Membranasiga haroratning ta’sirini


Download 271.77 Kb.
bet7/8
Sana20.06.2023
Hajmi271.77 Kb.
#1636270
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qo`llanma

Sitoplazmatik membrana funksiyalari.- plazmolemma bir qator vazifalarni bajaradi, ularning eng muhimlari to‘siq, retseptorlik va transportlik vazifalaridir.
To‘siq (Himoya) vazifasi. Sitoplazmatik membrana hujayrani tashqi tomondan qoplab turadi va hujayraning ichki muhitini tashqi tomondan himoya qiladi. To‘siq vazi- fasini birinchi lipidlar bajaradi u yot zarrachalarni hujayra ichiga o‘tishiga to‘sqinlik qila- di.
Retseptorlik funksiya. Sitoplazmatik membrana tarkibidagi oqsillar tashqi ta’sir- larga javob berish vazifasini bajaradi. Oqsillar tashqi ta’sirlar natijasida o‘zining tuzilish struktukturasini o‘zgartiradi va natijada impulslar hosil bo‘ladi, bu impulslar hujayra ichiga o‘tkaziladi, Natijada hujayrada ta’sirlarga javob reksiyasi va tashqi muhit bilan axborot almashinish amalga oshadi.
Transport funksiyasi. Plazmolemmaning eng muhim funksiyalaridan biri mod- dalarning hujayra ichiga va hujayradan tashqariga transport qilishidir. Membrananing transport vazifasini bir necha turlari bor. Ulardan eng muhimlari diffuziya, aktiv va pas- siv transport, fagositoz va pinositoz transport hisoblanadi.
Diffuziya membrana orqali moddalarning erkin o‘tishi hisoblanadi, bunda modda- lar konsentratsiyasi baland muhitdan konsentratsiyasi past bo‘lgan muhitga transport qilinadi. Misol uchun, N2O, O2, SO2, mochevina va turli ionlar.
Aktiv transport — bu moddalarning konsentratsiyasi past bo‘lgan joydan konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan joyga membranalar orqali moddalarning tashilishidir. Bu ko‘p maxsus fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Bunda ATF energiyasidan foydalaniladi. .
Aktiv transportga misol qilib, K+ ionlarining hujayra ichkarisiga, Na+ ionlari hujayra tashqarisiga transport qilinishini olish mumkin.Aktiv transport orqali plazmatik membrana faqat ayrim molekulalar yoki ionlarni hujayra ichiga o’tkazibgina qolmay, balki yirik molekulalar yoki ular yig’indisidan hosil bo’lgan yirik zarrachalarni ham o’tkazish xususiyatiga ega. Bu xususiyat endositoz (“endo”-ichkari, “sitoz”-hujayra degan ma’noni anglatadi) deyiladi. Endositoz o’z navbatida ikkiga fagositoz va pinositozga ajratiladi. Fagositoz. Organik moddalar, masalan oqsillar, polisaxaridlar va qattiq zarrachalar hujayra ichiga fagositoz yo’l bilan o’tadi (grekcha “fageo” – yemoq, hazm qilmoq degan so’zlardan olingan). Fagositozda plazmatik membrana bevosita ishtirok etadi. Misol uchun, amyoba fagositoz yo’li bilan oziqlanadi. Leykotsitlar ham fagositoz xususiyatiga ega. O’simliklar, bakteriyalar va ko’k-yashil suvo’tlari hujayralarining devori zich va qalin bo’lgani uchun fagositozga qarshilik qiladi. Shu sababli ularda fagositoz amalga oshmaydi.
Pinositoz. Har xil moddalarning eritma holida mayda tomchi shaklida hujayraga kirishidir. Suyuqlikning mayda tomchi ko’rinishida yutilishi ichish hodisasiga o’xshaydi. Shuning uchun bu hodisa pinositoz (grekcha “pino”- ichaman degan so’zdan olingan) deyiladi.Suyuqlikni membrana orqali o’tishi ham fagositozga o’xshaydi.Pinositoz tabiatda keng tarqalgan bo’lib bakteriyalar, zamburug’lar, o’simlik va hayvonlar hujayrasida amalga oshadi.




Download 271.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling