Мембрана потенциали, унинг келиб чиқиши. Мембраналарнинг тузилиши ва функцияси ҳақида замонавий тушунча


Гемолиз, унинг турлари. Гемолиз ҳар хил турларининг механизми


Download 73.78 Kb.
bet7/11
Sana19.04.2023
Hajmi73.78 Kb.
#1364469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fiziologiya oraliq

Гемолиз, унинг турлари. Гемолиз ҳар хил турларининг механизми.

Gemoglobinnig eritrotsitlar ichida bo`lishi katta ahamiyatga ega. Agar u plazmada erigan holda bo`lganda, qonning yopishqoqligi keskin oshib, qon aylanishi qiyinlashar, qonning onkotik bosimi ko‘tarilib, to‘qimalar suvsizlanar edi, binobarin kislorodning gemoglobin bilan birikishi buzilardi.
Ba‘zi shroitlarda va ma‘lum moddalar ta‘sirida eritrotsitlarning qobig‘i yorilib, ichidagi gemoglobin qon plazmasiga chiqadi. Bu hodisaga gemoliz deyiladi.
Gemolizning bir nechta turi mavjud. Gipotonik eritmada eritrotsitlar ichiga suv kirishi natijasida ular shishadi. Agar eritmadagi tuzlar miqdori ancha oz bo`lib, gipotoniklik darajasi yuqori bo`lsa, eritrotsitlar yorilib ketadi. Bu osmotik gemoliz. Eritrotsitlarning osmotik gemolizga chidamliligi bir xil emas. Chidamliligi eng kam bo`lgan eritrotsitlar NaCI ning 0,4% eritmasida yorila boshlaydi, 0,34% li eritmada eritrotsitlarning deyerli hammasi gemolizga uchraydi.
Ba‘zi kimyoviy moddalar, xususan yog‘ erituvchilar (efir, xloroform, benzol, spirt) eritrotsit qobig‘ini eritib, kimyoviy gemolizga sabab bo`ladi. Idishdagi qonning qattiq chayqalishi, muzlab, erishi mexanik gemolizni sodir qiladi.
Ba‘zi ilonlar va hashoratlar zahari, guruhi va rezusi to‘g‘ri kelmaydigan qonni quyish biologik gemoliz paydo qiladi.



  1. Лейкоцитлар. Лейкоцитар формула.

Leykotsitlar qonning maxsus pigmentga ega bo`lmagan yadroli hujayralaridir. Rangsiz bo`lganidan, oq qon tanachalari, deb ham atashadi. Sog‘lom odamning 1 mm3 qonida 4000-9000 leykotsit uchraydi. Ularning soni doimo bir xilda turmaydi. Fiziologik sharoitlarda organizmning faollik holatiga, tun va kunga, hamda boshqa omillarga bog‘liq holda leykotsitlar soni o‘zgarib turadi. Leykotsitlar soni 10000 dan oshib ketganda leykotsitoz to‘g‘risida, 4000 dan kamayib ketganda, leykopeniya to‘grisida gap yuritish mumkin.





  1. Download 73.78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling