Membranasiga haroratning ta’sirini
Download 271.77 Kb.
|
Qo`llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayra qobig‘ining asosiy qismini sitoplazmatik (plazmalemma)membrana
EUKARIOT HUJAYRA. HUJAYRA QOBIG‘I
Eukariot hujayralar xilma-xil bo‘lishiga qaramay ularning tuzilishida o‘ziga xos umumiylik bor. (ris. 28, 29). Hujayralar somatik va jinsiy hujayralarga ham ajratiladi. So- matik hujayralar tana hujayralari bo‘lib, ularning xromosoma yig‘indisi diploid to‘plam- ga ega bo‘ladi. Jinsiy hujayralar tuxum va urug‘ hujayralar bo‘lib, ularning xromosoma yig‘indisi gaploid to‘plamga ega bo‘ladi. Har bir eukariot hujayra 3 ta asosiy tarkibiy qismdan: hujayra qobig‘i, sitoplazma va organoidlardan iborat. Elektron mikroskop orqali olib borilgan tekshirishlar zamburug’lar, o’simliklarning hujayrasida qalin va hayvonlar hujayrasida yupqa tashqi qobiq borligini aniqlash imkonini berdi. Bu qobiq, hujayraning tashqi membranasi deb ataladi (lotincha “membrana”- qobiq, parda). Hujayra qobig’i hujayrani tashqi muhit va boshqa hujayralar bilan bog’lab turishni ta’minlaydi.Shuningdek u himoya,to’siq, moddalarni tanlab o’tkazish, retseptorlik vazifasini ham bajaradi. Hujayra qobig’ining asosiy qismini plazmatik membrana tashkil etadi. Hayvon hujayralarining qobig’i juda yupqa va elastik bo’ladi. Shu sababli u tayanch vazifasini bajara olmaydi. Hayvon hujayrasi membranasini tashqi yuzasida glikoprotein kompleksi joylashadi va glikokaliks deb ataladi. Glikokaliksda ko’p miqdorda retseptorlar bo’lgani uchun hujayraning tashqi muhit va boshqa hujayralar bilan o’zaro munosabatini ta’minlaydi. O’simlik hujayrasining qobig’i qalin bo’lib, u asosan sellyulozadan iborat. O’simlik hu- jayrasining qobig’i tayanch vazifasini bajaradi. Plazmatik membrana barcha hujayralar uchun universal bo’lgan – biologik membranadir. Hozirgi vaqtda membrananing suyuq mozaika modeli qabul qilingan. Bu modelga ko’ra membranalar ikki qavat lipid, ularning ichki va tashqi tomonidan har xil chuqurlikga botib kirgan oqsil molekulalaridan iborat. Hujayra qobig‘ining asosiy qismini sitoplazmatik (plazmalemma)membrana — tashkil etadi va barcha hujayralar uchun universal hisoblanadi. Uning qalinligi 10 nm ni tashkil etadi. Plazmolemma hujayrani tashqi tomondan o‘rab turadi va uni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi. Membrananing asosiy tarkibi qismi lipidlar va oqsillar hisoblanadi. Lipidlar mem- brananing 40% ini tashkil etadi. Ular ichida eng ko‘p tarqalgani fosfolipidlar hisoblanadi. Membrana tarkibidagi fosfolipidlar ikki qavat bo‘lib joylashgan. Lipid gidrofob va gidrofil qismlardan iborat. Fosfolipid molekulalari ikki qavat bo’lib joylashadi (ikki qavatli lipid). Ma’lumki, fosfolipid molekulasi qutbli gidrofil boshchadan va qutbsiz gidrofob dumdan tashkil topgan. Sitoplazmatik membranada gidrofil bosh- chalar membrananing tashqi va ichki tomonlariga, gidrofob dumi esa membrananing ichki tomoniga qaragan bo‘ladi. . Membrana tarkibiga ikki xil integratsi- yalashgan va periferik oqsillar ham kiradi. Integral oqsillar membranaga botib ki- radi yoki membranadan to‘liq o‘tgan holatda bo‘ladi. Periferik oqsillar esa mebrananing tashqi va ichki tomonlarida joylashadi,ularning ko‘pchiligi hujayraning ichki va tashqi muhit bilan bog‘lab turish vazifasini ham bajaradi. Sitoplazmatik membranining tashqi tomonida uglevodlardan oligosaxaridlar va polisaxaridlar ham joylashadi. Ular lipid va oqsillar bilan kovalent bog‘ hosil qilib glikolipid va glikoproteinlarni hosil qiladi. Hayvon hujayralarida uglevod plazmolemmani yaxlit qoplam ya’ni, membrana ustki qoplamini hosil qiladi. Bu glikokaliks deb ataladi. Download 271.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling