Membranasiga haroratning ta’sirini
Download 271.77 Kb.
|
Qo`llanma
LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. HUJAYRA MEMBRANASIGA HARORATNING TA’SIRINI O’RGANISH Maqsad: Lavlagi ildizmevasining hujayra membranasi o’tkazuvchanligiga suv haro- ratining tasirini o’rganish Eslatma: Ba’zi tasirlar natijasida hujayra membranasining butunligiga putur yetib ,yirik molekulalarning so’rilishidagi baryer yo’qoladi. Lavlagi ildizmevasining hujayralari qizil rangda. Chunki hujayra vakuolalarida antosian pigmenti mavjud. Gipoteza: Agar lavlagi ildizmevasini sovuq suvga tushursak, u o’zining tabiiy holatini yo’qotmaydi. Rangi o’zgarmasdan antosian pigmentlari o’z holida qoladi. Hujayra mem- branasi butunligi to’liq saqlanadi. Agar lavlagi ildizmevasini qaynab turgan suvga tushur- sak suvning ranggi qizaradi. Ya’ni hujayra membranasining butunligiga putur yetib, bary- erlik xususiyati yo’qoladi. Natijada vakuoladagi antosian pigmenti hujayradan tashqariga chiqib ketadi. Jihozlar: Lavlagi ildizmevasi, qaynab turgan suv, iliq suv, xona xaroratidagi suv, muzli suv, 4 ta kolba va pinset. Ishning borishi:Ildizmevani 4 bo’lakka bo’ling. Pinset bilan ildizmevaning bitta bo’lagini olib, muzli suv solingan kolbaga tushiring. Kolbadagi jarayonni kuzating, natijani daftaringizga yozing. Pinset bilan ildizmevaning ikkinchi bo’lagini olib, xona haroratidagi suv solingan kolbaga tushiring. Ishning borish tartibini ko’rish uchun havola. Kolbadagi jarayonni kuzating, natijani daftaringizga yozing. Pinset bilan ildizmevaning uchinchi bo’lagini olib, iliq suv solingan kolbaga tushiring. Kolbadagi jarayonni kuzating, natijani daftaringizga yozing. Pinset bilan ildizmevaning uchinchi bo’lagini olib, qaynab turgan suv solingan kolbaga tushiring. Download 271.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling