Men 2023-yil 6-febralda joylashgan Maktabga amaliyotni o`tash uchun bordim
Tahlillardan so`ng 7-sinfga Algebra
Download 27.4 Kb.
|
1 2
Bog'liqMen
Tahlillardan so`ng 7-sinfga Algebra darsi ekan o`qituvchidan ruxsat so`rab dars o`tish uchun kirdim. O`quvchilar bilan salomlashib, darsni boshladim. O`qituvchi ham darsni orqada kuzatib bordi. O`quvchilarning uyga vazifalarini tekshirdim va bilimlarini tekshirib ko`rish maqsadida savollar berdi, o`quvchilar savollarga tezlikda javoblar berishdi. So`ngra men yangi mavzuni tushuntirib berdim. Mavzuni tushuntirishda men zinama zina metodidan foydalanib ya`ni mavzuni osondan murakkabga qarab darsni o`tdim. O`quvchilarni tushunmay qolgan joylarini qaytadan tushuntirib berdim. So`ngra partani oxirida o`quvchilarni do`skaga chiqarib misollar ishlatdim. Chiqishga bo`lganidan so`ng o`quvchilarga uyga vazifalarni berdim va darsni yakunkadim. O`qituvchi darsdan chiqganimizdan so`ng yaxshi metodlar o`rganibsan lekin ozgina hayajon bor va kamchiliklarim ham borligi aytib o`tdi. Men o`qituvchini gaplaridan yaxshi xulosalar oldim. Men darslarda ko`proq turli hil metodlarni qo`llashni o`rganib oldim va o`zim ham shu metodlarni qo`llab darslar o`tdi. Men amaliyot mobaynida tarbiyasi yomonroq bolalar bilan shug`illandim. MMIDO` bilan xulqi yomon o`quvchilar bilan suxbatlashdik va o`z fikrlarimni bildirdim. Bunda o`quvchilarga agar shu axvolda xulqi buzuqligicha ketadiagan bo`lsa yaxshi kasbni egallay olmasligini va maktabda yaxshi o`qib hozirda oliygohlarda o`quvchilarni misollar keltirib o`quvchilarni faqat oqishlarini aytib o`tdim. Men borgan maktabda sharoit yaxshi o`quvchilarni bilim olishlariga barcha sharoitlar tashkil etilganligi va darsdan tashqari har hil to`garaklar oliygohlarga kirishda tayyorlov kurslari tashkil etilgan ekan. Men kelajakda yetuk o`qituvchi bo`lib yetishishni o`z oldimga qo`yib oldim. Bunda menga kerak bo`lsa barchasini o`rganishga tirishqoqlik bilan o`z oldimga maqsad qilib qo`ydim. Men amaliyot davomida o`quvchi bilan o`qituvchi orasida har doim masofa bo`lishini, dars o`tish jaroyida sinfda nechta o`quvchi bo`lsa hammasini birdek ko`rib darsga o`tishga, darslarda bir hil metodlar emas har hil metodlardan dars o`tish malakalarini egalladim. Amaliyotdan men yaxshi xulosa oldin chunki har qandey ishni qilishdan oldin har qandey odamning tajribasi bo`lishligi agar tajriba bo`lmasa qiyinchilik tug`dirishini bilib oldim. Pedagogik shakllanishda amaliyot juda katta ro`l o`ynaychi. Chunki bilim bo`lmasa tajriba bo`lmagan davlat hech qachon rivojlanmaydi va o`smaydi. Amaliyotni tashkil etish samaradorligi juda yaxshi tashkil etilgan oldinlari talabalar ikki yoki uch oyga amaliyotga chiqishar edi. Unda o`quvchilar bilan ishlashga yoki dars o`tishga ulgura olmasdi. Vaqt juda qisqa bo`lar edi. Hozir esa to`rt plus ikki sxemasiga asosan talabalar haer haftada amaliyotga chiqishadi va maktabda ham talabalar o`quvchilarni kitobni boshidan boshlashadi. Vaqt bemalol o`quvchilar bilan shug`illanishga va o`qituvсhilarning hujjatlari bilan tanishishga ham yetadi. Menimcha amaliyotni bundanda mazmunli qilishni iloji yo`q.
Download 27.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling