Men Abdullayeva Nozima Abdusalim qizi 2022-yildan Lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi bo’yicha 1-kurs magistrantiman


Download 13.32 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi13.32 Kb.
#1615125
Bog'liq
HIsobot umumiy. Nozi


Farg’ona Davlat Universiteti Lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi 1-kurs magistranti Abdullayeva Nozima Abdusalim qizining 2022-2023 o’quv yili 2-semestr ilmiy-pedagogik amaliyot yakuni bo’yicha


HISOBOTI
Men Abdullayeva Nozima Abdusalim qizi 2022-yildan Lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi bo’yicha 1-kurs magistrantiman. Chet tili fakultetida Ingliz tili kafedrasidagi professor o’qtuvchilar bilan o’quv yilining 2-yarim yilligi uchun amaliyot o’tash uchun fevral oyida kafedraga keldim.
Pedagogik va ilmiy tadqiqot amaliyot davrining davomi bo’yicha ilmiy rahbarim p.f.f.d. Nargiza Abbasova bilan kelgusidagi ishlar haqida rejalar tuzdik. Ilmiy ishim mavzusi bo’yicha yangi ma’lumotlar to’plash haqda ko’rsatma oldim. Pedagogik amaliyot kunlari davomida ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilarining dars o‘tish jarayonlarini kuzatdim. Fevral oyi davomida turli seminar-treninglarga guruhimiz a’zolari bilan birgalikda qatnashdik.
Mart oyi davomida ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyotimni ilmiy rahbarim p.f.f.d N.Abbasova yordamlarida davom ettirdim. Ilmiy ishim mavzusi doirasida maqola va tezislar yozish, mavzu yuzasidan adabiyotlar ro’yhatini kengaytirish, ma’lumotlar to’plash borasida tegishli tavsiya hamda maslahatlarga ega bo’ldim.
Aprel oyi davomida darslarni kuzatish mobaynida darsda foydalaniladigan zamonaviy metodlardan turli mavzuga aloqador Power Point slaydlaridan unumli foydalanish, zamonaviy davlat ta’lim standartlariga mos ravishda to’liq tashkillash yuzasidan nazariy hamda amaliy tavsiya va ko’nikmalarga ega bo’ldim.
May oyida Farg’ona shahriga “IPHR” tashkilotidan seminar-trening doirasida tashrif buyurgan mutaxassislarga 3 kunlik trening davomida tarjimon sifatida yordam berdik. Tarjimonlik jarayoni davomida kasbiy mahoratimizni oshirdik.
Ilmiy rahbarim p.f.f.d. N.Abbasovaga maqolamning tayyor shaklini taqdim qildim. Ustozim maqolamni ko’rib chiqib maqulladilar va chop ettirish bo’yicha maslahatlar berdilar. Shu bilan birgalikda tadqiqot ishimning birinchi bobini yaratish ustida izlanishlar olib bordim.
Amaliyotchi magistrant ____________ N. Abdullayeva
Ilmiy rahbar _____________________p.f.f.d. N.Abbasova
Download 13.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling