Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
Kirish
Uzluksiz ta’lim tizimida davlat buyurtmasi va ijtimoiy talabga muvofiq har bir ta`lim muassasasi va unda xizmat qiluvchi pedagog-kadrlar zimmasiga ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli, el-yurtga sadoqatli milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o`z burchi va javobgarlini his eta oladigan, raqobatbardosh barkamol shaxsni tarbiyalash va kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish yuklatilgan. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanish bilan uzviy ravishda bog'liq. Shunday ekan, oliy ta’lim muassalarining kimyo o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida talabalarning kasbiy tayyorgarligida kimyo kursining tuzilishi va mazmunini zamonaviy texnologiyalar asosida o`qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qo’llanmada fan dasturiga muvofiq kimyoni o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari, ularning mazmuni, qo`llanilishi va o‘quv-tarbiya jarayonini loyihalashtirish mazmuniga alohida e’tibor qaratilgan. Qo`llanma bo’lg’usi kimyo o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish, ularda kimyoni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, zamonaviy yondashuvlar asosida kimyodan ta’lim mazmunini loyihalashtirish imkoniyatlari bilan tanishtirishga yordam beradi. Mazkur qo‘llanma haqidagi fikr-mulohazalarni muallif samimiyat bilan qabul qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling