Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
TIMSS халқаро тадқиқотлари
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-sinf o’quvchilariga taqdim etilgan topshiriqlaridan namunalar
- Element Atomlar miqdori
TIMSS халқаро тадқиқотлари
TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) Matematika va tabiiy fanlarni o’qtish bo’yicha xalqaro an’analar deb nomlangan xalqaro tadqiqotlari o’quvchilarning o’quv yutuqlari sifatini baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan har 4 yilda o’tkaziladi. TIMSS matematika va tabiiy fanlar bo’yicha 4- va 8- sinf o’quvchilari o’quv yutuqlarini baholash orqali ishtirokchi mamlakatlarda bu fanlar bo’yicha yutuqlarni kuzatib borish imkonini beradi. O’quv yutuqlarini baholash uchun o’quvchilar testdan o’tkaziladi hamda o’quvchilar, o’qituvchilar va maktab ma’murlari so’rov varaqalarini to’ldirishadi, shuningdek bu bilan ta’lim natijalariga ta’sir ko’rsatadigan omillar haqida ma’lumot olinadi. 8-sinf o’quvchilariga taqdim etilgan topshiriqlaridan namunalar Bilimni aniqlashga doir testlar. Kimyoviy jarayonlar 1. Nima uchun kichkina alangani og’ir qoplama bilan yopib o’chirish mumkin? - haroratni pasaytiradi - olovni pasaytiradi - u yonib ketadigan moddalarni o’zlashtiradi - u kislorodning olovga kirishiga to’sqinlik qiladi. 2. Ahror kukundan oz miqdorda probirkaga soldi. Keyin kukun ustiga suyuqlik quydi va aralashtirdi. Kimyoviy reaktsiya sodir bo’ldi. Kimyoviy reaktsiya natijasida kuzatish mumkin bo’lgan 2 ta kimyoviy jaryonni izohlang. 1. 2. Moddalarning sinflari va xossalari 1. Sulfat kislota molekulasi tarkibidagi har bir element atomlari miqdorini quyidagi jadvalda to’ldiring (H 2 SO 4 ) Element Atomlar miqdori Vodorod 158 Oltingugurt Kislorod 2. Quyidagilardan qaysi biri "aralashma" atamasining ta’rifiga mos keladi? A. Bir-biriga aralashgan turli moddalar B. Molekulalar bilan aralashgan atomlar S. Bir-biriga bog’langan turli elementlar atomlari D. Bir-biriga bog’langan bir element atomlari 3. Quyidagi xossalardan qaysi biri aksariyat metallmaslar uchun xos? A.Elektr energiyasining yomon o’tkazuvchanligi B. Xona haroratida qattiq holatda bo’lishi S. Yuqori qaynash haroratiga ega bo’lish D. Cho’ziluvchanligi Malakani aniqlashga doir testlar. Kimyoviy jarayonlar 1. Quyidagi rasmda ko’rsatilanidek pufak ichidagi natriy gidrokarbonat sirka kislota bilan aralashtirilsa shishadi. Nima uchun bu hosil bo’ladi? 2. Kimyoviy reaksiya natijasida ajralayotgan energiyaning ko’zga ko’rinadigan bitta belgisini yozing. Moddalarning sinflari va xossalari 1. Avtomobil bankaning ustidan yurib uni butunlay ezib yubordi. Quyidagi qaysi izoh bankaning atomlariga mos keladi? A. Atomlar bo’linadi B. Atomlar yassilangan S. Atomlar avvalgi kabi qolgandi D. Atomlar boshqa atomlarga aylanadi 159 3. Distillangan suv ichimlik suvini qaynatib, bug’ni suyuqlashtirish orqali olinadi. Ichimlik suvi bilan taqqoslaganda, distillangan suvning ta’mi yo’q. Quyidagi bayonlarning qaysi biri ta’mdagi farqni tushuntiradi? A. Suv 100 0 C haroratda qaynaydi B. Suv qizdirish natijasida kengayadi S. Harorat suvning zichligini o’zgartiradi D. Suvda mavjud bo’lgan minerallar bug’lanmaydi Mulohaza yuritishga doir testlar. 1. Doston hujayra nafas olish vaqtida karbonat angidridning chiqarilishini bilmoqchi. Rasmda uning tajribasi uchun moslama keltirilgan. Havo strelka bilan ko’rsatilgan yo’nalish bo’yicha yuboriladi. A. Natriy gidroksidi karbonat angidridni yutadi. Uglerod (IV)-oksid ta’siri ohakli suv loyqalanadi. Nima uchun moslamaga 1 va 2 naychalaro’rnatilgan? B. 4 probirkadagi ohakli suv loyqalandi. Qaysi modda ta’sirida modda loyqalandi va qaerdan kelib chiqdi? Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling