Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Namuna. Mavzu: Tuzlar. Topshiriq
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-ilova Didaktik o`yinlardan namunalar
Namuna. Mavzu: Tuzlar. Topshiriq: tuzlarning inson organizmiga
ijobiy va salbiy ta’sirini baholang. 175 Ijobiy tomonlari Salbiy tomonlari Xulosa Atamalar zanjiri metodi Bu metod orqali o`quvchilar mavzularga oid asosiy tushuncha va atamalarni qay darajada o`zlashtirganliklarini tekshirib ko`rish mumkin. O`quvchilarda topqirlik, tezkorlik mahorati va mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi. Savollar 1. Anion nima? – Anion manfiy zaryadlangan ion 2. Ion nima ? - Ion zaryadlangan zarracha 3. Zarracha nima? – Elektron, neytron, proton zarrachalardir, ular atomlarni hosil qiladi. 4. Atom qanday tuzilgan? – Atom musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida harakatlanuvchi manfiy zaryadlangan elektrondan iborat elektroneytral zarracha. 5. Atomlar birlashsa nima hosil bo’ladi? – 2 yoki 3 atomlar birlashib molekulani hosil qiladi. 176 6. Molekula nima? – Molekula moddaning xususiyatlarini o’zida saqlovchi eng kichik bo’lagi. 7. Murakkab moddalarning eng muhim sinflari qaysilar? – murakkab moddalarning eng muhim sinflari oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar. 8. Tuzlar dissotsiyalanganda qanday ionlar hosil bo’ladi? – Tuzlar dissotsiyalanganda kation va anionga ajraladi. 2-ilova Didaktik o`yinlardan namunalar Didaktik o`yinlar o`rganilayotgan ob`yekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish asosida o`quvchilarning bilishga bo`lgan qiziqishlari, faolliklarini oshirishga xizmat qiladi. Darsda o`quvchilarning o`quv mehnati faoliyatini tiklsh, charchog`ini yozish, kayfiyatini ko`tarish, dam oldirish uchun turli didaktik o`yinlardan foydalanish mumkin. Ularning ba`zilari bilan tanishtirib o`tamiz. Krossvord. Krossvord – inglizcha Crossword so’zlarning kesishuvi ma’nosini bildiradi. Mantiqiy tafakkurni o’stirish maqsadida o’quvchilar bilan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda zaruriy bilim, ko’nikma, malakani takomillashtirish uchun tashkil qilinadigan boshqotirmalarning bir turi hisoblanadi. O’yinning qoidasi shuki, krossvord kataklarini matndagi savollar asosida to’g’ri javob topish, uni berilgan yo’nalishlar bo’yicha harf yoki raqamlar yordamida to’ldirish asosida hal qilinadi. Yozilgan so’zlar berilgan shaklning eniga ham (gorizantal), bo’yiga ham (vertikal) yoziladi va bunda kesishgan kataklardagi harflar har ikkala yo’nalishdagi so’zlarga ham tegishli bo’ladi. Bu esa to’g’ri topilgan bir so’zning kesishgan kataklaridagi harflari 2-so’zning to’g’ri topilishiga yordam beradi. Kesishgan kataklardagi harf 2-so’zning o’rtasida ham, boshida ham kelishi mumkin. Namuna sifatida “Metallmaslar” mavzusi bo’yicha tayyorlangan kimyoviy krossvordni keltirib o’tamiz Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling