalaridan ma‗lum. Ko‘p asrlar davomida boj miqdori 
o‘zgarishsiz bo‘lib, u tovar qiymatining 2 foizini tashkil etgan (Bunday boj XIX 
asrgacha saqlanib qoldi. Buxoro, Qo‘qon va Xivadan Rossiyaga qatnovchi 
karvonlardan 2,5 foiz miqdorida boj olinardi). Bu barchani qoniqtiruvchi maqbul 
variant deyish mumkin. Karvonlar yo‘lida ko‘plab davlatlar joylashgani hisobga 
olinsa, katta miqdordagi boj savdogarlarni xonavayron qilishi, bu bilan ushbu 
davlatlarni kafolatli daromaddan mahrum qilishi mumkin edi.
3.2 A.Temur davridagi bojxona atamalari va tushunchalari XV asr 
boshida Amir Temur saroyida bo‘lgan Kastiliyaning elchisi Ryui Gonzales de 
Klavixo o‘zining Samarqandga qilgan to‘rt oylik sayohatida ‗butun mamlakat 
Temur hukmronligi ostida tinch yashaydi‘, deb qayd etgan. Temuriylar davrida 
ulkan saltanatda yo‘llar ancha yaxshi holatda saqlangan. Yo‘lning har bir kunlik 
masofasida karvonsaroylar bo‘lib, ularda savdogarlarni qurol-yarog‘ osgan otliq 
qo‘riqchilar otryadi kutib olar, ular savdogarlarni keyingi dam olish joyiga 
kuza
tib qo‘yishga shay turishar edi. ‗Ofisi‘ uzoq vaqt Sultoniyada bo‘lgan 
vatikanlik arxiyepiskop Ioann Amir Temur tomonidan savdogarlarga berilgan 
imtiyozlarni qayd qiladi: ‗Temur xorijiy savdogarlarga xayrixohlik bilan 
munosabatda bo‘lar va butun saltanatida ularga qulay sharoitlar va xavfsizlikni 
yaratib bergan. Agar unga qarashli yerlarda qaysidir savdogarni tunashsa, o‘sha 
yerning hukmdori savdogarga yo‘qotgan narsasini ikki barobar qilib qaytarib 
berar, bundan tashqari ushbu summani Temurga besh barobar 
miqdorida to‘lardi‘.


10 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling