Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi
Download 17.5 Kb.
|
moliya kurs iwi
. Moliyaning mohiyati va vazifalari, moliya tizimi Shunga ko’ra, moliya – pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi. 1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi. 2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi qismini korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Milliy daromadning bir qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to’lovlari, aksiz yig’imlari kabilar orqali davlat qo’lida to’planadi. O’z qo’lida to’plangan milliy daromadning katta qismini davlat moliya vositasida aholining ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilishi, tibbiy xizmat ko’rsatish, maorif, nafaqa va stipendiyalarni to’lash va boshqalar), daromadlarning me’yordagi darajasini ushlab turish, milliy mudofaani ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi. 3. Moliyaning rag’batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Har ikki holda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning pirovard natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag’ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Eng avvalo, korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan farqlash lozim. Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo’li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, soliqlarni, ijtimoiy sug’urta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug’urtasi fondini o’z ichiga oladi. Davlat pul mablag’larining asosiy markazlashgan fondi bo’lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug’urta (ijtimoiy sug’urta, tibbiy sug’urta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko’mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi. Download 17.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling