78
(1ball)
solishtiring… va b. (2 ball)
O`quvchilar tanqidiy fikrini rivojlantirishda interfaol metodlarning o‘rni.
Tanqidiy fikr — bu qo’yilgan masala yoki muammo yuzasidan o'z
fikrini bayon qilish, o'zgalarning flkrlarini tanqidiy qayta idrok etish, o'z nuqtai
nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bo'lishga asoslangandir.
Yana bu qoidaga aniqlik kiritadigan bo'lsak, fikrlash — bu o'qish, yozish,
so'zlash va eshitishga o'xshash jarayon. U faol,
muvofiqlashtiruvchi shunday
jarayonki, o'zida biror haqiqat to 'g ’risidagi fikrlarni qamrab oladi.
Tanqidiy (tahliliy) fikr shu bilan ahamiyatlidir:
- hayotning murakkab o'zgaruvchanlik ma'nosini tushunib yetishga yordam
beradi;
- jamoaning ochiq fikrini rag'batlantiradi;
- aloqa, tushunish va hurmatning ikki tomonlarnaligini anglatadi;
- shaxsning rivojlanishiga sharoit yaratishi va boshqalar.
Ta’lim jarayonida tanqidiy (tahliliy) fikrlashning asoslanishi:
1. O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi hamda o'quvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi
o'zaro hurmatni tarbiyalaydi.
2. Mashg'ulot jarayonida o'quvchining o'z tajribasidan foydalaniladi.
3. Ma’lum o'quv mazmuni o'quvchining talablariga
mos va aniq tarzda
foydalaniladi.
4. Muammoni hal qilishda o'quv materiallaridan foydalaniladi.
5. Har xil fikr va qarashlar integratsiyalashadi.
6. Dastlabki shart-sharoitlar qabul qilinadi va tekshirib ko'riladi.
7. O'qituvchi bilan o'quvchilar orasidagi yoki o'quvchilarning o'zlari o'rtasidagi
munosabatlar orqali berib boriladi.
8. O‘quvchilarning mustaqil ta ’lim olishi uchun sharoit yaratiladi va ularning
tayyorgarlik darajasiga muvofiq metodlar tanlanadi.
79
O'quv dasturlari talablariga muvofiq muammoli yoki munozarali
mashg'ulotlarning tashkil etilishi tanqidiy va tahliliy
fikrlarning rivojida muhim
ahamiyatga ega. O'quv jarayonida munozarali darslarning ikki xili: ilmiy
munozara darslari va erkin fikrlash darslaridan foydalaniladi.
Tanqidiy fikrlash tajribasini egallashga quyidagilar kiradi:
-o`quvchilarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish;
- o`quvchilarning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
- har bir o`quvchini tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o‘zlarida
ishonch
hissini uyg‘otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan o`quvchilar:
- o‘ziga ishonchni orttirish, o‘z fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish;
- ta’lim jarayonida faol ishtirok etish;
- turli fikr va g‘oyalarni e’tibor bilan tinglash;
- o‘z hukmlarini shakllantirishga va undan qaytishga tayyor turishi lozim.
O`quvchilarda tanqidiy fiklashni rivojlantirishga yordam beradigan
texnologiyalar bilan tanishib o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: