Men Abdurasulov Sardorjon 2023-yil 29-maydan 15-iyulgacha at "Aloqabank"da tanishuv amaliyot o’tadim


-rasm. Investitsiya loyihlarining tasniflanishi bo’yicha


Download 159.02 Kb.
bet3/6
Sana09.11.2023
Hajmi159.02 Kb.
#1759544
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdurasulov.doc yangi

1.1-rasm. Investitsiya loyihlarining tasniflanishi bo’yicha2

2-mavzu:Investitsiya loyihasi bo’yicha biznes reja tuzish
Bugungi kunda har bir sohada innovasiya va izlanish yangi yutuqlarga erishish, mustahkam raqobatni yo’lga qo’yishda muhim omil bo’lmoqda.
Biznes reja – bu biznesni amalga oshirish rejasi hisoblanadi. Unda firma to’g’risida, ishlab chiqariladigan tovar to’g’risida, ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risida, mahsulotni sotish bozori to’g’risida va umuman ishlab chiqarishni tashkil etish va uning samaradorligini asoslash bilan bog’liq ma’lumotlar aks ettirilishi kerak.
Biznes-rejani ishlab chiqishdan maqsad firmaning xo’jalik faoliyatini qisqa yoki ma’lum bir muddatga bozor talablari va kerakli resurslarni jalb qilish imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda rejalashtirish hisoblanadi.
Biznes-reja – tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval uning tavsifi, faoliyat davri, ko‘zda tutilayotgan sarf-xarajat va kutilayotgan foyda kabi muhim jihatlari bayon etilgan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi hujjat. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, biznes-reja har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun muhim va zarurdir. Agar tadbirkor o‘z faoliyatini biznesrejasiz boshlasa, mo‘ljallangan maqsadga erisha olmasligi mumkin. Biznes- reja tadbirkorlik faoliyatining xaritasi hisoblanib, uning aniq maqsadi, yo‘nalishlari va asosiy bosqichlarini belgilab beradi. Tadbirkorlik faoliyati boshlanganidan keyin olingan natijalar reja bilan solishtirib boriladi, mavjud muammolar aniqlanadi. Aks holda, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish qiyinlashib ketadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish masalasi hisoblanadi. Xorijiy investiyalarni jalb etmay, ayniqsa etakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas. Shuning uchun har bir mamlakat, jumladan, O’zbekiston ham investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning tashqi manbalari bilan bir qatorda, moliyalashning ichki manbalaridan ham oqilona foydalanishga harakat qiladi. Hozirgi kunda O’zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalaridan foydalanish sohasida bir qancha muammolar mavjud. Bu muammolarni hal etish uchun ushbu sohaning huquqiy va iqtisodiy asoslarini yanada takomillashtirish hamda amaliyotga keng tatbiq etish lozim. Bizga ma’lumki, investitsiya loyihalari turli xil manbalar hisobiga moliyalashtirilishi mumkin.
Biznes-reja – tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval uning tavsifi, faoliyat davri, ko‘zda tutilayotgan sarf-xarajat va kutilayotgan foyda kabi muhim jihatlari bayon etilgan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi hujjat. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, biznes-reja har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun muhim va zarurdir. Agar tadbirkor o‘z faoliyatini biznesrejasiz boshlasa, mo‘ljallangan maqsadga erisha olmasligi mumkin. Biznes- reja tadbirkorlik faoliyatining xaritasi hisoblanib, uning aniq maqsadi, yo‘nalishlari va asosiy bosqichlarini belgilab beradi. Tadbirkorlik faoliyati boshlanganidan keyin olingan natijalar reja bilan solishtirib boriladi, mavjud muammolar aniqlanadi. Aks holda, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish qiyinlashib ketadi. Siz biznesga birinchi qadam qo’yayotgan paytingizda yoki yangi bir loyihani amalga oshirish jarayonida quyidagi qiyinchiliklarga duch kelasiz:
- birinchidan, moliyaviy mablag’larning yetishmasligi;
- ikkinchidan, oldindan belgilanmagan, kutilmagan holatlar ko’pligi.
Bular sizning korxonangizni tanlangan y o’ldan borishga imkon bermasligi mumkin. Bunday noxush holatdan chiqishning y o’li oldindan o’z maqsadini qog’ozga belgilash, baholash va prognozlash, bu o’z navbatida o’sha biznes-reja tizimga tushirilgan va chuqur o’ylab tayyorlangan xujjat bo’lib, u firmani qay maqsadga xarakat qilayotganligi, ko’zlangan maqsadga qaysi yo’llar bilan erishish va ko’zlangan maqsadga erishgandan so’ng natija qanday bo’ladi degan savollarga javob topiladi. Bu qulay, umumiy olingan, hisoblanib loyihani imkoniyatlari bo’yicha to’la ma’lumot beradi. Biznes-reja korxona (firma)ning strategik
istiqbolini belgilab beradigan asosiy xujjat hisoblanadi va uni 3-5 yilga tuzishni tavsiya etiladi.
Biznes-rejaning birinchi va ikkinchi yillariga ko’rsatkichlarni (topshiriqlarni) kvartallarga taqsimlangan xolda berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi va faqat uchinchi yildan boshlab yillik ko’rsatkich (topshiriq)lar bilan chegaralanish mumkin. Biznes-reja quyidagi asosiy masalalarni xal etadi, ya’ni:
- tadbirkorlarga korxona (firma)lar strategiyasini ishlab chiqish uchun asosi bo’libgina qolmay, uni muvaffaqiyatli amalga oshishiga kafolat ham beradi;
- bozor iqdisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, tartibga solish va bajaralishini nazorat qilishning asosiy quroli bo’lib xizmat qiladi;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida to’satdan yuzaga kelgan salbiy holatlar yuzasidan tadbirkorlarni ogoxlantiriladi va ularni o’z vaqtida bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishga yordam beradi;
- tadbirkorlik faoliyati yuzasidan banklar, investorlar va qarz beruvchilarga tegishli
ma’lumotlar olishga imkon beradi.
Bundan tashqari, biznes-reja tuzib chiqishning ikkita asosiy sababi mavjud:
- tashqaridagi sarmoyadorlarni sizning biznesingizni maqsadga muvofiqligi xaqida yoki ssuda berishga ishonch xosil qildirish,
- ko’zlangan maqsadni saqlab qolishga yordam berish, to’satdan yuzaga kelgan holatlarda tanlangan maqsaddan voz kechmaslikni ta’minlash.
Bu yana rejada belgilangan barcha vazifalarning to’la bajarilishini ham anglatadi:
- Biznes-reja boshqaruvchiga tanglik holatlarini to’g’ri baholash imkonini beradi va undan olib chiqib ketish yo’llarini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida boshqaruv samaradorligining ortishini xarakterlaydi;
Kompaniyaning loyiha doirasidagi faoliyatining asosiy jihatlarini, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar va ularni hal qilish variantlarini hisobga olgan holda tavsiflovchi hujjat loyihaning biznes rejasi deb ataladi. Rejalashtirish yangi korxona tashkil etilganda ham, biznes jarayoni yangi bosqichga o'tganda ham amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayoni umumiy tamoyillarga ega bo'lsa-da, hujjatning aniq xususiyatlari (hajmi, tarkibi, tuzilishi) kompaniya yoki korxona hajmi, faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari, loyihaning maqsadi, iqtisodiy va ijtimoiy resurslar bilan belgilanadi.
Amalda, biznes-reja kreditorlar va bo'lajak investorlar uchun mo'ljallangan yagona asos bo'lib, mablag'larni jalb qilish imkonini beradi. Taqdim etilgan ma'lumotlar investorlarga quyidagilarga imkon beradi:

  1. loyihaning barqarorligi va hayotiylik darajasini aniqlash;

  2. tanlaneng yaxshi variant maksimal foyda olish uchun investitsiyalar,

  3. barcha texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisobga olgan holda ma'lum bir davr uchun istiqbollarni baholash;

  4. kompaniyaning haqiqiy faoliyatini baholash,

  5. byudjet majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish;

  6. kredit resurslarini olish va davlat yordamini jalb qilish imkoniyatlarini hisoblash va hokazo.

Shunday qilib, biznes-rejalarning umumiy vazifasi aniq investitsiya loyihalari salohiyati va istiqbollarini ularning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yaxlit baholashni yaratish va tavsiflangan sharoitlarda innovatsiyalarni joriy etishni asoslashdan iborat.
Issiqxonada bodring yetishtirish uchun kredit olindi va yillar kesimida taxminiy olingan hosildorlik bo’yicha xarajatlar va pul oqimlari shakllantirildi va bu kredit mablag’i oluvchilarning yillik biznes rejalarining shakllanishiga olib keldi.

Download 159.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling