Мембрана потенциали, унинг келиб чиқиши. Мембраналарнинг тузилиши ва функцияси ҳақида замонавий тушунча
Қон ивишини тезлатувчи ва секинлаштирувчи омиллар
Download 73.78 Kb.
|
Fiziologiya oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- QON IVISHIGA QARSHI TIZIM
Қон ивишини тезлатувчи ва секинлаштирувчи омиллар.
I omil – fibrinogen. Qon plazmasining eng katta molekulali oqsili. Qon ivish jarayonida fibrinogen zol holatidan suvda erimaydigan gel holatiga o‘tadi. Qon ivishining mohiyati ham shunda. II omil – protrombin. Jigarda sintezlanadigan glikoprotein. Tromboplastin ta‘sirida faol ferment trombinga aylanadi. Trombin esa fibrinogenning fibringa aylanishi uchun zarur. III omil – tromboplastin. Hamma hujayralar membranasida uchraydigan fosfolipid. IV omil – kalsiy ionlari. Qon ivishida ishtirok etadigan hamma fermentlarni nofaol holatdan faol holatga o‘tishi uchun zarur. V va VI omil – proakselerin va akselerin. Tromboplastin va trombin hosil bo`lishini tezlashtiradi. VII omil – prokonvertin. Tromboplastin hosil bo`lishida ishtirok etadi. VIII omil – antigemofil A globulin. Qon ivishining boshlanishida qon tromboplastini hosil bo`lishi uchun zarur. Kalsiy ta‘sirida faollashadi. Ushbu omilning yetishmovchiligi og‘ir irsiy gemofiliyaga sabab bo`ladi. IX omil – antigemofil B globulin (Kristmas omili). Bu omil ham tromboplastin hosil bo`lishi uchun kerak. Uning yetishmovchiligi irsiy gemofiliyaga olib keladi. X omil – Styuatr-Prauer omili. Tromboplastin hosil bo`lishini tezlashtiradi. XI omil – trombboplastinning plazmadagi o‘tmishdoshi. Yetishmovchiligi gemofiliyaga olib keladi. XII omil – Xageman omili. Glikoprotein, shikastlangan to‘qimalar yuzasida faollashadi. Bunga XI omil yordamlashadi. XIII omil – fibrinni me‘yorida tutib turuvchi omil. Suvda erimaydigan fibrin hosil bo`lishida ishtirok etadi. QON IVISHIGA QARSHI TIZIM Qom ivishini ta‘minlovchi omillarning hammasi tomirlardagi qonda mavjud bo`llishiga qaramay, u ivib qolmaydi. Bu qonda ivish tizimi bilan bir qatorda, uning ivishini oldini oluvchi tizim borligiga bog‘liq. Ivishga qarshi tizim ham o‘z ichiga anchagina omillarni qamrab olgan. Ularga birinchi galda antitromboplastinlar kiradi. Antitromboplastinlar XII omil va protrombinni trombinga aylanishini ingibirlovchi modda. Qonda bir nechta antitrombinlar bor. Ularning ichida eng kuchlisi antitrombin III. Uning yetishmovchiligi tromboemboliyalarga (qonni tomirlarda ivib qolishiga) sabab bo`ladi. Qon ivishining oldini oluvchi kuchli moddalardan (antikoagulyantlardan) geparinni ko‘rsatish mumkin. U biriktiruvchi to‘qimadagi semiz hujayralarda va bazofillarda sintezlanadi. Geparin ivituvchi omillar faolligini susaytirib, qon ivishining hamma bosqichlarini sekinlashtiradi. Antitromboplastinlar, antitrombinlar va geparin birlamchi anntikoagulyantlarni tashkil qiladi. Bular qonda doim uchraydi. Bulardan tashqari, qon ivish jarayonida paydo bo`ladigan ikkilarnchi antikoagulyantlar ham bor. Masalan, qon iviganda paydo bo`ladigan fibrin trombinning 90% ini o‘ziga biriktirib, nofaol holatga o‘tkazadi. Shu sababdan, fibrinni antitrombin I deyishadi. Fibrin hosil bo`lish jarayonida fibrinogendan ajralib chiqqan peptidlar ham antikoagulyantlik xossasiga ega. Fibrin parchalanganida (fibrinoliz jarayonida) juda kuchli antikoagulyantlar paydo bo`ladi. Ular trombin faolligini tormozlaydi, trombotsitlarninf g‘ujlanishiga yoi qo‘ymaydi. Qon ivishining hamma bosqichlarida jarayon tezligini chegaralovchi omillar o‘z-o‘zidan paydo bo`ladi. Qonning suyuqligicha qolishinin boshqa sabablari ham bor. Tomirlar endoteliyining silliqligi xageman omilining faollanishiga va trombotsitlarning yopishib qolishiga xalaqit beradi. Qon tomirlarning ichki yuzasi va shaklli elementlar manfiy zaryadga ega. Demak, shaklli elementlar tomirlar yuzasidan qochadi. Download 73.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling